Barcha Ertaklar
414 ta oʻzbek xalq ertaklari — barchasi bepul oʻqish uchun
414 ta ertak topildi
Muqbil toshotar
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan. Oʻtgan zamonda Buxoro shahrida bir zolim podshoh bor ekan. Uning bir chiroyli qizi bor ekan. Uning nomi Mehrinigor ekan. Yuzining nuri oyni xira qilar ekan.Mehrinigor chiroyli, kuchli va gʻayratli qiz ekan. Yuziga niqob tortib, xud...
Hakim baliqchining oʻgʻli
Qadim zamonda hakim baliqchi degan chol bor ekan. Hakim baliqchi Changalzor degan bir qishloqdan uzoqroq joyda xotini va bir oʻgʻli bilan kun kechirar ekan. Ular turgan joydan sal nariroqda katta daryo oqar ekan. Chol har kuni erta bilan baliq oviga ketar, ushl...
Sohibjon bilan Ahmadjon
Bor ekan-u yoʻq ekan, och ekan-u toʻq ekan, boʻri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qargʻa qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, toshbaqa tarozbon ekan, toʻngʻiz qassob ekan, qurbaqa undan qarzdor ekan.Qadim zamonda bir chol bilan kampir bor ekan. Ular juda kamba...
Ernazar bilan Kimyonazar
Bir zamonda bir podshoh oʻtgan ekan. U podshohning uchta oʻgʻli va uchta qizi boʻlgan ekan. Toʻngʻich oʻgʻlining oti Pirnazar, oʻrtancha oʻgʻlining oti Xoʻjanazar, kenja oʻgʻlining oti Ernazar ekan. Pirnazar bilan Xoʻjanazar katta xotinidan, Ernazar bilan uchta qizi kichki...
Sehrli shamchiroq
Oʻtgan zamonda bir mamlakatda ikki aka-uka boʻlgan ekan.Ular oʻz qishloqlaridan chiqib ketganlariga bir necha yil boʻlgan ekan.Ularning qishlogʻida sakkiz-oʻn yoshli bolalardan bir qanchasi suvi qurigan ariqda qumdan “Ariq-ariq” qilib oʻynab turgan vaqtda bir moʻys...
Boyvachcha bilan pari
Bor ekan yoʻq ekan, och ekan, toʻq ekan, bir boy bor ekan. U boyning uch oʻgʻli bor ekan. Oʻgʻillar voyaga yetgach boy avval ikki oʻgʻlini uylantirib, uy-joyli qilibdi. Keyin kenja oʻgʻlini uylantirmoqchi boʻlibdi. Kenja oʻgʻil Sari yoy otar ekan. Bir kun Sari yoy olib, ...
Mohistara
Bagʻdod shahrida shohi Odil degan podshoh oʻtgan edi. Shohi Odil oʻz zamonasida oʻzini koʻp Odil podshoh deb tanitgan edi. Odil shohning uchta xotini boʻlgan. Xotinlari uzoq vaqt tugʻmadi. Oxiri kichik xotini Diloroyim bir oʻgʻil tugʻdi. Unga Shavkat deb ot qoʻydilar. Sh...
Besh qiz
Bor ekan, yoʻq ekan, och ekan, toʻq ekan, qargʻa qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan. Qadim zamonda Sharq mamlakatlarining birida Kalla bozor mahallasida juda ham kelishgan, oʻn besh yoshlardagi Karomatxon ismli qiz opalari bilan yashar ekan. U qiz bir kuni qoʻliga...
Qirq kuyov
Bir podshohning qirq oʻgʻli bor ekan. Bir kuni podshoh katta oʻgʻlini uylantirmoqchi boʻlibdi. Buni eshitgan boshqa oʻgʻillari, “Bizlarni ham uylantiring, deyishibdi. Podshoh qirqta oʻgʻliga qirqta qizlik odamni qidirtira boshlabdi. Bir necha yillar qidirgandan keyin,...
Bektemir botir
Qadim zamonda Fargʻona mamlakatida Odilxon degan bir podshoh oʻtgan ekan. Uning toʻrtta xotini boʻlgan ekan. Toʻrtta xotinidan bir kam qirqta oʻgʻil koʻrgan ekan. Bir kuni podshoh choʻl-biyobonlarda kiyik ovlab yurganda bir qoʻrgʻonga borib qolibdi. “Yuragim kuydi, sh...
Badalqorachi
Bor ekanda yoʻq ekan, bir zamonda bir chol bobo bor ekan. Uning uch oʻgʻli bor ekan. Eng kichkina oʻgʻlining ismi Badalqorachi ekan. Boboning Laʼli nomli oti bor ekan. Bu biya har yili tugʻgan paytida, uning bolasini bir narsa kelib olib ketar ekan. Bir yili bo...
Qorasoch pari
Qadim zamonda, Shom mamlakatida bir podshoh bor ekan. Xazinasi haddan tashqari koʻp boʻlsa ham farzandi yoʻqligidan davlati tatimay, doim gʻamgin boʻlib yurar ekan. Saroy odamlari podshohning koʻnglini yupatish uchun tez-tez sayohatga olib chiqib, gʻam-anduhlarini ta...
Orzijon bilan Qambarjon
Bir zamonda bir podshoh oʻtgan edi. Uning Qambarjon degan oʻgʻli bor edi. Qambarjon bir kuni tushida Kanʼon podshohining qizi Orzijonni koʻrib, u bilan shirin suhbatlar qurdi. Har ikkisi bir-birini yaxshi koʻrib, ishq-muhabbat izhor qilishdi. Qambarjon uyqudan uy...
Hunarning xosiyati
Kunlardan bir kuni bir kambagʻal dehqon qarigan chogʻida oʻgʻli Rafiqni hunar oʻrgatish uchun duradgorga shogird qilib berib, odat boʻyicha: “Eti sizga, suyagi bizga, shu bolani sizga topshirdim”, debdi. Duradgor bolani olib qolib, ishni qunt bilan oʻrganish va qiyin...
Uch ogʻa-ini botirlar
Bor ekan, yoʻq ekan, bir zamonda bir kishi boʻlgan ekan. Boy ham, kambagʻal ham emas ekan. Uning uchta oʻgʻli bor ekan, uchovi ham oʻqigan, oq-u qorani tanigan, yuzlari oyday, oʻzlari toyday, yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekanlar. Toʻngʻichi yigirma bir ...
Dehqon, qozi va tadbirli ayol
Oʻtgan zamonda bir chol qishloqda tirikchilik oʻtkaza olmay, ish axtarib shaharga boribdi, mardikorchilik qilib, bir oz pul yigʻibdi. U pulni saqlash uchunishonchli odamga topshirmoqchi boʻlibdi. Lekin yaqinroq kishisi yoʻq ekan. Nihoyat, oʻylab-oʻylab, “Shu jamgʻargan besh-...
Dono qiz bilan boy
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda bir chol bilan oʻn ikki yoshlik qizi yolgʻiz yashashar ekan. Ularning bisotida bitta tuya, bitta ot va bitta eshak bor ekan.Chol oʻrmondan oʻtin terib kelib, ularni sotib tirikchilik qilar ekan. Qiz esa uy ishi bilan band boʻ...
Hasan va Zuhra
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir podachi chol bilan kampir bor ekan.Ularning Nasiba, Gulbahor va Zulfiya degan uch qizi boʻlar ekan.Oydan oy, yildan yil oʻtibdi, qizlarning boʻyi yetibdi. Nasiba yigirma birga, Gulbahor oʻn toʻqqizga, Zulfiya oʻn sak...
Tohir va Zuhra
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda bir podshoh bor ekan. Lekin uning farzandi yoʻq ekan.Kunlardan bir kun oʻylab, xafa boʻlib oʻtirsa, oʻng qoʻl vaziri soʻrabdi:— E podshohi olam, nega xafasiz? Davlatingiz bor. Hamma fuqaro sizning ixtiyoringizda boʻlgan...
Oltin baliq
Qadim zamonda bir kambagʻal chol bor ekan. Bu chol dengiz boʻyida yolgʻiz oʻgʻli bilan yashar ekan. Ular juda faqir boʻlib, bechorahol kun koʻrar ekanlar.Bisotlarida bir eski qayiq va baliq ovlaydigan toʻrdan boʻlak hech narsa yoʻq ekan. Cholning oʻgʻli doim ashula aytib...
Hotam
Oʻtgan qadim zamonda, quyosh chiqar tomonda bir kambagʻal odam yashagan ekan. Uning Hotam degan yoshli oʻgʻli bor ekan. Kambagʻal oʻlgandan keyin uning xotini oʻgʻli Hotamni boqolmay Dadaboy degan kambagʻalga topshiribdi. Dadaboy ham Hotamni boqolmay bozorga olib bo...
Ota vasiyati (2)
Bir odamning uch oʻgʻli bor ekan, oʻladigan vaqtida katta oʻgʻlini chaqirib:— Oʻgʻlim, men oʻlsam uch kun goʻrimni poylaysanmi? — debdi. Oʻgʻli:— Yoʻq, men poylamayman, — debdi. Otasi oʻrtancha oʻgʻlini chaqirib:— Oʻgʻlim, men oʻlsam sen goʻrimni uch kun poylaysanmi? — debdi...
Gʻulombachcha
Bor ekanda yoʻq ekan, qadim zamonlarda bir mamlakat bor ekan. U mamlakatning qoidasi boʻyicha kambagʻallar oʻz bolalarini sotar ekanlar. Shu shaharda bir kambagʻal kampirning bir oʻgʻli bor ekan. Bu kampirning tirikchiligi tang boʻlib, bir bolani boqishga ham oji...
Qahramon
Bor ekan, yoʻq ekan, och ekan, toʻq ekan, boʻri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qargʻa qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, gʻoz karnaychi ekan, oʻrdak surnaychi ekan, toshbaqa tarozbon ekan, qurbaqa undan qarzdor ekan.Qadim zamonlarda ajoyib bir shahar bor ekan...
Rustamzod va Sherzod
Bor ekanda yoʻq ekan, och ekanda toʻq ekan. Qadim zamonlarda bir mamlakatda bir kambagʻal bor ekan. U kambagʻalning ikkita oʻgʻli bor ekan. Oʻgʻillaridan birining oti Rustamzod va birining oti Sherzod ekan. Ularning onalari oʻlgan ekan. Bu kambagʻal bobo mardiko...
Sunbul bilan Gul
Qadim zamonda bir boy bor ekan. U xotini bilan juda ham ahil va xushvaqt umr kechirar ekan. Boyning ikki oʻgʻli bor ekan. Kattasining ismi — Sunbul, kichigining ismi — Gul ekan. Bolalar maktabga borib, yaxshi oʻqishibdi.Kunlarning birida Sunbul bilan Gulning ...
Hasan bilan Huriliqo
Burun zamonda, Sharq mamlakatlarining birida Ahmadjon degan savdogar bor ekan. Uning Hasan degan oʻgʻli va Huriliqo degan qizi bor ekan.Oylar, yillar oʻtibdi. Ota-onasi oʻlib, Hasan bilan Huriliqo yetim qolibdi. Hasan bir boyning eshigida xizmat qilib yuribd...
Podachining qizi
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda uzoq yurtda bir podachi bor ekan. Uning xotini ancha vaqt kasal yotib, axiri oʻlibdi-da, yolgʻizgina bir qizi yetim qolibdi.Podachi bir tul xotinga uylanibdi, ikkinchi xotin bir qiz ergashtirib kelibdi. Yetim qizga oʻgay ...
Echkining oʻch olishi
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, baland togʻ bagʻridagi seroʻt, koʻm-koʻk vodiyda bir echki oʻz bolalari bilan yashar ekan. Birinchi bolasi Bulbuli, ikkinchisi Gulsari, uchinchisi Sarguli, toʻrtinchisi Xamirturush, beshinchisi Mirvaxoʻrish, oltinchisi Lolaqizgʻaldoq deb atalar...
Podsho bilan chumoli
Bir podsho boʻlgan ekan. U oʻzini eng aqlli, farosatli va soʻzga chechan, deb hisoblar ekan. Kunlarning birida shu podsho bir necha ming kishilik lashkari bilan shikorga chiqmoqchi boʻlibdi. U qurt-qumursqa, chumoli va hamma hasharotlarga xabar yuborib, oʻn kungacha yer ...
Chol bilan boʻri
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir boʻri bor ekan. Boʻri qoʻylarga hujum qilaverib, choʻponlarning joniga tegibdi. Ular ovchiga arz qilibdilar. Ovchi boʻri izidan tushib oʻrmonga kiripti. Boʻri qoʻrqib oʻrmondan qochib chiqibdi. Ovchi uni tirqiratib quvipti.Quvaveripti...
Ilonning ishi zahar solmoq
Bir choʻpon daladan qaytayotganda, katta ariqning narigi yogʻidagi toʻqayga oʻt ketganini koʻribdi. Bir vaqt suv boʻyiga kelib qarasa, qamish ichida bir katta ilon vishillab kuyib ketayotgan emish. Choʻponning rahmi kelibdi, qoʻlidagi uzun tayoqning uchiga xaltani boyl...
Boʻri bilan tulki
Boʻri bilan tulki ikkovi doʻst tutingan ekan. Bir kuni tulki boʻrining oldiga kelibdi, boʻri juda ochiqib turgan ekan, tulkiga qarab:— E, doʻstim tulki, yaxshi kelding, qani yur, meni biror joyga olib bor va qornimni toʻygʻazib, xursand qilib kelgin, — debdi.Tu...
Burgutlar
Bir togʻ etagidagi gʻorda bir shahzoda, bir ayiq, bir tulki va bir burgut yashar ekanlar. Burgut butun dunyodagi burgutlarning podshohi ekan. Ayiq ham butun dunyodagi ayiqlarning podshohi ekan. Tulki ham dunyodagi barcha tulkilarning podshohi ekan. Kunlardan bir...
Oʻtinchi yigit bilan sher
Bir yigit dalaga oʻtin tergani chiqibdi. Bir daraxt yoniga kelib shu daraxtni yiqitmoqchi boʻlibdi. Bir sher kelib qolib:— Ey odam, nimaga kelding, bu yerda nima ish qilasan? — debdi. U yigit:— Mana shu terakni qulataman, — debdi.Sher:— Men shunday kuchim bilan b...
Aldoqchi mushuk
Katta oʻrmonda bir ola baroq dono mushuk yayrab-yashab yurarkan. U hamma hayvonlarni aldab, laqillatib yurarkan. Jonivorlar aldanmayin deb, har qancha ehtiyot bolib yurishmasin, baribir uning aldoviga tusharkan.Bir kuni ikkita maymun duch kelibdi. Maymunlar mushuk...
Kampir va boʻri
Bor ekan-da, yoʻq ekan, qadim oʻtgan zamonda bir chol-u kampir boʻlgan ekan. Ularning bitta qizil xoʻrozi, bitta oq kuchugi va yetti echkisi bor ekan. Ularga yaqin joyda bir boʻri ham yashar ekan. Bir kuni kechasi chol-u kampirning uyiga boʻri kelibdi va ostonadan ...
Toʻrt jins doʻst
Bor ekan-da, yoʻq ekan, och ekan-da, toʻq ekan, boʻri bakovul, tulki yasovul, gʻoz karnaychi, oʻrdak surnaychi ekan, qargʻa qaqimchi, chumchuq chaqimchi ekan.Oʻtgan zamonda bir qargʻa daraxtning ustida oʻtirar ekan. Shu daraxtga bir gala kaptarlar kelib qoʻnishibdi va da...
Arslon bilan tulki
Bir togʻda dongʻi ketgan zoʻr arslon bor ekan. Shu togʻ atrofidagi tulkilar arslondan xavotir qilib turar ekanlar.Kunlardan bir kun arslon qarib qolib, oʻz makonida yotgan ekan. Tulkilar arslonning besh-olti kundan buyon jim boʻlib ketganini payqab: “Endi biz ...
Makkor maymun
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan qadim zamonda oʻzlari yashab turgan joyning qoq oʻrtasida ikki kishi yashab oʻtgan ekan. Ular bir kuni oʻtirib, boshqa joylarga borishni, u yerlarni aylanishni va boylik orttirib kelishni maslahat qilibdilar. Ular birgalashib bir j...
Ilonshoh va Toshbaqapolvon
Bor ekan, yoʻq ekan, och ekan, toʻq ekan, oʻtgan zamonda, togʻning yonbagʻrida bir makon-u manzilda, bu gapim chin emas, hazil-da, Ilonshoh mamlakati bor ekan. Ilonshohning arkoni davlatida ulamo-yu fuzalolar, vazir-u vuzarolar, hokim-u hukamolar, gapning qisqa...
Sichqonvoy va qoʻngʻizoy
Bor ekan-da, yoʻq ekan, och ekan-da, toʻq ekan, eng qadim zamonda sichqon bilan qoʻngiz yashagan ekan. Sichqonboy qoʻngʻizoyni nikoh qilib olgan ekan. Bular juda ittifoq boʻlib yashar ekanlar. Birov-birovini juda hurmat qilar ekanlar. Uyda bir narsa boʻlsa, sichqon...
It bilan mushuk mojarosi
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir podshoh kampir bor ekan. Uning olamda yagona sehrli tilla uzugi bor ekan. Boshqa bir podshoh shu uzukni olmoqchi boʻlib koʻp urinibdi, ola olmabdi. U uzukni ogʻziga solib yotar ekan. Shunda u: “Kim shu uzukni olib beradi”, — degan...
Toshbaqa, tulki va boʻri
Bir kuni boʻri tulkinikiga kelibdi. Tulki boʻrini koʻrib, salomlashibdi. Boʻri:— Tulkivoy, bugun sen meni bir mehmon qilgin, — debdi. Tulki:— Mayli, bahonada ikkalamiz suhbatlashamiz. Men tayyorgarlik koʻray, sen qoiingni yuvib kel, — debdi. Tulki toshbaqani g...
Tulki bilan turna
Turna bilan tulki doʻst boʻlishib birga yashay boshlashibdi. Turna bola ochibdi. Ularni koʻz qorachigʻiday asrab, tarbiyalabdi. Tulki turnaning bolalariga koʻz olaytirib: “Yesang maza qilasanda”, — debdi ichida.Bir kuni turna bilan tulki ovqat izlab uydan chiqibdila...
Sichqon qiz
Bir zamonda bir yigit uylangan ekan. Oradan uzoq yillar oʻtibdi, farzand koʻrmabdi. U yigit xotini bilan tilak tilashar ekan, bizga ham Xudo bir farzand bersa ekan, deb topganiga shukr qilib umr oʻtkazishar ekanlar.Bir kuni ikkovi hovlining sahnida choy ichi...
Oltin tarvuz
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda bir kambagʻal dehqon bor ekan. Uning atigi bir tanobgina yeri bor ekan. Dehqon shu yerda kechayu kunduz tinmay mehnat qilib kun koʻrar ekan. Bahor kelib qolibdi. Dehqon yer hayday boshlabdi. Yerni ikki marta haydab boʻl...
Ur, toʻqmoq
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir kampir bilan bir chol bor ekan. Ular ovchilik bilan kun oʻtkazar ekanlar. Bir kun chol tuzoq poylab oʻtirgan ekan, tuzoqqa katta bir laylak tushibdi. Yugurib borib laylakni tuzoqdan chiqaribdi, laylak odamdek soʻzlamoqqa boshlab...
Echki bilan boʻri
Bir zamonda bir echki uydan chiqib, qirning boshida oʻtlab yurgan vaqtida boʻri kelib echkini tutib, yemoqchi boʻlibdi. Echki qarasa, qoʻlga tushdi, endi oʻladi. Echki oʻzicha fikr qilib turib: “Bunga bir miyani ishlatmasam hozir oʻlaman”, — oʻylagancha, boʻriga taʼzim qil...
Bulbul bilan qarqunoq
Qadim oʻtgan zamonda bir kishi ikki parrandaga — bulbul bilan qarqunoqqa soʻz oʻrgatibdi. Bulbul bitta soʻz oʻrganibdi, qarqunoq esa qirqta soʻz oʻrganibdi. Kunlardan bir kuni qarqunoq bilan bulbul uchrashib qolishibdi. Bulbul qarqunoqdan soʻrabdi.— Soʻz oʻrgandin...
Qaldirgʻoch
Dunyo birinchi marta barpo boʻlganda Xudo har xil hayvonlar va odamlami yaratibdi, ularga yeydigan ovqatlarigacha aytib beribdi. U eng keyin ilonni yaratibdi, unga:— Sen oʻzing mehnat qilib oʻz rizqingni oʻzing top, — debdi. Lekin ilon koʻnmabdi:— Men, — debdi ...
Ikki qargʻa
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan. Bir oʻrmonda ikki qargʻa yashar ekan. Ular ovqat topishga erinib, hiyla oʻylashibdi. Shunda bir qargʻa ikkinchi bir qargʻaga: — Men hiyla oʻyladim, oʻsha hiylani ishlatsak, biz tekin ovqatlanib yotaveramiz, — debdi. Qargʻa:— Bir-birimiznin...
Boʻri bilan echki
Bir kuni echki podadan ajralgan ekan, oldidan och boʻri chiqib qolibdi.— Seni yeyman! — debdi boʻri.— Meni-ya? — debdi echki.— Ha, seni.— Rahm qil.— Men juda ochman. Rahm qilmayman. Seni bir yamlab yutaman.Echki:— Juda och boʻlsang mayli, yeya qol. Senga rahmim keld...
Tulki bilan hakka
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir tulki boʻlgan ekan. U juda ham ayyor bolib, ayyorlik bilan kun koʻrar ekan. U bir hakka bilan tez-tez uchrashib turar, u bilan oshna ekan. Ayyor tulkining maqsadi, nima qilib boʻlsa ham, shu hakkani qoʻlga tushirish e...
Tulki, echki va xoʻroz
Bir kuni xoʻroz tulki bilan uchrashib qolibdi. Ular doʻst boʻlibdilar. Ular bir uyga kelib, osh qilmoqchi boʻlib turganlarida uyga echki kirib kelibdi. Ular osh qilishibdi. Shu vaqt bir narsa dukullab qolibdi. Xoʻroz chiqib qarasa, yoʻlbars emish. Yoʻlbars toʻppa-toʻgʻr...
Quyon bilan koʻkyongʻoq
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir quyon yashagan ekan. U bir kuni koʻkyongʻoq tagida xayol surib oʻtirganda, birdan bir dona yongʻoq “taq” etib tushibdi. Undan quyon qoʻrqib, qochib qolibdi. Yoʻlda maymunlarga uchrab qolibdi.— Nimaga qochyapsan? — deb soʻra...
Xoʻroz bilan tulki
Kechqurun namozshomda bir tulki ketayotsa, bir xoʻroz qoʻndoqda qoʻnib turgan ekan. Tulkining qorni juda och ekan. Tulki:— Men hajdan kelayotibman. Meni ziyorat qilmaysanmi? — debdi.Xoʻroz qoʻnoqdan tushishi bilan tulki tappa bosibdi. Shunda xoʻroz qichqirib yuboribd...
Echki
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir kampir boʻlgan ekan. Uning bir qizi va echkisi bor ekan.Kunlardan bir kuni kampir qiziga: “Bolam, echkini oʻtlatib kelgin”, debdi. Qiz xoʻp debdi-da, echkini qirga olib chiqib, kechgacha oʻtlatibdi. Kechqurun boigach...
Kiyik bilan tulki
Togʻdan togʻga sakrab, oʻynab yurgan kiyik, choʻllab, suv axtarib, chopib pastga tushibdi. Kiyik yugurib borib, oʻrmon ichiga oʻzini urib, bir chuqurlikda boʻlgan buloqqa oʻzini tashlabdi. Kiyik chuqurdagi buloq suvidan qonib-qonib ichibdi. Suvni ichib boʻlgach, atrofga ...
Tulki bilan mayna
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, katta oʻrmonda hayvonu jonu jonivorlar qatori mayna ham archaga in qoʻyib, tuxum qilib, bola ochib, ana endi men ham ona boʻldim, bugun-erta joʻjalarim chiqadi, deb quvonib yuribdi.Ammo maynaning quvonchi uzoqqa bormabdi, zaqqumga ...
Epchil oʻtinchi va makkor eshak
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir epchil oʻtinchi bor ekan. Uning boyligi bir eshak bilan bir tuyasi ekan. Oʻtinchi kunda bir martaba tuya va eshagini urib, haydab oʻtinga sudray berar ekan. Bu eshak bilan tuyaning joniga tegibdi. Bir kuni eshak tuyaga...
Yovvoyi mushuk
Bir yovvoyi mushuk bor ekan. U toʻqayda yashamoqchi boʻlibdi.Toʻqayga kirib borayotsa, yoʻlda tulki uchrab qolibdi. Mushuk oʻylabdi: “Bu qanday jonivor ekan? Tagʻin meni yeb qoʻymasin!” U junlarini hurpaytiribdi.Tulki oʻylabdi: “Bu kim boʻldi ekan? Umrimda bunaqa serj...
Qargʻa, bugʻu, boʻri
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qargʻa qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, uzoq oʻtgan zamonda qalin oʻrmonda qargʻa bilan bugʻu doʻst boʻlib yashagan ekan. Kunlarning birida boʻri bugʻuga duch kelib debdi:— Bugʻujon, kel, doʻst boʻlaylik, birga-birga yashaylik.Bugʻu aytib...
Dehqon bilan tulki
Dehqon chol bilan kampir bor ekan. Dehqon har kuni qoʻsh haydash uchun ketar ekan. Unga kampiri har kuni bir idishda sut va ikkita non berib yuborar ekan. Dehqon bu narsalarni tutning tagiga qoʻyib, oʻzi qush haydar ekan.Kunlardan bir kuni tulki kelib, cholning...
Sinchalak
Bor ekan-da, yoʻq ekan, och ekan-da, toʻq ekan, bir sinchalak boʻlgan ekan. U sinchalak choʻlda yurib, oyogʻiga tikan kirib ketibdi. Unga alam qilib, tuya oldiga borib:— Oyogʻimdan tikanimni olib qoʻy, — debdi. Tuya:— Bor-yey, — debdi. Sinchalak:— Senimi, qarab tur, b...
Tilla tuxum tugʻadigan tovuq
Bir chol bilan kampir bor ekan. Ularning bor-yoʻgʻi bitta xoʻrozi, bitta makiyoni bor ekan. Bir kuni tovugʻi bitta tuxum tugʻibdi. Bu tuxumni chaqib, bir ovqat qilib yeyaylik, deb chol uni yerga ursa yorilmabdi, toshga ursa yorilmabdi. Hech yorib bolmabdi. Oxiri u tu...
Mushuk
Bir kampir shokosaga osh quyib, «oʻgʻlim kelsa ichadi», deb tokchaga qoʻygan ekan. Uning bir mushugi bor ekan, u oshni ichib turgan ekan. Kampir mushukni “pisht”, debdi. Mushukning tumshugʻi shokosaga tegib, agʻdarilib sinibdi. Kampir eshikni bekitib olib, mushukni ura...
Maqtanchoq gʻoz
Bir maqtanchoq gʻoz bor ekan. U gʻoz har kuni odamlar oldiga kelib, maqtanaverar ekan. Bir kuni yana maqtanib:— Men osmonda uchaman, suvda suzaman, yerda chopaman, — debdi. Bir dono odam kelib gʻozdan:— Osmonda uchganingda sen burgutdek ucha olasanmi? — deb soʻ...
Faqirning echkisi
Oʻtgan zamonda bir faqir odam bor ekan. Uning xotini ham bor ekan. Bularning bisotida bitta echkisi bor ekan. Faqir echkiga har kuni bir siqim quruq xashak berar ekan, xolos. Faqirning xotini bir siqim xashakni berib, yelinlariga mushtlab-mushtlab, kuniga bi...
Serkaboboning hiylasi
Bor edi-yu, yoʻq edi, och edi-yu toʻq edi. Qadimgi zamonda qari bir serkabobo bor edi. Uning oʻgʻil-qizlari, nevara-chevaralari mingdan oshiq edi. U togʻ etagidagi keng yaylovda oʻynab-kulib, tinchgina yashar edilar.Kunlardan bir kuni bir och boʻri bularning daragini...
Quyon bilan yoʻlbars
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda quyon bilan yoʻlbars yashagan ekan. Ular bir-birlari bilan juda inoq ekanlar.Kunlardan bir kun ular suhbatlashibdilar. Quyon yoʻlbarsga:— Sen oʻrmondagi hamma hayvonlarning eng kuchlisisan, — debdi. Yoʻlbars quyonga:— J...
Maymun bilan toʻtiqush
Bor ekan, yoʻq ekan, och ekan, toʻq ekan, boʻri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qargʻa qaqimchi ekan, hakka hakimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan. Avvalgi zamonda bir gʻorda maymun bolalari bilan yashar ekan. Shu gʻor yonida toʻtiqush ham oʻz bolalari bilan yashar ekan....
Sher
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir oʻrmonda bir sher yashar ekan. U shunday pahlavon ekanki, hatto uni kishilar taʼriflashga ojizlik qilar ekanlar. Undan hamma qoʻrqar ekan. Shuning uchun ham oʻrmondagi barcha hayvonlar, barcha jonivorlar yigʻilib, maslahat qilishibdi...
Koʻzavoy, ignavoy va eshakvoy
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan. Qadim zamonda bir jodugar kampir boʻlgan ekan. Jodugar kampirdan ozor chekmagan kishi qolmagan ekan. Hatto u ekin-tikinlarni ham payhon qilar ekan. Odamlarni oʻgʻirlab ketib, qonini soʻrib, oʻldirib yuborar ekan. Ana shu jodugardan...
Toshbaqa, tulki va sichqon
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda quyoshchiqar tomonda toshbaqa, sichqon va tulki boʻlgan ekan. Uchovi doʻst tutinishib arpa, bugʻdoy ekmoqchi boiishibdi. Adirga chiqib, yer haydab ekin ekibdilar. Arpa, bugʻdoy yetilgandan soʻng oʻrishga tayyorgarlik koʻribdilar....
Ichak bilan pufak
Bir kuni ichak bilan pufak bahslashibdi. Pufak:— Ichak-ichak, men seni yeyman, — debdi.— Yoʻq, meni yeyolmaysan, — debdi ichak. Pufak ichakni yeb qoʻyibdi.Pufak nariroq borsa, bir xoʻroz uchrabdi.— Xoʻroz, xoʻroz, men seni yeyman, — debdi.— Bir qichqirsam, oʻlib qolasa...
Sichqonsulovoy
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir zamonda bir Sichqonsulovoy oʻtgan ekan. Uning bir oʻgʻli bilan bir echkisi bor ekan. Bir kuni oʻgʻlining oʻrtoqlari, yur, oʻt teramiz, deb aytishib kelishibdi. Sichqonsulovoy oʻgʻliga: — Bor, sen ham oʻrtoqlaring bilan oʻt terib kel, —...
Sichqon, qargʻa, qurbaqa va kiyik doʻstligi
Bir katta chorbogʻda sichqon, qargʻa va baqa yashar edilar.Bir kun bular sichqonning rahbarligida toʻplanib, majlis qilibdilar. Majlisda sichqon ittifoqlikning foydasi va yakka-yolgʻizlikning zarari haqida soʻzlab, tushuntiribdi. Ayni majlis qizigan paytda bir kiy...
Fil bilan xoʻroz
Kunlardan bir kun dakan xoʻroz filning oldiga kelib, qattiq qichqiribdi:— Qu-qu-qu-quv!Fil hayron boʻlibdi: “Muncha chiranadi bu”, deb oʻylabdi u. Xoʻroz hammayoqni titib, choʻqib, don terib yeyaveribdi, yana:— Qu-qu-qu, quv-v-v-v! — deb qichqiraveribdi.— Kim koʻp ...
Dono qush
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, boʻri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qargʻa qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, qirgʻovul qizil ekan, dumlari uzun ekan. Bir podsho bor ekan. U podsho ov qilishni yaxshi koʻrar ekan. Uning butun umri ovchilik bilan oʻtar ekan. Podsho...
Bir kosa zahar
Qadim zamonda bir chol bilan kampir yashar ekan.Ularning oʻgʻli ham, qizi ham yoʻq ekan. Faqat mushuklari bor ekan.Chol bilan kampir mushukni kichkinaligidan — koʻz ochmasdan asrab olibdilar.Mushuk ulgʻayibdi, yunglari oʻsib xurpayibdi. Lekin u daydi boʻlib yovvoyilash...
Tulki, laylak va boʻri
Bir kuni laylak tulkini ziyofatga chaqiribdi. Tulki laylaknikiga kelibdi. Laylak suyuq osh qilibdi, koʻzaga quyib oʻrtaga qoʻyibdi.— Qani, tulkivoy, ovqatdan oling, — deb tulkini ovqatga taklif qilibdi. Tulkivoy boʻynini choʻzib, rosa urinibdi. Baribir boʻlmabd...
Sher bilan durroj
Toʻqayda bir yirtqich sher bor edi. Vahshatda osmon sheridek qoʻrqmas edi. U bolalari bilan oʻynab, zavqqa toʻlganda, chumolilar uning bolasini talab qiynardi. U oʻzining ajralmas bu boyligi — farzandini ogʻziga tishlab asrar edi.Oʻsha toʻqayda bir durroj (kaklik) ...
Shum tulki
Tovuqlar tulkining ustidan arz qilgani ayiqning oldiga borishibdi.— Ayiq polvon, — debdi ular, — tulkivoy dastidan bizga kun yoʻq. Har kuni kechasi tovuqlarni qiyratgani-qiyratgan. Hech kimdan hayiqmaydi.— Tulki-ya… obbo muttaham-yey. Men uning jazosini be...
Maqtanchoq quyon
Kunlardan bir kun jikkakkina ola quyon sheriklariga:— Boʻridan qoʻrqmayman, tulkini bir puflab osmonga uchirib yuboraman, — deb chiranibdi.Hamma uning mardligiga qoyil qolib, yoqa ushlab turganda, birdan boʻri kelib qolibdi.— Hap! — deb quyonlarga tashlanibdi. O...
Boʻri va kampir
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir kampir boʻlgan ekan. Uning sakkizta echkisi bor ekan. Kampir har kuni uxlagani uxlagan ekan. Echkilari qurt-qurt oʻt-oʻlan chaynagani chaynagan ekan.Kunlardan bir kuni kampirning echkisiga bir ochkoʻz boʻri ilashib q...
Chol bilan sichqon
Bor ekan-da, yoʻq ekan, och ekan-da, toʻq ekan. Qadim zamonda shu goʻzal Nanay tomonda bir chol-u kampir bor ekan. Bular baxt uchun tugʻilgan ekan. Ammo choli tushmagur anqovroq ekan.Kunlardan birida kampir cholga oʻtin olib kelishni buyuribdi va qoʻliga oʻroq bilan...
Qurbaqaxon
Bir zamonda bir qurbaqa suvda suzib zerikibdi-da, oftobga chiqib quruqlikdagi manzaralarni tomosha qilib oʻtiribdi. Bu vaqt osmondan bir burgut uchib oʻtibdi. Unga qurbaqaning havasi kelib uchgisi qistab, shuncha harakat qilsa ham yerdan bir enlik koʻtarilolma...
Tulki, baqa va kana
Bor ekan-da, yoʻq ekan, tulki, baqa, kana doʻst boʻlishgan ekan. Uchovi safarga chiqib, uzoq yoʻl yurishibdi. Yoʻlda bir joydan bir toʻp bugʻdoy topib olishibdi. Tulki uni:— Men olaman, — debdi. Baqa bilan kana:— Men olaman, — deyishibdi. Uchovi janjal qilishib rosa...
Aqlli olmaxon
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir olmaxon boʻlgan ekan. Qahraton qish kunlaridan birida bir kattakon boʻri kelibdi. U uyning eshigini taqillatibdi:Meni uyingga kirgiz, olmaxon, — debdi.— Kirgizmayman, — deb javob beribdi olmaxon. Olmaxon hech koʻnmagandan ke...
Ayyor tulki
Kunlardan bir kuni bir tulki ovga chiqibdi. U biror joydan oʻlja topa olmabdi. Tulki xafa boʻlib qaytayotganda yerda bitta konfet yotganmish. Sevinganidan konfetni yeb, qogʻozini peshonasiga yopishtirib olibdi. Shundan soʻng bir toʻda tulkilarning oldiga borib debd...
Qargʻa bilan kunjut
Bor ekan, yoʻq ekan, burungi zamonlarda bir qargʻa bilan kunjut bor ekan. Bular ikkalasi bir-biri bilan juda doʻst ekan.Kunlarning birida qargʻa hech qayerdan ovqat topa olmasdan juda och qolibdi. Qargʻa: “Endi ovqatni qay yerdan topaman”, deb oʻylab turgan va...
Mugʻombir shoqol
Bir kuni bir shoqol boʻyoqchining boʻyoqli koʻzachasiga tushib qolib, undan zoʻrgʻa chiqib olibdi. Qarasa, hammayogi koʻm-koʻk boʻlib qolgan emish. Buni shoqollar koʻrib:— Hay, sen nega bunaqasan? — debdilar. Shoqol:— Xudo meni sizlarga boshliq boʻlish uchun shunday qilib qoʻ...
Tulki bilan joʻja
Qish kunlarining birida ona tulkining qorni och qolibdi. U koʻp yurib ovqat qidiribdi. Oxir bir kichkina joʻjani ushlab olibdi. Joʻja oʻzicha oʻylabdi. “Bir urinib koʻray, qutulsam, qutulganim, boʻlmasa nima boʻlsa koʻrarman”, deb tulkini alday boshlabdi.— Ey hayvon...
Toʻtiqush
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, boʻri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, gʻoz karnaychi ekan, musicha surnaychi ekan, qargʻa qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, qirgʻovul qizil ekan, dumlari uzun ekan.Eski zamonda bir podsho bor ekan, davlati bisyor ekan, toj-u taxt...
Kiyik
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim-qadim zamonlarda, uzoq bir yerda juda katta va baland togʻ boʻlib, uning tevarak-atrofi adirlikdan iborat ekan. Bir kun shu togʻning baland choʻqqisiga bir kiyik in qoʻyib, uch bolalik boʻlibdi. U oʻz bolalarini boqish uchun ov o...
Qoʻy bilan eshak
Bir eshak mehnat qilaverib qiynalibdi. U: “Xoʻjayindan qochib qutulmasam boʻlmaydi. U meni oʻlgunimcha qiynaydi”, — deb uydan chiqib qochib ketibdi. Eshak yoʻlda ketayotsa, bir qoʻy uchrabdi. Qoʻy:— Qayerga ketyapsan? — debdi. Eshak:— Choʻlga, — debdi. Qoʻy:— Men ham se...
Podachi bilan ayiq
Bir kuni ayiq podachini yemoqchi bolibdi. Shu payt kelgan tulki voqeani bilib, oʻrgangan nayrangini ishga solmoqchi boʻlibdi. Uzoqdan chang koʻtarilibdi. Ayiq:— U qanday chang, nima boʻldi? — debdi. Tulki:— Podshohning qizi, kasal ekan, unga dori uchun sariq ayiqn...
Mergan, arslon va ayiq
Bir mergan togʻda ov ovlab yurgan ekan. Bir vaqt u bir tomondan arslonning oʻkirganini eshitib qolibdi. Shu mahal togʻdagi hamma hayvonlar jim boʻlib yashirinibdi. Hatto bir qush ham churq etmay qolibdi. Arslonning ovozi boʻlsa yaqinlab kelayotganday boʻlaveribdi.M...
Tulki bilan kaklik
Tulki bilan kaklik sichqonlarni tutish uchun oʻt-oʻlan yoqmoqchi boʻlishibdi. Kaklik tulkiga:— Sen anavi oʻt-oʻlanlarning orasiga yashirinib oʻtir, men bir boshdan yoqa boshlayman, — debdi. Tulki oʻtlar orasidan chuqur topib, tushib oʻtiribdi. Kaklik oʻtlarni yondirib boʻli...
Xoʻroz bilan bobo
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir bobo bor ekan. U butun jonivorlarning tilini bilar ekan. Bir kuni bahor vaqtida hoʻkizi bilan eshagi yer haydabdi. Eshagi charchab qolib, hoʻkizga qarabdi va shunday deb oʻrgatibdi:— Hoʻkiz, sen kasal boʻl. Bobo bizni azonda qoʻshg...
Qaldirgʻoch bilan ari
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan. Qadim zamonda bir ilon bilan ari bolgan ekan. Ilon oʻsha zamonlarda barcha jonivorlarning podshosi ekan.Bir kuni ilon ariga:— Sen borib hamma jonivorlarning goʻshtidan totib koʻr. Qaysi jonivorning goʻshti shirin ekan? — debdi. Ari:...
Kana
Bor ekan-da, yoʻq ekan, och ekan-da, toʻq ekan, eng qadim zamonlarning birida kana, tulki va toshbaqa doʻst boʻlgan ekan. Ular birgalikda bahor vaqti bugʻdoy ekishibdi. Tulki ayyorlik qilib ishlamay yotibdi. Bugʻdoy yaxshi boʻlibdi. Bugʻdoy pishgandan keyin toshbaqa b...
Chol bilan ilon
Bir chol bor ekan, uning bir oʻgʻli bor ekan. Ular juda kambagʻal yashar ekan. Cholning uyida ilonning ini bor ekan. Bir kuni cholning rahmi kelib, ilon oldiga kosada sut qoʻyibdi. Ilon ham cholga yaxshilik qilish uchun bitta tuxum tashlab ketibdi. Chol esa uni erta...
Aqlli ilon
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, yaqin zamonda bir chol yashagan ekan. Chol uyining shiftiga bir taxtani osib qoʻygan ekan. Bu taxtaning ustiga har xil narsalarni qoʻyar ekan. Bir kuni chol bir togʻora sutni oʻsha yerga qoʻyipti.Shu uyning shiftida bir ilon yashar ekan. Ilo...
Uch tulki
Qashqa nomli bir quyon bor ekan. Bir kun u eshagiga minibdida, xoʻtigini ergashtirib, changalzor orqasida yashaydigan xolasinikiga ketibdi.Ariq labida qumzambarak oʻynab oʻtirgan quyonchalar:— Changalzor qoʻrqinchli, yolgʻiz borma! — deyishibdi qichqirishib, qashqa koʻnma...
Echki, buzoq, eshak va qirq boʻri
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim oʻtgan zamonda bir qishloqda bir echki yashar ekan. Bir kuni echki dam olib, oʻtlab kelish uchun uzoqroqdagi adirga yoʻl olibdi. Yoʻlda ketayotib bir qishloqda bir buzoqqa duch kelibdi va u bilan doʻstlashib qolibdi. Buzoq:— Yoʻl boʻl...
Och boʻri (2)
Ilgari vaqtda bir chol-u kampir boʻlgan ekan. Ularning bir ola sigiri boʻlgan ekan. Bir kuni chol kampirga:— Ey kampir, ola qopning unidan, ola sigir moyidan bir kulcha non qilgin, debdi. Kampir ola qopning unidan, ola sigir moyidan bir kulcha qilibdi. Kul...
Boʻri va tulki
Kunlarning birida boʻri ogʻzida katta boʻlak goʻshtni tishlab kelayotgan edi. Oldidan tulki chiqib qolibdi. Tulki qarasa, boʻrining ogʻzida katta goʻsht. Tulki:— Boʻrivoy, qayerdan kelyapsan? — debdi. Boʻri:— Popdan, — deb yuborishi bilan ogʻzidagi goʻsht tushib ketibdi. ...
Tulki bilan qoplon
Tulki qoʻshiq aytib ketayotib, koʻcha muyulishida birdan bir bahaybat qoplonga duch kelib qolibdi. Darrov taʼzim qilibdi:— Assalomu alaykum, ey hazrati Qoplon. Toleyimdan oʻrgilayki, siz zoti sharifni izlab ketayotib, yoʻldayoq uchratdim, debdi. Qoplon:— Xoʻsh, qand...
Baliqchi bilan shoqol
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir baliqchi bobo bor ekan. Bobo qishda daryoga baliq tutishga borgan ekan. U qaytib kelayotganda yoʻlda oʻlganday yotgan bir dumi kalta shoqolni koʻrib, koʻtarib aravaga solibdi. Bobo shoqolga bir-ikki marotaba qarabdi, shunda ham shoq...
Shoxli Iskandar
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir Iskandar degan podsho oʻtgan ekan. Iskandarning sochini olgan har bir sartaroshni u oʻlimga buyurar ekan. Buning sababini hech kim bilmas ekan. Nihoyat, podshoning sochini olishga sartarosh topilmay qolibdi.Qidirib-q...
Zulm va qasos
Bor ekan, yoʻq ekan, bir podsho bor ekan. Uning bitta-yu bitta qizi bor ekan. Kunlarning birida podshoning xotini vafot etibdi. Undan bitta tilla kavush qolibdi. Podsho mamlakatga jar soldiribdi: «Ushbu tilla kavush kimga toʻgʻri kelsa, podsho oʻshani xotinlikka ...
Oʻgʻri va podshoh
Bor ekan, yoʻq ekan, avvalgi zamonda bir podsho boʻlgan ekan. Podshoning xazinasiga bir oʻgʻri kiribdi va qoʻlga tushib qolibdi. Podsho oʻgʻrini shahar chekkasidagi bir daryo boʻyiga olib borib, qopga solib, avval toza urishni, soʻng daryoga tashlab yuborishni buyuribdi. ...
Zumrad va Qimmat
Bir zamonda katta bir soy boʻyida kichkina bir uy boʻlar ekan. Bu uyda chol, uning Zumrad degan qizi, oʻgay ona va uning Qimmat degan arzanda qizi turar ekanlar. Kampirning Zumradni koʻrgani koʻzi, otgani oʻqi yoʻq ekan. U hadeb qizni urib, qargʻab, ertadan ke...
Kenja botir
Uch ogʻa-ini ovga chiqibdi. Qosh qoraygach, bir oʻrmonzorga kelib yotishmoqchi boʻlishibdi. Birinchi kun kechasi katta akasi poyloqchilik qilibdi. Yarim kechadan soʻng uxlab qolibdi, qozondagi ovqatni kimdir yeb ketibdi. Oʻrtancha ogʻasi poyloqchilik qilgan kechada ham shu ...
Egri va Toʻgʻri
Qadim zamonda bir qishloqda bir yigit bor ekan. Unga Toʻgʻriboy deb nom bergan ekanlar. Uning bittagina ozgʻin otidan boʻlak narsasi yoʻq ekan. Bora-bora qishloqda ish topilmaydigan boʻlib, uning ahvoli ogʻirlashibdi. Oti bilan mardikor ishlashga ikkinchi bir tomo...
Malikai Husnobod
Zamonlarning zamonida, qadimal ayyomda bir zolim podshoh bor ekan. Podshohning bir qizi bor ekan, oti Malikai Husnobod ekan. Onasi bir kambagʻalning qizi ekan. Sohibjamolligi haddan ziyoda, oy desa ogʻzi bor, kun desa koʻzi bor, shaq-shaqayi jamoli oʻn toʻrt ke...
Qilich botir
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir zamonda Qilich botir degan bir polvon bor ekan. Kunlardan bir kun Qilich botir safarga chiqibdi. Bir necha kun yurgandan keyin bir odamga duch kelibdi.Bu odam Qilich botirga:— Yoʻl boʻlsin, ogʻayni,— debdi, Qilich botir unga:— Me...
Momir bilan Somir
Bir necha yuz asrlar ilgari Turkman mamlakatida bir shoh boʻlgan ekan. Shohning ikki oʻgʻli boʻlib, birining oti Momir, ikkinchisining oti Somir ekan. Shoh har ikki oʻgʻlini ham benihoya yaxshi koʻrar va cheksiz muhabbat bilan tarbiyalar ekan. Nomdor qahramonlar har i...
Xurshid bilan Laylo
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir zamonlarda Misr mamlakatida bir podsho oʻtgan ekan. Uning otini Abdulaziz shoh der ekanlar. Shohning Abdukarim degan vaziri ham bor ekan. Abdulaziz shoh bilan Abdukarim vazir juda inoq ekanlar.Ular yoshlikda madrasada birga oʻ...
Ziyod botir
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda bir podsho bor ekan. Uning bir qizi bor ekan. Nihoyatda sohibjamol, goʻzallikda tengi yoʻq, aqlli, hushyor qiz ekan. Uni kim bir marta koʻrsa, yana bir koʻrsam, deb orzu qilar ekan. Oti ham oʻziga yarashgan Qamarxon ekan...
Uch yolgʻonda qirq yolgʻon
Bor ekan, yoʻq ekan, och ekan, toʻq ekan, boʻri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, gʻoz karnaychi ekan, oʻrdak surnaychi ekan, qargʻa qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan…Qadim zamonda bir podsho bor ekan, uning boʻyi yetgan qizi bor ekan. Podsho qizini erga bermoqchi ...
Yamoqchi bilan Shogʻarib
Bor ekan-da yoʻq ekan, och ekan-da toʻq ekan. Bir zamonda Valixon degan bir podsho bor ekan. Uning shahrida Xoldor degan yamoqchi ham bor ekan.Podsho: “Men mamlakatda adolat oʻrnatayin, yurt-yelni kezayin, fuqarolarning gap-soʻzini eshitayin. Qani, ular nimalarni...
Qozining makri
Bir podsho bor ekan. Odamlar orasida xasislik bilan nom chiqargan ekan. Uning bir oʻgʻli bor ekan. U otasiga qaraganda birmuncha saxovatli ekan. Bir kun shahzoda bir bechora odamga ozroq oltin hadya qilibdi. Buni podsho bilib qolib, oʻgʻlini tergabdi:— E, oʻgʻlim...
Guliqahqah
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan. Bir podsho bor ekan. U podsho ovga chiqib ketayotsa, uzoqdan bir qizil narsa koʻrinibdi. Podsho ikki vaziri bilan borib qarasa, qir-qizil gulning tagida uchta pari qiz oʻtirgan emish. Podsho qizlarga aytibdi:— Sizning hunaringiz bor...
Kulsa – gul, yigʻlasa – dur
Bir chol bilan kampir bor ekan. Chol daladan oʻtin terib kelib, uni sotib tirikchilik qilar ekan. Chol bilan kampirning farzandlari yoʻq ekan. Kunlardan bir kuni chol daladan oʻtin olib kelayotganda, unga Xizr yoʻliqib:— Bolang bormi? — deb soʻrabdi.Chol:— Yoʻq, ...
Erkenja
Bir podshoning uch oʻgʻli bor ekan. Kunlardan bir kuni podsho oʻgʻillariga:— Uchovlaringizni ham uylantirmoqchiman, nima deysizlar? —debdi. Oʻgʻillari:— Ey, ota, uchovimizga ham bir odamning qizlari boʻlsin. Kattamiz kattasini, oʻrtanchamiz oʻrtanchasini, kichigimiz k...
Qiron aka
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir podshoning birgina oʻgʻli bor ekan. U bir kuni uxlab yotib, tushida bir parini koʻribdi. Uygʻonsa, tushi emish. Shundan keyin u gapirmabdi ham, kulmabdi ham. Podsho oʻgʻlining ahvoliga achinib yigʻlabdi. Oradan bir necha kun oʻtgach, po...
Mehrigiyo
Oʻtgan zamonda shuhrati olamga ketgan bir savdogar boʻlgan ekan. Bu savdogarning olti yuz karvoni bor ekan. Ammo savdogar yetmish yoshga kirganida ham farzand koʻrmabdi. Kunlarning birida oʻzining olti yuz karvonlarini toʻplab, farzandi yoʻqligini ularga gapirib,...
Shayton bilan dehqon
Bir kuni shayton bilan dehqon uchrashib qolibdi, ikkisi bir boyning yerini ijaraga olib dehqonchilik qilmoqchi boʻlishibdi. Yerni haydab, ekishga tayyorlashibdi. Maslahat bilan joʻxori ekishibdi. Joʻxori pishibdi. Ikkisi hosilni bab-baravar boʻlish toʻgʻrisida maslahatl...
Xurmacha polvon
Bor ekan, yoʻq ekan, och ekan, toʻq ekan. Bir chol-u kampir bor ekan. Bularning echkisi koʻp ekan-u, bolasi yoʻq ekan. Kunlardan bir kun kampir sut pishirib oʻtirib: “Mening bolam boʻlsa edi, sut desa sut bersam, qaymoq desa qaymoq bersam, qatiq desa qatiq ber...
Toʻqliboy
Qadim zamonda Oʻzgan shahrida Toʻydiboy degan bir odam oʻtgan ekan. U odam juda badavlat ekan. Ammo tirnoqqa zor ekan. Xotinlari tugʻmas ekan. Oʻsha shaharda Salimboyvachcha degan bir odam bor ekan. Salimboyvachchaning Qumrixon nomli oqila qizi bor ekan. Koʻp chir...
Abduaziz
Bir boyning oʻgʻli bor ekan. Uning ismi Abduaziz ekan. Kunlardan bir kun boy oʻlib, moli davlati oʻgʻliga qolibdi. Oʻgʻli esa oʻziga qirqta joʻra orttirib, ularni ziyofat qilar ekan. Joʻralari ketadigan vaqtida har biriga bir hamyondan tilla berib yuborar ekan. B...
Ajdar qush
Oʻtgan zamonda bir katta togʻning kamarida qoʻrqinchli gʻor bor ekan. Ovloqda yashashni ixtiyor qilgan kishilar shu gʻorni makon qilishar ekan. Kunlardan bir kuni ota-onasi oʻlib, yoshligidan yetim qolgan bechora bir qiz oʻsha vahimali gʻorni oʻziga makon qilibdi. Bu qizn...
Qorasochxon
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda bir podshoning qizi bor ekan. U vazirning Qorasochxon degan goʻzal qizi bilan birga maktabda oʻqir ekan. Podshoning qizi uncha chiroyli emas ekan. Kunlardan bir kuni oʻrtoqlari oʻrtasida “Podshoning qizi chiroylimi yoki ...
Sirli tush
Bor ekan, yoʻq ekan, och ekan, toʻq ekan, qadim zamonda, Bagʻdod tomonda Zunnun nomli podsho yashar ekan. Podshoning bir necha xotinlari boʻlib, hech biridan farzand koʻrmabdi. Farzandsizlik alami podshoning jon-jonidan oʻtibdi. Oxirgi marta uylanishga qasd qilib, ...
Dunyoda yoʻq hunar
Oʻtgan zamonda bir podshoning goʻzal qizi bor ekan. Shu mamlakatda bir kambagʻal dehqon boʻlib, uning ham yolgʻiz oʻgʻli bor ekan. U podshoning qiziga oshiq boʻlib qolibdi-da, sovchi joʻnatibdi. Podsho unga:— Dunyoda yoʻq hunarni oʻrgansa, qizimni beraman, — debdi.Endi...
Erkajon
Uzoq zamonlarda Buxoro elatida bir podsho boʻlgan ekan, uning Erkajon degan oʻgʻli bor ekan. Podsho oʻgʻlini juda yaxshi koʻrar ekan. Usiz tomogʻidan ovqat oʻtmas, koʻziga uyqu kelmas ekan. Podsho oʻgʻlini oʻz oʻrniga taxtga ega qilish uchun jami hunarlarni oʻrgatgan eka...
Farhod va Shirin
Qadim zamonda bir podshohning qizi boʻlgan ekan. Qizning oy desa ogʻzi, kun desa koʻzi boʻlib, kulsa ogʻzidan gullar toʻkilar, yursa oyogʻidan tilla sochilar ekan. Qiz gulbogʻda qirq qizlari bilan sayr etib yurar ekan. Nima uchundir qiz yoshligidan beri doimo gʻamgin...
Choʻloq boʻri
Bir boyning uch oʻgʻli bor ekan. Boyning katta bogʻi ham bor ekan. Bogʻida bir tup chinori bor ekan. Bu chinor tilladan ekan. Har kuni bir bargi yoʻqolib qolar ekan. Boy gʻazablanib, katta oʻgʻlini poylatibdi. Ertasiga oʻrtanchasini poylatibdi. Uchinchi kuni eng ki...
Mislabu
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, odamlarning aytishiga qaraganda Balx shahrida bir zolim podshoh bor ekan. Uning zolimligi boshqa podshohlardan ham oʻtib ketgan ekan. U oʻz bilganidan qolmas, birovga quloq solmas ekan. Uning bir-biridan chiroyli toʻrtta xotini bor...
Davlat bilan Ahmad
Bir zamonda bir odil podshoh oʻtgan ekan. Uning oti Davlat ekan. Davlat podshoh mamlakatda adolat bilan ish yuritishga intilar ekan. Baʼzan “Qani, men shuncha ishlarni qildim. Fuqarolarim mening toʻgʻrimda nimalar gaplashar ekan?” deb, kechalari shohona liboslarin...
Bir xumcha oltin
Oʻtgan zamonda bir aqlli chol bor ekan. Cholning oldinma-keyin tugʻilgan uch oʻgʻli bor ekan, oʻgʻillarining kattasi yigirma yoshda, oʻrtanchasi oʻn sakkiz yoshda va kichkinasi oʻn olti yoshda ekan. Kunlardan bir kun chol kasal boʻlibdi, kasali kundan-kunga ogʻirlashibdi, ch...
Musofirbek
Qadim zamonda Urganch tomonda Qoʻldosh degan bir podachi yashar ekan. Yil oʻn ikki oy Qoʻldoshning qiladigan ishi oʻz qishlogʻidagi aholining molini boqish ekan. Qoʻldoshning bir Yoʻldosh degan oʻrtogʻi bor ekan. Uning qiladigan ishi mardikorchilik ekan.Qoʻldosh bilan Yoʻldo...
Devbachcha
Qadim zamonda bir boy bor ekan. U boyning farzandi yoʻq ekan. Boy koʻp xotin olibdi. Oxirida bir xotinidan oʻgʻil koʻribdi. Boy borgan sari kambagʻallashib qolibdi, oʻgʻli esa katta boʻlaveribdi. U boyning joʻralari koʻp ekan, boy doʻstlarining tuz-namagini koʻp ye...
Yaltillama sopol tovoq
Bir zamonda bir podshoh bor ekan. U podshohning qirq xotini bor ekan. Ammo hech farzandi yoʻq ekan. Bir kuni podshoh xafa boʻlib: “Menga hech narsa kerak emas”, deb taxtiga ham oʻtirmabdi. Bir necha kundan beri podshohning taxtga chiqib oʻtirmaganiga hayron boʻlg...
Sherzod va Gulshod
Oʻtgan zamonda bir shaharda Hurshod degan podshoh oʻtgan ekan. Oʻnta xotin olgan ekan-u, lekin hech farzand koʻrmagan ekan. Hurshod farzand koʻrish uchun yana bir marta uylanishni ixtiyor qilibdi. Shahar ulamolarini chaqirib, shu toʻgʻrida maslahat qilibdi. Ulamolar ham...
Hasan va Husan
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, burungi zamonda xoqoni Chin degan tomonda Yu-San-Chin degan podshoh oʻtgan ekan. Uning yaxshi koʻrgan Yu-Chin-San degan dono vaziri bor ekan. Har ikkovining ham yoshlari anchaga borib qolgan boʻlishiga qaramay, farzandlari yoʻq ekan. Kunl...
Kambagʻal qiz
Zamonlarning zamonida bir podshoh bor ekan. Uning bir oʻgʻli bor ekan. U oʻn ikki yoshga yetibdi. Shahar xalqi buning yomonligidan koʻp zerikibdi. Podshohga xalq arz qilibdi. “Yo oʻgʻling tursin, yo biz turaylik”.Podshoh vazir bilan maslahat qilib oʻgʻlini maktabga be...
Hunardan unar
Burungi zamonda bir podshoh bor ekan. Bir kuni u bir kambagʻalning qizini olmoqchi boʻlib, sovchi yuboribdi. Sovchilar kelib podshohning soʻzini qizga aytishibdi. Qiz sovchilarga:— Podshohga borib aytinglar, olmoqchi boʻlsa, men ham roziman. Lekin podshoh bir hunar...
Ayiqpolvon
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonlarda bir podshoh boʻlib, uning Mahliyo, Muhabbat, Iqbol nomli uch qizi boʻlgan ekan. Mahliyo yigirma ikki yoshga, Muhabbat yigirma yoshga, Iqbol esa oʻn sakkiz yoshga toʻlgan ekan, goʻzallik bobida yetti iqlimga dongʻi ketgan e...
Pufakvoy
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir shahar chetidagi chorbogʻda bir chol bilan kampir bor ekan. Ular halol mehnat bilan, dehqonchilik qilib kun kechirar ekanlar. Chol-kampirning farzandi yoʻq ekan. Shu sababdan ular qattiq qaygʻurar ekanlar. Yillar oʻtibdi, chol-kamp...
Qilichqora
Uch ogʻayni bor ekan. Toʻngʻichining oti Yulduzsanar, oʻrtanchasining oti Daryobogʻlar, kenjasining oti Qilichqora ekan. Bularni otalari uylantirmabdi. Uch ogʻayni maslahatlashib, bitta odamni vosita qilib aytibdilar:— Otamizga chiqib ayting, bizni uylantiradimi, y...
Uchar gilam
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, ilgari zamonda bir chol bilan kampir bor ekan. Ular uzoq vaqt farzandsiz umr kechirib, eri ellikka, xotini esa qirqqa kirganda bir oʻgʻil koʻrishibdi. Er-u xotin oʻgʻilni tarbiyalay boshlashibdi. Bola oʻsib ulgʻayibdi. U maktab yoshiga ye...
Oʻtinchi chol
Oʻtgan zamonda sakson yashar bir oʻtinchi chol bor ekan. Daladan bir koʻtarim oʻtin terib kelib, uni sotib, xotini bilan tirikchilik oʻtkazar ekan. Bir kuni oʻtinini sota olmasdan bozorga tashlab qaytib kelibdi. Chol eshikdan kirishi bilan, xotini:— Nima olib keldi...
Duradgor bilan tikuvchi
Bor ekan, yoʻq ekan, och ekan, toʻq ekan. Oʻtgan zamonda bir duradgor bilan bir tikuvchi bor ekan. Bularning ikkovi bir-birlari bilan doʻst ekanlar. Bir kuni tikuvchi nihoyatda yaxshi bir koʻylak tikibdi va oʻrtogʻi duradgor ustani chaqirib:— Bir koʻylak tikdim, koʻ...
Noʻxatvoy
Qadim zamonda bir boy bor ekan. Bu boyning bir korandasi bor ekan. Uning bolasi yoʻq ekan. Boyning zulmidan koranda uyiga ham borolmas ekan. Koranda qoʻsh haydayotganida xotini ovqat pishirib olib borar ekan. Bir kuni xotin ovqat pishirib turganda noʻxatday...
Shahzoda Asad
Oʻtgan zamonda Xorazm mamlakatida bir podshoh oʻtgan ekan. Uning bitta-yu bitta oʻgʻli boʻlgan ekan. Oʻgʻliga sirohigarchilikni yaxshi oʻrgatish, tarbiya qilish uchun uni lashkar boshligʻi Behzodxonga topshirgan ekan. Bola yosh boʻlishiga qaramay, koʻp narsani bilib olibdi. A...
Ilon pari
Oʻtgan zamonda bir podshoh yakka oʻzi ovga chiqib, ov qilib yurib, uzoqda bir narsa koʻribdi. Podshoh sekin borib qarasa, daraxt tagida bir pari qiz dam olib oʻtirgan emish. U qizni koʻrgan zamon hushidan ketibdi. Birozdan soʻng oʻziga kelib qarasa, pari suv kelti...
Aqlli qiz (2)
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda bir kishining uch oʻgʻli bilan bir qizi bor ekan. Oʻzi boy ham, kambagʻal ham emas ekan. Lekin ikki koʻzi koʻr boʻlib qolgan ekan. Kunlardan bir kuni boshqa bir yurtdan oʻrtoqlari mehmonga kelishibdi.Ular uy egasining koʻz...
Yamoqchi
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda Maʼruf yamoqchi degan bir odam boʻlgan ekan. U faqat yamoqchilik qilib, arang kun kechirar ekan. Maʼruf domla-imomning maslahati bilan Ruzvon otin degan bir tul (beva) xotinga uylanibdi. Ruzvon otin juda firibgar x...
Vospiroxun
Oʻtgan zamonda Oq podshoh bilan Qora podshoh boʻlgan ekan. Ikkisi ham doimo bir-biri bilan urushib, bir-birini yengga olmas ekanlar. Kunlardan bir kuni Oq podshoh oʻz vaziriga: shahardagi butun botir va polvonlarni yigʻib, urush maydoniga joʻnatish uchun buyruq be...
Yalmogʻiz kampir
Bor ekanda, yoʻq ekan, och ekanda, toʻq ekan. Burungi zamonda chol-u kampir bor ekan. Bularning bir oʻgʻli bor ekan. Oʻgʻlining bir oltin soqqasi bor ekan. Kunlardan bir kun tirama boʻlib sovuq tushib qolibdi. Bular yaylovdan qishloqqa koʻchibdi. Bolaning oltin so...
Gulshoh bilan Varqa
Oʻtgan zamonda bir podshoh bor ekan. Uning Gulshoh degan qizi bor ekan. Podshohning bir doʻsti boʻlib, uning Varqa degan oʻgʻli bor ekan. Varqa bilan Gulshoh ikkisi bir maktabda oʻqishar ekan.Varqa bilan Gulshoh maktabda oʻqib yurganlarida bir-birini sevib qolishga...
Bulbuligoʻyo
Qadim zamonda bir zolim podshoh bor ekan. U birmuncha kun, birmuncha yil xalqni ezib, yanchib, yeydigan ovqatining yarmini olib sotib, oltin-kumushni yigʻib, xalqdan yigʻgan pul bilan oʻz oʻrdasiga bir tup chinor qildiribdi. Ustalarni yigʻib: “Bu chinorning tanasi ...
Quyosh yerining pahlavoni
Qadim zamonda bir chol bor ekan, uning oʻn yashar oʻgʻlidan boshqa hech kimi yoʻq ekan. Chol nihoyatda qashshoq, yeyarga ovqati, kiyarga kiyimi yoʻq ekan. U kunlardan bir kuni qoʻshnisi Halimboyning oldiga kelib:— Boy ota, bizga yordam qiling, oʻgʻlim Rustamjon bilan birg...
Ozodachehra
Bor ekan, yoʻq ekan, Balx shahrining podshosi bor ekan. Uning farzandi yoʻq ekan. “Farzandim boʻlsa, taxtimga ega boʻlardi”, deb kecha-yu kunduz yigʻlar ekan.Oradan bir qancha vaqt oʻtib, toʻqqiz oy, toʻqqiz kun, toʻqqiz soat, toʻqqiz daqiqa deganda podshoning xotin...
Jonon piyola
Oʻtgan zamonda Qoʻqon shahrida bir podsho yashagan ekan. Bu podshoning bitta-yu bitta jonon piyolasi bor ekan. Yer yuzini ming marta aylanib chiqsangiz ham bunaqangi piyolani topolmas ekansiz. U shu qadar chiroyli ekanki, qorongʻi tunni oy nuri kabi yoritar ekan.Podsh...
Quloqboy
Bor ekan-da yoʻq ekan, och ekan-da toʻq ekan, bir chol bilan kampir bor ekan. Ularning farzandi yoʻq ekan. Kundan kun, oydan oy oʻtib, cholning xotini homilador boʻlibdi. Kunlardan bir kun kampirni toʻlgʻoq tutibdi. Chol shunday qarasa, xotini yettita quloq tugʻga...
Bahrom va Sherzod
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir podsho bor ekan. Uning Bahrom degan bitta-yu bitta oʻgʻli bor ekan. Bahrom aqlli, hushyor bola ekan. Bu bola yoshligidan hunar oʻrganishga qiziqib, temirchilik, duradgorlik, tikuvchilik, sartaroshlik kabi oltmish toʻqqi...
Murqumomo
Bir kambagʻal chol dasht-biyobonlardan oʻtin terib, uni sotib kun koʻrar ekan. Bir kuni u tush payti oʻtin terib, charchab uxlab qolibdi. Tushida bir qush parvoz qilib uchib kelib, taxlangan oʻtin ichiga kirib tuxum qoʻyibdi-da, yana uchib ketibdi. Chol bir vaqt uygʻoni...
Opa-uka
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir chol bor ekan. Uning xotini har ikki yilda ikkitadan bola tugʻar ekan. Oradan bir necha yil oʻtibdi, cholning bolalari juda koʻpayib ketibdi. Bu bolalarni boqish juda qiyin boʻlib qolibdi.Oʻzlarining ham qorinlari hech toʻymas ek...
Oʻynang, kuchugim, oʻynang!
Oʻtgan zamonda bir cholning uchta qizi boʻlib, oʻgʻli yoʻq ekan. Kunlardan bir kuni, chol juda ogʻir kasal boʻlib qolibdi. Cholning kasalini bironta tabib ham tuzata olmabdi. Nihoyat, tabiblar cholga olmurut shoxini qaynatib ichganidagina sogʻayib ketishini aytishibdi...
Choʻpon Ali
Oʻtgan zamonda bir zolim, qonxoʻr xon boʻlgan ekan. Xonning toʻrt xotini boʻlib, bitta ham farzand koʻrmagan ekan. Xon umrining oxirida eng kichik xotinidan bir oʻgʻil koʻribdi. Kundan kun, oydan oy, yildan yil oʻtibdi. Oʻgʻli oʻsib ulgʻayibdi, qomati kelishgan, aql...
Vafo
Oʻtgan zamonda bir yigit bor ekan, u otasidan qolgan mollarning yarmini sarf qilib, bir qizga uylanibdi. Qolgan davlatini xotini bilan yeb yotaveribdi. Davlat kundan-kunga kamayibdi. Kunlardan bir kuni xotini eriga:— Endi siz bunday bekor yotavermang. Yo q...
Mahmud yamoqchi
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda Balx shahrida Mahmud degan bir yamoqchi qari onasi bilan yashar ekan. Ular kambagʻal yashaganliklari bois, Mahmud yamoqchi uylanishga qurbi yetmas ekan. Kunlardan bir kun Mahmud bozorda yamoqchilik qilib oʻtirganida qarshisi...
Nurilla boyvachcha
Oʻtgan zamonda Samarqandda bir katta boy oʻtgan ekan. Uning Nurilla degan yolgʻiz oʻgʻli boʻlgan ekan. Kunlarning birida boy:— Ey oʻgʻlim, men oʻlib ketaman, mening uch yerda dunyoim bor, — deb hammasini koʻrsatibdi. — Yotib yesang bu dunyo hech narsa boʻlmaydi. Yotib ye...
Boy bilan novcha
Bor ekanda yoʻq ekan, och ekanda toʻq ekan, Zomin yurtida bir boy bor ekan, uning bir novchasi bor ekan. Kunlardan bir kuni boy bir narsadan taʼbi xira boʻlib, novchasini koyibdi. Novcha arazlab Zomin qozisining oldiga boribdi. Qozi:— Ha, nima arzing bor? — ...
Zolim podsho
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir podsho bor ekan. U, shu qadar zolim va johil ekanki, taʼbiga kelgan har qanday nomaʼqul ishni ham qilaverar ekan.Bir kun podsho jarchi qoʻyib chaqirtiribdi: “Kimki oʻlsa, egasi uni mozorga tomma-tom eltib qoʻysin....
Baliqchi bola
Burungi zamonda bir chol-u kampir bor ekan. U chol doim baliq ovlab kun oʻtkazar ekan. Har kuni ikkita baliq ushlab, birini chol-kampir pishirib yer ekan, birini sotib oʻtin olishar ekan. Oydan oy oʻtib, yildan yil oʻtib chol-kampir oʻtirib maslahat qilishibdi: “B...
Karimboy bilan xizmatkor
Qadim zamonda, Oʻzgan tomonda, Karimboy degan badavlat kishi oʻtgan ekan. Kunlardan bir kun, Karimboy oʻz xizmatkoriga:— Shu hoʻkiz qoʻshga yaramay qoldi, bozorga olib borib sotib kel, — debdi.Xizmatkor hoʻkizni yetaklab bozorga borayotganda bir daraxtdagi sassi...
Botir
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda Botir ismli bir yigit bor ekan. Qari onasidan boshqa hech kimi yoʻq ekan. Ona-bola kundalik tirikchiliklarini zoʻrgʻa oʻtkazishar ekan. Kunlardan bir kuni uyda chaksa un ham qolmabdi. Botir yarim qop bugʻdoyni koʻtarib, ...
Xasis boy bilan Abdurahmon oʻgʻri
Bir zamonda bir xasis boy oʻtgan ekan. Uning ming tilla puli bor ekan. Bu pulini bitta boʻz xaltaga solib, ogʻzini mahkam tugib, hech kimga ishonmay, iridan boʻyniga osib, qoʻltigʻiga tushirib olar, kechasi yotganida mahkam quchoqlab yotar ekan. Erta bilan turgan...
Oltmish ogʻiz yolgʻon gap
Bor ekan, yoʻq ekan, och ekan, toʻq ekan, bir podsho bor ekan. U podshoning boʻyi yetgan qizi bor ekan. Podsho jarchi qoʻyib:— Kimda-kim oltmish ogʻiz yolgʻon gapirsa, shu hikoya bilan qizimni gapirtirsa, oʻshanga qizimni beraman, gapirtira olmasa, oʻldiraman, — debdi....
Alvasti
Bahorda qaldirgʻochlar kelgan kuni hoʻkizni yetaklab, dalaga chiqdim, yetti qadam bosdim. Toʻxtab, oyogʻim tagidagi yerni kovladim, bir parcha koʻmir chiqdi. Koʻmirni lattaga oʻrab, hoʻkizimning shoxiga bogʻladim. Oʻzim uyquga ketdim. Uyqudan turib, ogʻilxonaga borib, u...
Baxtli kal
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda, bir shaharda bir kal bor ekan. Kalning ota-onasi va bola-chaqasi yoʻq ekan. Oʻzi uzoq dalalardan oʻtin terib kelib, sotib, ovqat qilar ekan. Bir kun sahroda oʻtin terib yursa, shamol turib, uning zarbidan daraxtlar,...
Kuygan chol
Oʻtgan zamonda bir chol bilan kampir yashagan ekan. Ularning bitta eshaklari bor ekan. Bu eshakni sugʻorish, ovqatlantirish sansalor boʻlib, doimo ular bir-birlari bilan urishar ekanlar. Bir kuni chol zerikib kampirga:— Hadeb mojaro qilib urishgandan koʻra, senga ...
Topqinchilar
Bir zamonda bir topqinchi dehqon bor ekan. U birov biror narsani yashirib qoʻyib, “Bu nima?” deb soʻrasa, koʻrmasdan topib berar ekan. U, kunlarning birida, oʻlim yostigʻiga bosh qoʻyib, dunyo bilan xayrlashibdi. Dehqon oʻlgandan keyin ikki hoʻkiz bilan biroz yer uch...
Qirq yolgʻon
Bor ekan, yoʻq ekan, qadim zamonda bir boy bor ekan. U juda boy ekan, bir chuqurda achib qolgan loy ekan, sira suv oʻtmagan soy ekan, birov minmagan toy ekan, yomgʻir yogʻganda bulutning orasida qolgan oy ekan, qozonga solsa, dogʻ boʻlmagan moy ekan, kigiz-koʻr...
Garang
Bor ekan, yoʻq ekan, Qoʻqon tomonda Yangi qishloq bilan Toshkent guzari oʻrtasida Tojik qishloq degan joy bor ekan. U Tojik qishloqda Boymat degan bir boy bor ekan. U boyning yuzta qoʻyi bor ekan. Boy qulogʻi eshitmaydigan kar ekan.Bir kuni boy qoʻychivonini “Qoʻyn...
Ahmoq joʻralar
Bor ekan-u yoʻq ekan, qirq kal bor ekan. Kallardan biri juda rashkchi ekan. Uning oti Yuz Muhammad kal ekan. Kalning oʻrtoqlari uni shu nom bilan chaqirar ekanlar. U bir kun oʻrtoqlariga: “Agarda mening otimni oʻzgar-tirsalaring men bir sigirimni dangona qili...
Chol bilan kampir
Oʻtgan zamonda bir chol bilan kampir bor ekan. Bularning tirikchiligi oʻtin sotib kun kechirish ekan. Kampir har kuni koʻmoch qilib berar ekan. Chol har kun oʻtin terib kelar ekan.Bir kuni chol oʻtin tergani borib, buloqning boʻyida uxlab qolibdi. Tushida birov “T...
Ikki oʻrtoq
Bir mergan yoʻldan oʻtib borayotgan ekan. Merganning qoʻlida gʻozi bor ekan. Yoʻlda qorni ochib kelayotgan ikki oʻrtoq:— Shu merganning gʻozini yeb boʻlmasmikan? —debdi. Ikkisi maslahatlashib, merganni chaqirishibdi. Mergan kelibdi. Mergandan gʻozini soʻrashibdi. Merga...
Botmon daxsar
Qadim zamonda bir laqma odam oʻtgan ekan. Bir kun unga xotini bir xumcha berib: “Botmon daxsar”, yogʻ olib keling”, deb buyuribdi. Laqma botmon daxsar esimdan chiqmasin, deb yoʻlda keta-ketguncha ”botmon daxsar, botmon daxsar” deb keta beribdi. Dalada xirmon...
Eralixon va uch oʻgʻri
Xivada Eralixon degan podsho oʻtgan ekan. U kechasi eski liboslar kiyib, shahar koʻchalarini aylanar ekan. Bir kecha uch nafar oʻgʻriga uchrabdi. U oʻgʻrilarga oʻzining ham “oʻgʻrilik qilish” maqsadida yurganini bildiribdi. Oʻgʻrilarning har qaysisi oʻz sanʼatini bayon qi...
Rustam
Zabiliston mamlakatida Kayoniy avlodidan boʻlgan Somi Narimon degan podsho oʻtgan ekan. Oʻn yetti xotin olsa ham bola koʻrmagan ekan. Koʻhiqofdan Malika ismli yana bir xotin olibdi. Xotini homilador boʻlibdi. Kanizak Somi oldiga borib:— Ey, podsho, shu vaqtgacha ...
Doro va Iskandarbek
Bir vaqtda Doro degan katta podsho oʻtgan ekan. U bir podshoning qiziga uylangan ekan. U qizga Doroning bir vaziri ham oshiq boʻlib qolibdi. Doro podsho namoz oʻqiyotganida, vazir u ayolni yoʻq qilish payiga tushibdi-yu, bir xat yozib Doro podsho kavushining ichiga s...
Luqmoni hakim
Bor ekan, yoʻq ekan, och ekan, toʻq ekan, bir zamonda Iskandar degan podsho oʻtgan ekan.Iskandar Yamandan Yasargacha (kun chiqishdan kun botishgacha) joyni soʻragan ekan. Podshoning gapdon bir vaziri bor ekan. Podsho bir kun vazirlari bilan oʻtirganda:— Bir soʻzim bo...
Kimyogar
Oʻtgan zamonlarda Buxoroning Devonbegi hovuzi yonida, havoning issiq kunlarida ellik yoshlarga kirgan bir chol sopol koʻzachada oʻtgan-ketganlarga suv berib oʻtirar ekan. Yoʻlovchilar uning suvini ichgach, pul bermoqchi boʻlganlarida, uzatilgan pullarni oʻz qoʻli bil...
Ayoz
Oʻtgan zamonda Xundarxon degan bir podsho oʻtgan ekan. Uning Malikaxon degan xotini bor ekan. Podsho bu xotinidan toʻqqiz qiz koʻrgandan keyin, xotini yana homilador boʻlibdi. Bir kun podsho xotiniga:— Men sen bilan shuncha yil umr qilib, oh-voh bilan oʻtdim. Ha...
Ibn Sino va jinni
Bir podshoning Alovuddin degan yaqin qarindoshi bor ekan. Alovuddin asab kasalligiga yoʻliqib, jinni boʻlib qolibdi. Xayolida goʻyo u hoʻkiz boʻlib qolgan ekan. Kecha-kunduz u hoʻkizdek moʻrar va:— Men hoʻkizman, men hoʻkiz, — deb boʻkirar ekan.Uni qancha tabiblar bo...
Johil podsho va Abu Ali
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir podsho bor ekan. Uning bir suyukli xotini va bir qizi bor ekan. Podshoning xotini bedavo dardga chalinib, qattiq kasal boʻlib, yotib qolibdi.Podsho mamlakatning barcha qishloq va shaharlaridan tabiblar chaqirtirib, xotini dardiga...
Ikki tabib
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda Buxoro shahrida kambagʻal Ahmad supurgichi boʻlgan ekan. Uning xotini va bir oʻgʻli bor ekan. Qiynalsa ham er-xotin oʻgʻlini maktabga beribdi. Oʻgʻli odobli, aqlli, zehnli boʻlganidan qiyinchiliklarni yengib, maktabni bit...
Besh jonlini bejon qilgan Bahodir
Bor ekan-da, yoʻq ekan, och ekan-da, toʻq ekan, bir vaqtlar oʻz soyasidan ham choʻchiydigan, chumchuq “pir” etsa, yuragi “shuv” etadigan Bahodir ismli qoʻrqoq bir kishi oʻtgan ekan. Bahodir qoʻrqoqligi ustiga yalqov ham ekan. Uning bu kamchiliklari hammaga maʼlum boʻlg...
Dod
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bundan koʻp yillar ilgari ikkita oʻqimishli ziyrak yigitlar oʻtgan ekan. Ulardan birining ismi Komiljon, ikkinchisiniki Homiljon ekan.Komiljon qorachadan kelgan, oʻrta boʻyli, kirriklari uzun-uzun, kelishgan yigit ekan. Homiljon ha...
Toʻqqiz dangasa
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda oʻnta aka-uka qarindoshlar bor ekan. Ularning toʻqqiztasi dangasa, bittasi abjir, hammasining kasbi aravasoz ekan.Toʻqqiz dangasa shahar bozorining oʻrtasida, bir abjir boʻlsa shaharning bir chetida yashar ekan. Shahar oʻ...
Zulxumor
Bor ekan-da, yoʻq ekan, och ekan-da, toʻq ekan. Qadim zamonlarda yoshini yashab, oshini oshagan bir chol bilan kampir oʻtgan ekan. Ularning husnda yagona, qizlarning sarasi, koʻzlarining oq-u qorasi, bitta-yu bitta Zulxumor ismli qizlari boʻlgan ekan.Zulxumor yoshlik...
Chumchuq
Chumchuq uchib ketayotib yoʻldan bir gʻoʻza topib olibdi. U sevinganidan gʻoʻzani tishlab shoshilganicha bir kampirning oldiga olib boribdi. Gʻoʻzani kampir oldiga tashlab:— Chuv, chiy, chiy,— debdi. Kampir gʻoʻzani chuvib beribdi. Chum¬chuq paxtani olib boshqa bir kampir ol...
Itning javobi
Birov itga aytibdi:— Sen nimaga eski toʻnni qopasan. Yangi toʻnni qopmaysan? It aytibdiki:— Kambagʻal halolxoʻr, men haromxoʻr. Kambagʻal mening dushmanim boʻlgani uchun men uni qopaman. Boylarni qopmasligimning sababi shuki, boy haromxoʻr, men ham haromxoʻr. Shun...
Tegirmonchi
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan bir tegirmonchi boʻlgan ekan. Tegirmonchining ikkita oʻgʻli bor ekan. Oʻgʻillarining kattasi dangasa, ishyoqmas ekan. Kichigi mehnatsevar, pishiq, odobli yigit ekan. Bir kuni tegirmonchi ikki oʻgʻlini yoniga chaqirib :— Oʻgʻillarim, men endi...
Ilonshoh
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir chol boʻlgan ekan. Cholning bir-biridan goʻzal uch qizi boʻlgan ekan. Chol bir kuni bozorga bormoqchi boʻlibdi va qizlariga:— Qizlarim, men bozorga ketyapman, sizlarga nima olib kelay ? — depti.Katta qizi:— Menga ch...
Xotinning yomoni er qaritar
Bir bir ekan, bir yoʻq ekan, bir cholning uch oʻgʻlibor ekan. Ularning toʻngʻichi 750 yoshda, oʻrtanchasi 450 yoshda, kenjasi 250 yoshda ekan.Bir kuni chol oʻz farzandlari bilan toʻyga boribdi. Toʻyda izzat-ikrom qilib cholni toʻrga oʻtqazishibdi. Mezbon cholning yoniga oʻgʻill...
Xasis boy
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir xasis boy oʻtgan ekan. Boyning ot, echki va qoʻylarining hisob-kitobi yoʻq darajada koʻp ekan.Kunlardan bir kuni uning uyiga tugʻishgandan ham yaqin bir doʻsti mehmonga kelibdi.Boy doʻstini yaxshi kutib olibdi-yu, lek...
Bir xotinga bir er
Qadim zamonda bir boyning xizmatkori bor ekan. Xizmatkor yigitning hech kimi yoʻq ekan, uylanay desa, puli — dunyosi yoʻq ekan. Shunday boʻlsa ham elatdagi qizlar uni yaxshi koʻrishar, hurmat qilishar ekan.Kunlardan bir kuni boy oʻtib ketayotsa, hovlisining yonida...
Erni er qiladigan xotin
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir podsho boʻlgan ekan. Uning Mehriniso ismli goʻzallikda yagona bir qizi boʻlgan ekan.Bir kuni podsho xotini bilan ovqatlanib oʻtirgan ekan, xotini oʻzi pishirgan ovqatni maqtab:— Buni qarang, bu dunyoda bundan ham m...
Donishmand xotin
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, burungi zamonda bir savdogar bulgan ekan. U shaharma-shahar savdo qilib yurar ekan. Har yetti yilda bir oʻz shahriga kelar ekan. Har kelganida xotin olar ekan. Chunki savdodan qaytib kelgunicha olgan xotinlari yolgʻizlikdan oʻlib qol...
Oqila qiz
Qadim zamonlarda Xivada bir xon oʻtgan ekan. Bu xon Shovot yopidan Xivaga bir ariq qazdiradigan boʻlibdi. Oʻz qoʻl ostidagi barcha odamlarni ana shu ariqni qazishga haydabdi.Xon koʻp zolim ekan, poshshoplariga:— Kimda-kim ishga bir daqiqa kech qolsa, qirq toziy ur...
Xotinsiz uyni koʻr, qaro yerni koʻr
Qadim zamonda bir boy boʻlgan ekan. Uning bir yaxshi, aqlli xotini boʻlgan ekan. Bir kuni boy xotiniga:— Davlatimda xoʻp davr surayapsanda! Mendan boʻlakka tekkaningda ne kunlarni koʻrarding?— debdi.— Yoʻq, — debdi xotin eriga, — erni er qiladigan ham, qaro ye...
Podsho va dehqon qizi
Bir podsho bor ekan, uning bir vaziri boʻlar ekan, uni podsho juda yaxshi koʻrar ekan. Podsho vazirini uylantirmoqchi boʻlibdi, ammo qizlarning birontasi unga yoqmabdi.Kunlardan bir kuni podsho vaziri bilan sayohatga chiqibdi. Ular bir qishloqqa yaqinlashib qolganid...
Zehnli qiz
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda bir chol bilan kampirning bitta-yu bitta qizi bor ekan. Qizi boʻy yetib, sovchilar qatorlashib kela boshlashibdi. Qiz hech qaysilariga unamas ekan.Bir kuni chol bilan kampir qizlarini daryoning narigi tomonidagi qishloqd...
Podshoning dono qizi
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir podsho boʻlgan ekan. Uning yomon bir xotini bor ekan. Oʻzi tugʻmas ekan, podsho boshqa xotin olay desa qoʻymas ekan. Qitmir, badkirdor ekan. Yuzi oq boʻlsa ham ichi qora ekan, undan koʻplarning koʻngli yara ekan.Podshon...
Dono Zulayho
Oʻtgan zamonda Anvarxon degan bir podsho boʻlar ekan, uning Zulayho degan xotini bor ekan. U donolik olamining malikasi, farosat olamining quyoshi ekan.Bir kuni qoʻshni bir podshodan Anvar podsho huzuriga odamlar kelibdi. Ular:— Sultonimiz sizdan oʻttizta tulk...
Savdogar va qaroqchilar
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir savdogar bor ekan. U uzoq safarga otlanibdi. Yoʻlda bir toʻda qaroqchilarga duch kelibdi. Shunda savdogar qaroqchilar boshligʻiga:— Agar sen mening uyimga borib, xotinimda qoldirgan boshqa narsalarni ham olib kelsang, barcha shar...
Yaxshi ayol — hamisha bahor
Oʻtgan zamonda bir kambagʻal yigit mardikorchilik bilan kun koʻrar ekan. Qiladigan ishi gʻisht quyish va ustalarga gʻisht tashib berish ekan. Shu mehnat orqasida ovqat va kiyim-boshidan orttirib toʻplagan puliga uylanibdi. Uy-joy qilib, xotinini shu mehnat bilan top...
Aqlli qiz
Bir podsho shikordan qaytayotib, tashna boʻlibdi va bir hovli oldiga kelib suv soʻrabdi. Goʻzal bir qiz suv olib chiqibdi. Podsho u qizga:— Kimning qizisan? — debdi.— Dadamning qiziman.— Dadang qayerda?— Ishdalar.Podsho haligi qizning uyiga sovchi yuboribdi, “Nima...
Koʻrpangga qarab oyoq uzat
Juda qadim zamonda, podsholarning qahru gʻazabi oshib-toshgan kezlarda bir gʻarib ona bilan qizi kichkinagina yertoʻlada yashar ekanlar. Ular odamlarning yumushini qilib kun koʻrishar ekan.Kunlardan bir kuni gʻaribgina, juldur kiyimli, yotar yeri qora yer boʻlgan bir y...
Podsho bilan ikki xotin
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir podsho bor ekan. U birinchi xotinining ustiga oʻz vazirining qizini xotinlikka olibdi. Vazirning qizi juda zahar ekan. U hadeganda kundoshi bilan urishaverib, hech kun bermas ekan.Bir kuni ularning urishib turganlari ustiga p...
Olti ahmoq va bir toʻqmoq
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda olti ahmoq va bir toʻqmoq yashagan ekan.Ular birgalashib sabzi ekishibdi. Toʻqmoq ahmoqlardan:— Sabzining ostini olasizlarmi yoki ustinimi? — deb soʻrabdi.Ahmoqlar sabzini birinchi marta ekayotganlari uchun nima deyishni...
Xasislik oqibati
Qadim zamonda bir xasis boy yashagan ekan. Uning uch oʻgʻli bor ekan. Ular ham otasi singari xasis ekan. Mol-u dunyo topishda har qanday razillikdan qaytmas ekanlar.Kunlardan bir kuni mol-dunyo orttirish, boyliklariga boylik qoʻshish maqsadida yoʻlga chiqishibdi. Y...
Tadbirli bola
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda bir kambagʻal chol bilan kampir va ularning uch oʻgʻli bor ekan. Ular juda qashshoq yashar ekan. Kunlardan bir kun chol kasal boʻlib, qazo qilibdi. Bolalarning tarbiyasi yolgʻiz kampirga qolibdi. Kampir qiyinchilik bilan bo...
Saxiy bilan baxil
Kunlardan bir kuni baxil bilan saxiy sahroda sayohat qilib yurishgan ekan. Baxil suv solgan meshining ogʻzini hech ochmabdi, oziq-ovqat solgan xaltasini yechmabdi. Saxiyning suvini ichib, nonini yeb yuraveribdi.Bir kuni saxiyning suvi ham, noni ham sob boʻlibdi. ...
Koʻkka tupursa, betga tushadi
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda bir devona bor ekan.U devona «koʻkka tupursa, betga tushadi», deb aytib yurar ekan. Oʻng koʻzini koʻrsatkich barmogʻi bilan koʻrsatib, «mana koʻrdinglarmi» deb, kulib ketaverar ekan.Shu gapdan boshqani aytmas, hech kim bi...
Hasadgoʻylik
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bitta aka-uka bor ekan. Akasi ukasini hech koʻrolmas ekan. Ikkovlari ham egar yasab sotishar ekan. Akasi kuniga juda koʻp egar yasar ekan-u, lekin ishlab topgan pulini hech barakasi boʻlmas ekan. Ukasi esa bir kunda bitta egar yasar...
Qozi bilan boy
Bor ekanda yoʻq ekan, och ekanda toʻq ekan. Zomin yurtida bir boy bor ekan, uning bir novchasi bor ekan.Kunlardan bir kuni boy bir narsadan jahli chiqib, novchasini haydab yuboribdi. Novcha arazlab Zomin qozisining oldiga boribdi. Qozi:— Ha, nima arzing bor? ...
Omon bilan Yomon
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda ikki doʻst boʻlgan ekan. Birining ismi Omon, ikkinchisining ismi Yomon ekan. Ularning ikkalasi ham oilali, bola-chaqali ekan.Omon toʻgʻri soʻz, kamtar, rahmdil ekan. Yomon esa, yolgʻonchi, baxil ekan, doʻsti Omonning baxt...
Usmon bilan Yoqub
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda bitta chol yashagan ekan. Uning ikkita oʻgʻli bor ekan. Kattasining ismi — Usmon, kichigining ismi Yoqub ekan.Chol:— Oʻgʻillarim, men endi qarib qoldim, endi roʻzgʻor ishi oʻzlaringga qoldi, borib yerni haydab kelinglar, — ...
Qizgʻanchiq it
Bir it bor ekan, juda qizgʻanchiq ekan.Bir kun shu it sheriklari bilan talashib kattakon bir suyakni olib qochibdi. Suv ustidagi yakka choʻpdan oʻtayotsa, suvda bir it ogʻzida katta suyak tishlab, koʻzlarini olaytirib, itga tikilib turgan emish,It:— Ir-ir-ir, — deb t...
Qozi
Oʻtgan zamonda bir er-u xotin boʻlgan ekan, Ular bir-birlari bilan juda ahil yashar ekanlar, uylarida qoʻy-echkilari va tovuqlari koʻp ekan. Roʻzgʻorlari but, oʻzlariga toʻq yashashar ekan.Nima boʻlibdi-yu, er-xotin arzimagan narsaga janjallashib qolishibdi. Keyin ula...
Ayyor bilan sodda
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir ayyor bilan sodda boʻlgan ekan.Kunlardan bir kuni ular safar qilmoq uchun yoʻlga chiqishibdi. Yoʻlda ketayotib, bir xumcha oltin topib olishibdi. Oltinni ikkovi boʻlib olmoqchi boʻlishibdi. Biroq ayyor soddaga oltinlarn...
Aqlli bola
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir er-xotin bor ekan. Ularning bitta-yu bitta oʻgʻillari bor ekan.Bir kuni xotin ogʻir kasal boʻlib, oʻlib qolibdi. Ota-bola juda qiynalib qolishibdi. Oxiri bolaning otasi uylanibdi. Olgan xotini juda yomon ekan, oʻgay oʻgʻlini oʻtir...
Kaltaklangan domla
Qadim zamonda bir kambagʻal er-xotin bor ekan, ularning yolgʻiz oʻgʻillari bor ekan.Kunlardan kun oʻtib bola katta boʻlgach, uni maktabga oʻqishga berishibdi. Bola oʻqib yurganida otasi oʻlib qolibdi. Bola onasining tarbiyasida yura beribdi. Ona oʻgʻlining domlasiga t...
Yaxshivoy bilan Yomonvoy
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir shaharda, bir kunda ikki oilada farzand tugʻilibdi. Birinchisining tugʻilishi xavo aynigan, yomgʻir yoqqan paytga toʻgʻri kelibdi. Shuning uchun unga Yomonvoy deb nom qoʻyishibdi. Ikkinchisi esa yomgʻir tinib, havo ochilib, oftob chiqqan ...
Yoqma — pisharsan, qazma — tusharsan
Qadim zamonda bir saxovatli odam boʻlgan ekan. U odam hamisha elga osh-non ulashar va el xizmatini qilar ekan. Dasht-sahrolarga borsa, qoʻy boqishga yordam berar, daryoga borsa — baliqlarga non-goʻsht tashlab oʻtar ekan.Uning bir oʻgʻli bor ekan. Otasi oʻlib roʻzgʻor ...
Ustamning haqi koʻp
Oʻtgan zamonda bir temirchi boʻlgan ekan. Doʻkoniga bir qozoq kelib, undan:— Temir oʻchoq qancha temirdan yasaladi? — deb soʻrabdi.— Olti pud temirdan boʻladi, — debdi usta.Qozoq temirchiga olti pud temir keltirib beribdi. Usta temirni olovga solaverib ozaytiri...
Yakkadikiltak bilan Toʻqqiztoʻqaltak
Bor ekan-da, yoʻq ekan, och ekan-da, toʻq ekan, bir kampirniig yolgʻiz oʻgʻli bor ekai. Uning oti Yakkadikiltak ekan. Yana bir kampirning toʻqqizta oʻgʻli bor ekan. Ularni Toʻqqiztoʻqaltaklar deb chaqirar ekanlar.Yakkadikiltak Toʻqqiztoʻqaltaklar ham arava yasab, sotish...
Ochkoʻz boy
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda, bir shahri azim chetidagi katta bir koʻlda juda koʻp baliqlar bor ekan. Lekin bu baliqlarni tutib yeyish juda xavfli ekan. Chunki bu baliqlar baʼzi kunlari zaharli, baʼzi kunlari zaharsiz boʻlib qolar ekan. Qaysi ku...
Har kim qilsa, oʻziga
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda bir kampir bor ekan. U kampir boʻz toʻqib tirikchilik qilar ekan. U doim «Har kim qilsa, oʻziga» deb yurar ekan. Hatto boʻz toʻqib oʻtirganda ham shu gapni takrorlayverar ekan. Qoʻni-qoʻshnilari bu kampirni juda yomon koʻr...
Boyning oʻgʻli
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir boy oʻtgan ekan. U boyning kayf-safoga berilgan, erka bir oʻgʻli bor ekan. Otasi qarib, oʻladigan vaqtida oʻgʻlini yoniga chaqiribdi-da:— Yolgʻiz bola — «yalmogʻiz bola» degan ekanlar. Sen hech oʻnglanmading. Tirikligi...
Doʻstlar
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, tulki, baqa va kanalar doʻst tutinishgan ekan. Ular safarga otlanishibdi. U zoq yoʻl yurishibdi. Yoʻlda bir toʻp bugʻdoy topib olishibdi. Uchovi ham «men olaman» deb talashib, janjallashib qolishibdi. Shunda kana:— Menda bir taklif bor, ...
Ikki oʻjar
Ikki doʻst bir kun tuz koniga borish uchun safarga chiqishibdi. Qaytishda daryo boʻyida kelayotgan ekanlar, bir gujumni koʻrib qolibdilar. Bu gujum yum-yumaloq, juda ham chiroyli, xuddi qaychi bilan qirqib, tekislab qoʻyganday ekan. Ulardan biri:— Bu gujumni kim bu...
Zolim xon bilan choʻpon
Oʻtgan zamonda bir zolim, qonxoʻr xon boʻlgan ekan. Xonning qirq xotini boʻlib, bitta ham farzand koʻrmagan ekan. Xon umrining oxirida eng kichik xotinidan bir oʻgʻil koʻribdi.Kundan kun, oydan oy, yildan yil oʻtibdi. Oʻgʻli oʻsib ulgʻayibdi, qomati kelishgan, aqli...
Qaysar odam qismati
Qadim zamonda bir odam bor ekan. U yolgʻiz oʻzi ish axtarib yoʻlga tushibdi. Yoʻlda bir odam uchrab qolibdi, unga:— Yoʻl boʻlsin, oshna, — debdi.— Xudo bersa, moʻl boʻlsin, — deb javob beribdi u.— Yaxshi boʻldi, endi ikkimiz doʻst boʻlamiz, — debdi.Yoʻlda yana bir kishi ...
Ayiq nima dedi
Ikki doʻst oʻrmonda ketayotgan ekan, toʻsatdan oldilaridan bir ayiq chiqib qolibdi va ularga hamla qilibdi. Ulardan biri tezda qochib ketibdi-da, yashirinib olibdi. Ikkinchisi esa qochishga ulgurolmay qolibdi, shunda yerga yotib, oʻzini oʻlikka oʻxshatib, harakatsiz yo...
Ikki savdogar
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bitta boy savdogar bilan bitta kambagʻal savdogar boʻlgan ekan. Ular juda qalin doʻst ekanlar. Kambagʻal savdogar uzoq safarga savdo vaji bilan ketmoqchi boʻlibdi. Qimmatbaho temir buyumlarini boy savdogar doʻstinikida qoldiribdi....
Doʻstlik
Bir kuni Olmaxon daraxtdan-daraxtga sakrayotib, botqoqqa tushib ketibdi. Qancha zoʻr berib urinsa ham, botqoqdan chiqib keta olmabdi. Bechora olmaxon yigʻlab-yigʻlab yordamga chaqira boshlabdi. Kakku qush olmaxonning botqoqda yotganini koʻrib, qanday yordam berishni...
Dushmanning katta-kichigi boʻlmas
Oʻtgan zamonda Yasar mamlakati podshosiga qarashli choʻllardan bir guruh karvon oʻtib kelayotgan ekan. Jaziramada holdan toygan kishilar kechki salqinda bir oz dam olmoqchi boʻlib toʻxtashibdi. Choʻlda sichqonlar koʻp ekan. Shu kuni sichqonlarning malikasi oʻrtoqlari bil...
Ikki echki
Ikki qaysar echki boʻlgan ekan.Kunlardan bir kuni ikkalasi anhor ustidagi yakka choʻp koʻprik ustida uchrashib qolishibdi. Ikkisidan biri yul berishi kerak ekan.— Yoʻl ber! — debdi biri.— Sen yoʻl ber! — debdi ikkinchisi.— Seni deb orqamga qaytamanmi? — debdi bir...
Sabr tagi — sariq oltin
Oʻtgan zamonlarda Boqijon nomli bir yigit yashagan ekan. Uning ota-onasi oʻlib, ulardan bir tanobcha yer qolgan ekan. Boqijon shu yerda kecha-kunduz ishlab, olgan hosili bilan oʻz roʻzgʻorini tebratar ekan. Uning ekinlari ayni pishar chogʻida boylar, sudxoʻrlar suvni...
Sichqonlar tortishuvi
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, ikki sichqon bor ekan. Bu sichqonlardan biri shaharda, ikkinchisi qishloqda yashar ekan.Kunlardan bir kuni bu sichqonlar bir-birlari bilan tanishib qolibdi. Bundan keyin doʻst boʻlishga ahdlashibdilar.Birinchi boʻlib qishloqda yashovchi sichq...
Doʻstlik sinovda chiniqar
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir ku ni barg bilan kesak doʻst boʻlishibdi. Ular bir-biridan ajralmaslikka ahd qilishibdi va ogʻir kunlarda bir-birlariga yordam berishga vaʼdalashibdi.Ular ahil yashay boshlabdilar.Kunlardan bir kun qattiq shamol turibdi.Shamolning ...
Baroqxon
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bitta baroq mushuk bor ekan. U yakka oʻzi katta chinor tagidagi bir uyda yashar ekan.Kunlardan bir kuni mushukning bu yerda yashashini qargʻa bilib qolibdi va buni hamma hayvonlarga aytib qoʻyibdi. Qargʻadan bu gapni eshitgan tipratikan ...
Birlashgan oʻzar, birlashmagan toʻzar
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir koʻr bilan bir shol bor ekan. Bular choʻldagi bir qishloqda yashar ekanlar. Qishloqni falokat bosib, hamma kishloqdan qochib ketibdi. Faqat bu ikki kishi — koʻr bilan sholgina qolibdi. Bular ikkalasi qutulishdan umidla...
Aql bilan baxt
Aql bilan Baxt doʻst boʻlishibdi. Bir kuni ikkisi choyxonaga kirib, choy ichishib, u yoq-bu yoqdan gaplashib oʻtirishsa, koʻchadan bir oʻtinchi oʻtibdi.Aql:— Shu bechoraning ham baxti ochilib, bola-chaqasini bemalol boqadigan kuni bormikan, ogʻayni. Siz shu oʻtinchiga ham bi...
Davlat — ogʻiz birlikda
Qadim zamonda bir boyning uch oʻgʻli boʻlgan ekan. Boy juda badavlat ekan. Boy oʻzining hayotligida oʻgʻillarini uylantiribdi. Katta kelin juda janjalkash, oʻrtancha kelin mol dunyoga hirs qoʻygan, kichik kelin esa juda xushfeʼl ekan. Boy oʻlganidan soʻng, oʻgʻillari o...
Xotinning yaxshi-yomoni mehmon kelganda bilinar
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir er-xotin bor ekan. Er ovchilik bilan shugʻullanar ekan. Uning otasi ulardan uzoqroq joyda yashar ekan.Bir kuni er ovga ketganida birov eshikni taqillatib, «Hazratqul» deb chaqiribdi. Uning xotini eshikni ochmay, ichkaridan turib...
Foydali yolgʻon
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, chol bilan kampir boʻlgan ekan. Ularning ikki qizi va uch oʻgʻli bor ekan. Chol-kampir roʻzgʻor tebratishga juda qiynalar ekan, bolalari esa hali yosh ekan.Bir kuni oʻzlari ham, bolalari ham juda och qolishibdi. «Nima qilsak ekan», deb ...
Qaynona bilan kelin
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, yaqin zamonda bir qaynona bilan kelin boʻlgan ekan. Kampirning oʻgʻli savdogar ekan. Bir kuni yigit safarga ketayotib, bir nechta koʻylarni soʻyib, xotiniga «onamga yaxshi qaragin deb tayinlab ketibdi. Ertasi kuniyoq kelin qaynonasig...
Iskandar bilan boyning qizi
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda bir qishloqda juda ham kambagʻal bir podachi chol boʻlgan ekan. Cholning bitta-yu bitta Iskandar degan oʻgʻli bor ekan. U juda ziyrak, mehnatsevar bola boʻlib oʻsibdi.Qoʻshni qishloqda bir boy yashar ekan. Uning bitta-yu bitt...
Eshmat bilan Toshmat
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda ikki doʻst yashagan ekan. Ulardan birining ismi — Eshmat, ikkinchisiniki Toshmat ekan. Ular oʻrtalaridan qil oʻtmas yaqin doʻst ekan. Ikkovlari ham juda kambagʻal ekan.Kunlardan bir kun ular Xizr yoniga iltimos bilan bor...
Oʻtinchining baxtli xotini
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir podsho bor ekan. Bir xotinini podsho qoʻyib yuborgan ekan.Kunlardan bir kuni podsho oʻzini tanitmay, shu xotinining uyiga kirib boribdi va:— Tangri mehmon oling, — debdi. Xotin eshikni ochib:— Tangri mehmonga eshigimiz ochiq, — d...
Eplik bilan seplik
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda ikki oʻrtoq boʻlgan ekan. Ikkovi ham toʻy qilib uylanishibdi. Ulardan birining xotinining sepi koʻp ekan, uni «seplik kelin» deyishar ekan.Bir kuni ularnikiga oʻrtogʻi mehmon boʻlib kelibdi. Ularninguyi tartibsiz, chan...
Oltin olma
Oʻtgan zamonda ikki qoʻshni yashagan ekan. Biri boy, lekin befarzand, ikkinchisi esa bola-chaqasi koʻp-u, biroq nihoyatda kambagʻal ekan.Bola-chaqasi koʻp kambagʻal qoʻshnining uyi kecha-yu kunduz shovqin-suron, toʻpolon, bagʻir-bugʻur boʻlib, boy qoʻshnisiga hech tinchlik be...
Aql bilan davlat
Bor ekan-da, yoʻq ekan, och ekan-da, toʻq ekan, qadim zamonda, Margʻilon tomonda Aql bilan Davlat boʻlgan ekan. Bir kuni Aql bilan Davlat uchrashib qolishibdi. Ikkovlari bahslashib qolibdilar. Shunda Davlat Aqlga:— Men sendan ustun turaman. Sen boʻlmasang ham, ...
Qoʻshni keldi — koʻmak keldi!
Qadim zamonda bir bechora kambagʻal er-xotin yashar ekan. Ularning ekin ekishga na yerlari, na yeyishga ovqatlari bor ekan. Doim kambagʻalliklaridan nolib yurar ekanlar.Ularning badavlat bir koʻshnisi bor ekan. Qoʻshnisining ularga rahmi kelib, yuz tilla beribdi va...
Teshik danak
Bir zolim podshoning zamonida qaynonalar bilan kelinlar bir-biriga it-mushuk ekan.Oʻsha zamonda bir kampir oʻgʻli, kelini va nabiralari bilan yashab kelgan ekan. Kampir bir hujrada oʻz yirtiq-yamoqlarini yamab oʻtirar, kelinning bergan ovqatlariga, qilgan minnat...
Mehr
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda bir aka-uka boʻlgan ekan. Akasining uchta farzandi bor ekan. Ukasi esa yolgʻiz oʻzi yashar ekan.Bahorda ikkalasi teng sherikka bugʻdoy ekishibdi. Kuz kelibdi, bugʻdoyni yigʻishtirib, akasining uyiga olib kelishibdi, ikkiga...
Oʻgʻri
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir mamlakatning podshosi bor ekan. Uning xazinasiga oʻgʻri tushibdi. Podshoning yasovullari oʻgʻrini qoʻlga tushirishibdi. Podshoning buyrugʻi bilan oʻgʻrini oʻn besh yilga zindonband qilishibdi.Kunlardan bir kuni oʻgʻri yasovul...
Eshagim yosh edi
Xonlarning zulmini, qiyinchilikni koʻp koʻrgan bir kambagʻal yurtga podsho boʻlib qolibdi. Oldiga arzi-dodga kelgan fuqarolarni sipohlar kirishga qoʻymay, ular qaytib ketib qolmasinlar deb, qopugʻ oldiga shildiraydigan temirlarni osib tashlagan ekan. Sal shildira...
Rohatijon
Bir kampirning uch oʻgʻli, bir qizi bor ekan. Hammasi uyli-joyli ekan. Lekin kelinlari kampirga yaxshi qarashmas ekan.Bir kuni katta oʻgʻli onasidan xabar olgani kelibdi. Kampirning «Suv-suv oyimga boraymi, Qum-qumxonnikiga boraymi, alla bolamnikiga boraymi,...
Attang
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir podsho bor ekan. Uning yakka-yu yagona qizi bor ekan.Kunlardan bir kun u boqqa sayrga chiqmoqchi boʻlibdi. Uning oʻz kanizaklari bilan boqqa chiqishini eshitgan qoʻshni yurt podshosining oʻgʻli yashirinib oʻsha boqqa kirib olibdi. Podshonin...
Meros
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda, bir qishloqda Qambar ismli chol yashar ekan.Uning uchta oʻgʻli boʻlib, onalari yoshligida vafot etgan ekan. Qambar oʻgʻillari voyaga yetganida ularni uylantirib qoʻyibdi. Oʻzi esa borgan sari holdan toyib, kuchdan qolib bora...
Nima eksang, shuni olasan
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir chol yashagan ekan. Uning xotini vafot qilgan, chol balogʻatga yetgan oʻgʻli bilan bir oʻzi qolgan ekan.Otasi oʻgʻlini ikki yildan keyin uylantiribdi. Kelini ishyoqmas, qoʻpol ekan. U har kuni arzimagan narsalardan jan...
Har kimning bolasi oʻziga shirin
Oʻtmishda bir dehqonning oʻgʻli boʻlgan ekan. U nihoyatda mehnatsevar, sergʻayrat boʻlgani uchun ertalabdan kechgacha kun qizigʻida oyoq yalang, bosh yalang boʻlib bir yaktakda ketmon chopar ekan. Oʻgʻlini bu holda koʻrgan otasining unga rahmi kelib:— Ey, bolam, kun qizigʻ...
Ota ulugʻ, otadan mehmon ulugʻ
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, Boysun tomonda Murod bobo degan ancha yoshga borib qolgan bir kishi yashar ekan. Murod boboning uchta oʻgʻli boʻlib, kuch-quvvatda hech kim ularga barobar kelolmas ekan. Ular aql-farosatda ham hammaga ibratli boʻlib oʻsishgan ekan. Ularn...
Odil podsho
Qadim zamonda bir podsho oʻtgan ekan. U podsholik qilgan davrda bir kishi bir kishidan yer sotib olibdi. Yer sotib olgan kishi yerni shudgor qilayotganida bir koʻza oltin chiqibdi. U kishi yer sotgan kishiga aytibdi:— Sotgan yeringdan bir koʻza oltin chiqdi, u seniki, ...
Bale, bale, bale
Chol bilan kampirning bir kichkinagina hovlisi bor ekan. Chol shu hovlisiga tarvuz ekib, bir tupini koʻkartiribdi. Tarvuz palak otib gullabdi va bittagina tarvuz qilibdi. U katta boʻlib pishibdi. Tarvuz pishgan vaqtda chol bilan kampir maslahat qilishibdi. «Bu...
Iskandarning shoxi bor
Iskandar Zulqaynarning ikki chakkasida shoxi bor ekan. Qachon sochini oldirmoqchi boʻlsa, sochini olgan sartaroshni birovga aytib qoʻyishidan qoʻrqib, darrov boshini kesar ekan. Iskandarning har sochini olganda bittadan sartarosh oʻlib, sartarosh kamayib ketibdi. Is...
Bola — podsho
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda bir podsho boʻlgan ekan. U doim maqtanib, «dunyoda mendan zoʻr podsho yoʻq» deb yurar ekan.Bir kuni uning yaqin doʻsti saroyga mehmon bulib kelibdi. Podsho doʻstiga:— Dunyoda mendan zoʻr podsho boʻlmasa kerak, — debdi.— Ei ...
Tabib bilan kasal
Bir kishi kuygan nonni yeb, yurak ogʻrigʻi kasaliga uchrab qolibdi va tabibga borib, kerakli dori soʻrabdi.Tabib u kishiga koʻz ogʻriganda quyadigan doridan berib, har kuni koʻziga quyib turishni tayinlabdi.U kishi hayron boʻlib:— Mening koʻzim emas, yuragim ogʻriyapti...
Hamyon
Bor ekan-da, yoʻq ekan, qadim zamonda bir cholu kampir boʻlgan ekan. Ular juda qashshoq yashashar ekan, zoʻrgʻa kunlari oʻtar ekan. Nihoyat qashshoqlik cholning joniga tegibdi va kampiriga shunday debdi:— Ey, kampir, qachon peshonamizning shoʻri arir ekan. Hamma balo sa...
Bulbul
Bogʻbon bogʻda ishlab yurgan ekan. Bir bulbul kelib hadeb sayrayveribdi. Shunda tuzoqni koʻrmagan bulbul daraxtga uchib kelib qoʻnibdi va tuzoqqa ilinib qolibdi. Buni koʻrgai bogʻbon, uni olib tushibdi. Qafas topib kelib, bulbulni solib qoʻyibdi.Bir kuni bulbul ...
Siringni sirtga chiqarma
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda bir kishi boʻlgan ekan. U juda ham hayvonlar tilini oʻrganmoqchi boʻlibdi. Hayvonlar tilini biladigan bitta odam bor ekan. U oʻshaning yoniga iltimos qilib boribdi. U anchagacha oʻrgatishga rozi boʻlmabdi. Hadeb zoʻrlayver...
Oʻjarvoy bilan vafodor it
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir daryoning boʻyida chol bilan kampir yashagan ekan. Ularning yakka-yu yagona, koʻzlarining oqu qorasi, keksayganda koʻrgan erkatoy bir oʻgʻillari bor ekan.U juda ham shoʻx boʻlgani uchun unga Shoʻxvoy deb ism qoʻyishgan ekan. Lekin keyincha...
Til oʻrganmoqchi boʻlganlar
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir zamonlar uch tojik yigiti boʻlgan ekan. Ular ahil doʻst ekan, bir kuni maslahatlashib, oʻzbek tilini oʻrganmoqchi boʻlishibdi. Shu maqsad bilan Oʻzbekistonga yoʻl olishibdi.Ular yoʻlda kelayotganlarida, bir yerda bir toʻda odamlar «biz...
Choʻpon yigit bilan boy
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir boshpanasiz choʻpon bor ekan. U juda qashshoq va kimsasiz ekan. Lekin choʻpon juda mehnatkash ekan, doimo odamlarning ogʻirini yengil qilib, qoʻlidan kelgan yordamini ayamas ekan. Choʻpon taqdir bir kun kelib unga kulib...
Arpa
Bor ekan-da, yoʻq ekan, och ekan-da, toʻq ekan, bir chol-kampir bor ekan. Ular juda kambagʻal ekan. Bir kuni kampir choliga:— Chol, shu, arpa eksangiz, balki bir kunimizga yararmidi, — debdi.Chol ozgina yeriga arpa ekibdi, lekin sal vaqt oʻtmay kasal boʻlib, oʻlib...
Haq hukm
Qadim zamonlarda bir kambagʻal bir boydan oʻn tilla pul qarz olgan ekan. Boy:— Pulimni ber, — deb qistayveribdi. Kambagʻal hech ilojini topolmay:— Pulingni bozordan keyin olasan, agar berolmasam, sonimdan bir qadoq goʻshtimni tilib ola qol, — debdi.Bozorda...
Bogʻ
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir podsho bor ekan. Bir kuni podsho vazirini chaqirib:— Men senga qirq kun muhlat beraman. Shu vaqt ichida katta bir bogʻ paydo qilgin. Men shu bogʻga sayrga chiqaman, — debdi.Vazir uyga kelib qaygʻuribdi, buni koʻrgan qizi otasidan...
Toʻgʻrilik haqida
Qadim zamonda bir podsho boʻlgan ekan. Podsho oʻz saroyiga katta ayvon soldirmoqchi boʻlibdi. Buning uchun turli mamlakatlardan eng yaxshi ustalarni chaqirtiribdi. Ustalar qisqa vaqt ichida juda katta ayvon qurishga kirishibdi. Ayvon bitay deb qolganida bitta chet...
Omonat
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir er-xotin bor ekan. Bir kuni xotini ogʻir kasal boʻlib qolibdi. U yigit xotinini juda ham yaxshi koʻrar ekan. Xotini qazo kilgach, uni koʻmib, goʻrining tepasidak ketmay, xafa boʻlib oʻsha yerda yotaveribdi. Soch-soqollari ham oʻsib k...
Uch nasihat
Bor ekan-da, yoʻq ekan, och ekan-da, toʻq ekan, oʻtgan zamonda bir savdogar yashagan ekan. Uning bitta-yu bitta oʻgʻli bor ekan. Xotini farzand koʻrganidan keyin koʻp oʻtmay oʻlib ketgan ekan. Savdogarning oʻzi ham koʻp vaqt kasal boʻlib yotibdi. Bu vaqt ichida bisoti...
Haq soʻzga zavol yoʻq
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda aka-uka boʻlgan ekan. Ular juda inoq yashashar ekan, lekin nihoyatda kambagʻal ekanlar. Aka-uka oʻzlariga toʻq yashashni, uylanishni orzu qilar ekanlar. Buning turli yoʻllarini oʻylay boshlashibdi.Kunlardan bir kun akasi uka...
Vijdonli yigit
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir chol bilan kampir yashagan ekan. Ularning bitta-yu bitta oʻgʻillari bor ekan. Unga yoshligidan yaxshi tarbiya berishibdi. U aqlli, vijdonli, insofli yigit boʻlib oʻsibdi.Yigit bir kuni qarasa, ariqda bitta qizil olma o...
Podsho, vazir va boyoʻgʻli
Oʻtgan zamonda bir podsho-yu bir vazir boʻlgan ekan. Ular juda zolim, adolatsiz boʻlganidan qashshoq xalq adolatli podsho yurtiga koʻcha boshlabdi. Bu hol podsho bilan vazirni ham tashvishga solibdi.Bir kuni vazir bir daraxtning yonidan oʻtib ketayotib, ikki boyoʻgʻlini...
Podsho bilan vazir
Kunlardan bir kuni podsho bilan vazir yoʻlda ketishayotgan ekan. Yoʻl chetida bir keksa chol juda qarib, bukchayib qolganiga qaramay, qoʻsh haydab yurgan ekan.Podsho bilan vazir unga yaqinlashib qolganlarida otlarini toʻxtatibdilar. Podsho cholga:— Hormang, bobo, yoshl...
Qari bilganni pari bilmas
Oʻtgan zamonda, Xorazm degan tomonda bir podsho yashagan ekan. U doim sayohatga chiqqanida oʻn toʻrt-oʻn besh yoshdagi yigitlarni oʻzi bilan birga olib ketar ekan. Podsho sayohatdan qaytguncha haligi yosh yigitlar ulgʻayib qolar ekan.Kunlardan bir kun podsho safarga chiq...
Aql va boylik
Bir cholning toʻrt oʻgʻli bor ekan. Bir kuni chol: — Oʻgʻillarim, men qarib-qartayib qoldim, — debdi. — Orangizdan bittangiz oila boshligʻi boʻlishingiz kerak. Kimki aqlli va davlatmand boʻlsa, u menga merosxoʻr boʻladi. Har qaysingiz menga aqlli va davlatli ekanl...
Podsho bilan choʻpon
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda bir podsho boʻlgan ekan. U juda ham otlarni yaxshi koʻrar ekan. Shuning uchun ham yurtidagi barcha zoʻr otlarni yigʻib, saroyida otlar uchun maxsus otxona va otboqarlar tayinlagan ekan.Podsho har kuni oʻzi otlardan xabar o...
Zolim xon va ziyrak dehqon
Bor ekanda, yoʻq ekan, qadim zamonda bir zolim xon bor ekan. U oʻzining zolimligi bilan dong taratgan ekan. Xon oʻz yeridan odam oʻtkazmaslik uchun chegaradagi daryo koʻprigiga jallod qoʻyibdi.Koʻprikdan oʻtgan kishidan jallod:— Yoʻl boʻlsin? — deb soʻrar ekan. Agar...
Yolgʻon
Qadim zamonda bir aka-uka bor ekan. Akasi podsho huzurida xizmat qilar ekan, ukasi esa uyda qolar ekan. Akasi gapirganda juda koʻp yolgʻon qoʻshar ekan. Yolgʻon gaplarni rostdek qilib gapirishga usta ekan. Podsho uning hamma yolgʻon gaplariga ishonar ekan. Doim u...
Tentak podsho
Bir tentakka otasidan podsholik meros qolibdi. U tentak gap-soʻzda yoʻq ekan. Biror yigʻilishda gapirmoqchi boʻlsa, maza-bemaza gaplarni gapirib qoʻyar ekan. Bundan vazirlari koʻp oʻsal boʻlishar ekan. Ular bir kuni maslahat qilishib, podshoga shunday deyishibdi:— Ta...
Aqlli, idrokli, zehnli
Oʻtgan zamonda bir boy yashagan ekan. Uning uch oʻgʻli boʻlib, uchalasi ham zoʻr bilimdon ekan.Kunlardan bir kuni moʻysafid ota betob boʻlib yotib qolibdi. U uchala bolasini oldiga chaqirib, nasihat qilibdi:— Bolalarim, agar qazom yetib oʻlsam, bogʻdagi katta uzumnin...
Bek bilan dehqon
Bir dehqon qoʻsh haydab turgan ekan, podshoning qushbegisi ot minib katta yoʻldan oʻtib qolibdy. Dehqonga koʻzi tushib:— Hormang! — debdi.Dehqon eshitsa ham oʻzini eshitmaganga solib, «xoʻsh, jonivor!» deb hoʻkizlarini qaytarib, yerni hayday beribdi. Bek «Qulogʻi ka...
Ikki donishmand
Kunlardan bir sovuq kunda bir podsho bir donishmand chol bilan yoʻlda ketayotsa, bir kishi yer haydayotgan ekan. Shunda donishmand chol haligi kishiga:— Toʻqqizni uchga bermabsiz-da, inim, — debdi. Haligi kishi esa:— Toʻqqizni uchga beray desam, oʻttiz oltilikdan ortm...
Qaysi yerda chivin yoʻq
Burungi zamonda Husayn Boyqaro degan podsho yashagan ekan. U vaziri Sheraliga:— Qaysi yerda chivin boʻlmaydi? — deb savol beribdi. Sherali oʻylanmasdan:— Odam yoʻq yerda chivin boʻlmaydi, — deb javob beribdi.Shunday qilib, bular ikkisi otga minib, odam yoʻq yerlarni...
Bajarib boʻlmaydigan buyruq
Bir podsho vazirini chaqirib, buyuribdi:— Bir imorat qurdirgin. Imoratning tepasi osmonga, tagi yerga tegmasin.Vazir:— Xoʻp, mayli. Men aytganlaringizni bajaraman. Lekin siz ham qovoqqa oʻxshagan yoʻl-yoʻl ochiq savat toʻqiting. Men ishlayotgan joyga shu savatda s...
Donishmand yigit
Qadim zamonda bir podsho oʻtgan ekan. Podsho hukm chiqarishda gunohkor va gunohsizlarni chek tashlash yoʻli bilan aniqlar ekan. Gunohkor deb topilgan odamni podsho oʻz oldiga chaqirib bir qutini koʻrsatar ekan. Uning ichida ikkita qogʻozga, biriga «oʻlim», ikkinchisi...
Aka-uka
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda bir aka-uka bor ekan. Akasi kunda ertalab chiqib ketib, kechqurun qaytar ekan. Ukasi uyda qolar ekan.Bir kuni akasi kechqurun kelganida ukasi:— Aka, siz har kuni erta ketib, kech qaytasiz. Ertaga oʻzingiz bilan me...
Dono dehqon
Kunlardan bir kuni bir kambagʻal dehqon boyga gʻoz olib kelib, evaziga bir oz javdar soʻrabdi. Boy unga:— Sen bilan yetti kishimiz: men, xotinim, ikki oʻgʻlim, ikki qizim. Hammamizga shu gʻozni boʻlib bergin,— debdi.Shunda dehqon oʻylab turib:— Siz shu uyning bosh...
Ilm afzal
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda, Buxorodan uzoqda, Urganch choʻli etagida, Qalayi Mirishkor degan qishloqda bir qariya yashagan ekan. Chol «oʻzim omiligimcha qoldim, qani endi oʻgʻillarim oʻqib odam boʻlsa», deb orzu qilar ekan. Boboning sakkiz oʻgʻli va b...
Hunarliga oʻlim yoʻq
Burungi zamonda bir podsho oʻtgan ekan. Bir kuni podsho bir kambagʻalning qizini olmoqchi boʻlib, sovchi yuboribdi. Sovchilar kelib, podshoning soʻzini qizga aytishibdi. Kambagʻalning qizi sovchilarga:— Podshoga borib aytinglar, olmoqchi boʻlsa, men ham roziman. Leki...
Dangasa chol
Burungi zamonda bir chol bilan kampir boʻlgan ekan. Ularning birgina sigirlari bor ekan. Shu sigirga yem-xashak solish, suv berishga chol-kampir juda erinar ekanlar.Bir kuni chol-kampir bu ishni bir-birlariga buyurib, sansalor qilib, aytishib qolishibdi. Shundan k...
Noqulay maslahatchi
Qadim zamonda Noqulay maslahatchi degan bir kishi boʻlgan ekan. Xalq orasida kimning boshiga mushkul ish tushsa, shu kishini chaqirtirib kelib maslahat soʻrar, uning bergan maslahati bilan ish qilar ekan. Bir kishining jinbir shoxli hoʻkizi bor ekan. Shu hoʻkiz bir k...
Baliq sotuvchi Ahmad
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir qishloqda er-xotin yashar ekan. Xotini aqlli, tadbirkor, eri boʻlsa ahmoqroq, boʻshang ekan. Bechora xotini sahardan to shom qorongʻusigacha ishlar ekan, eri boʻlsa laqillab yurar ekan.Bir kuni xotini eriga:— Birorta ish bilan shugʻul...
Farosatsiz eshak
Bir eshak bor ekan. U oʻzini juda aqlli deb bilar ekan.Kunlardan bir kuni u bir boqqa kiribdi. Qarasa, daraxtlarda mevalar, polizda qovun-tarvuz-u, qovoqlar pishib yotgan emish.Eshak daraxtlardagi mevalarga, polizdagi qovoqlarga qarab, diqqat qilibdi. Shalp...
Parishonxotir
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir parishonxotir odam boʻlgan ekan. Bir kuni parishonxotir xotiniga:— Ertaga saharda turib, sayilga boraman. Kiyimlarimni tayyorlab qoʻygin, — debdi.— Kelishda menga birorta sovgʻa olib keling, — deb iltimos qilibd...
Ota nasihati
Bor ekan-da, yoʻq ekan, och ekan-da, toʻq ekan, bir dehqon oʻtgan ekan. Uning uchta oʻgʻli bor ekan. Uch oʻgʻlidan ikkitasini uylantirib, joylagan ekan. Ular oʻz oilalari bilan alohida boʻlib chiqib ketishgan ekan.Kenja oʻgʻli otasi bilan qolibdi. Otasi ancha keksayi...
Aqlsizga ming soʻz oz
Bor ekan-u yoʻq ekan, bir chol bilan kampir boʻlgan ekan. Ularning bitta-yu bitta oʻgʻli boʻlgan ekan. Bir kuni chol:— Ey kampir, shu oʻgʻilni uylantirsak, sen ham, men ham qaridik, roʻzgʻor ishlarini kelin bajarsa, qanday boʻlardi, — debdi. Kampirga bu gap maʼqul ...
Xoʻja tambal
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir Xoʻja tambal boʻlgan ekan. U shunchalik tambal ekanki, hatto uydan eshikka chiqishga ham erinar, yuz-qoʻlini yuvmas, ish qilmas, yalqovligidan oʻrnidan ham turmas ekan.Ovqatni yer ekan-u, uxlar ekan. Oxiri shunday shishib ketibdiki, ov...
Oʻziga loyiq ish
Kunlardan bir kuni yoʻlda choʻloq, koʻr va kar uchrashib qolishibdi. Bundan keyin doim birga boʻlishga ahdlashibdi. Ular «qanday qilib pul topsak ekan», deb rosa oʻylashibdi. Oxiri boyning yoniga borib, biror yengilroq ish soʻrashibdi.Boy ularning uchoviga ham ish taqs...
Yetti dangasa
Bir kuni yetti dangasa bozorga oʻynagani chiqishibdi. Yurib-yurib qorinlari ochibdi. Ular pul yigʻishib, yettita xurmachada qatiq va yettita non olishibdi. Olgan narsalarini yeyish uchun joy izlashib, bir chekkaga oʻtishibdi. Ular atrofga qarasalar, qoʻllarini yuvish uchun ...
Mashq-da
Bir podsho oʻz xotini bilan ovga chiqibdi. Yoʻlda osmonda bir qushni koʻrib, podsho xotinidan:— Mana shu uchib borayotgan qushni otib tushiraymi? — deb soʻrabdi. Xotini rozilik beribdi. Shunda podsho poylab turib, miltiqdan bir oʻq uzib, qushni urib tushiribdi. Podsho ...
Aqlsizdan nodon maslahat olar
Kunlardan bir kuni Eshchonboyning joʻxorisiga Matchonboyning tuyasi kiribdi. Oʻsha zamonlarda anchayin gapga ham qozining oldiga boraverishar ekan. Tuyani uch kishi tutib turibdi, bir kishi qozining oddiga borib:— Qani, qozi buva, Eshchonboyning joʻxorisiga Matchonbo...
Dangasalar
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir podsho oʻtgan ekan. Bir kuni podshoga, «qishloqning chekka joyida uchta dangasa ochlikdan oʻlay deb yotishsa ham, mehnat qilishni sira ham istamas ekanlar», degan xabarni yetkazishibdi.Podsho odamlariga oʻsha uch dangasani olib kelishni...
Shirin uyqu
Bir odamning uchta oʻgʻli bor ekan. Shu odam oʻlayotganida bolalariga: «Uyquni shirin qilib uxlang, ovqatni shirin qilib yeng», deb vasiyat qilib oʻlibdi. Bu gapni ikkita katta oʻgʻli bir xil tushunibdi, kichik oʻgʻli esa undan boshqacha tushunibdi.Ikkita katta akasi yer...
Har kimning mehnati oʻziga shirin
Bir ota-onaning yakka-yu yagona oʻgʻli boʻlgan ekan. Bola ota-onasining tarbiyasida katta boʻlibdi. Bola voyaga yetgach, otasi oʻgʻlini chaqirib:— Oʻgʻlim, endi katta yigit boʻlib qolding, biror hunar oʻrgangin, xor boʻlmaysan, — debdi. Bola:— Xoʻp, — debdi.Ertasi ishga ...
Noshud chol
Bor ekan-da, yoʻq ekan, och ekan-da, toʻq ekan, bir chol bilan kampir bor ekan. Ularning farzandi yoʻq ekan. Juda kambagʻal yashashar ekan. Bir kuni ikkovlari juda och qolishibdi, yeyishga hech nimalari qolmabdi. Shunda kampir cholni koyib:— Hoy chol, uyda oʻtiraveras...
Kiyik bilan kadi
Bor ekanda yoʻq ekan, och ekanda toʻq ekan. Bir kiyik bor ekan. U kiyikning togʻ kamarida uyasi bor ekan. Uyasining yonida bir terak bor ekan. Bir odam kelib shu terakka kadi osib qoʻyibdi. Kadi shamoldan kunin taraqlab, tunin taraqlab turar ekan. Kadi osilgan...
Qargʻa bilan qoʻzi
Bor ekan, yoʻq ekan, boʻri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qargʻa qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, oʻrdak surnaychi ekan, gʻoz karnaychi ekan, tovuq taq etdi, bilmadim qaqqa ketdi.Bir qargʻa bilan qoʻzi bor ekan. Qargʻa qoʻzi yoniga borib:— Seni yeyman, — debd...
Hiylagar bedana
Bor ekanda yoʻq ekan, bitta zagʻizgʻon boʻlgan ekan. U bir tup doʻlananing tepasiga in qoʻyibdi va beshta bola ochibdi. Bolalari endi uchirma qilishga yaqinlashgan kunlarda undan bir och tulki xabardor boʻlib qolibdi. Tulki zagʻizgʻonga doʻq qilib, bolalarini yeyish pa...
Susambil
Bor ekan-u yoʻq ekan, och ekan-u toʻq ekan, boʻri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qargʻa qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, oʻrdak surnaychi ekan, gʻoz karnaychi ekan.Oʻtgan zamonda bir boy bor ekan. Uning eshagi va bir hoʻkizi bor ekan. Uning yeri koʻp ekan, qar...
Laylak bilan tulki
Laylak bilan tulki doʻst boʻlgan ekan. Qimmatchilik vaqti kelib, ikkisi bola-chaqasi bilan och qolibdi. Bir kun laylak tulkiga:— Tulkiboy, sen uyga qarab oʻtir. Men uchib borib oʻzimizga va bolalarimizga ovqat topib kelay, — debdi.Tulki rozi boʻlib, uyda bola...
Botir echki
Oʻtgan zamonda bir faqir er-xotin boʻlar ekan. Ularning bisotida faqatgina bitta echkisi bor ekan. Echkisiga har kuni bir siqim quruq xashakni berib, yelinlariga mushtlab kuniga bir kosa sut sogʻib olishar ekan. Ularning kunlik ovqati shu bir kosa sut bilan oʻt...
Buzoq, echki va qoʻzi
Bor ekanda yoʻq ekan, bir dangasa bor ekan, hech ishga tobi yoʻq ekan. U hatto shu daraja dangasa ekanki, kunga chiqib oʻtirishni ham xushlamas ekan.Uning birgina xotinidan boshqa hech kimi yoʻq ekan. Bahor kelib, oʻtlar koʻkarib, yozning issiq kunlari kelmasdan bo...
Tulkiboy
Bir kuni tulkiboy changalzorda ovqat qidirib yurib, bir angishvona topib olibdi. Tulkiboy yurib-yurib bir kampirning uyiga kelib qolibdi.Kampirni koʻrib:— Ona, senga shu angishvonani ertagacha qoldirib ketaman, ertalab kelib olaman, — deb chiqib ketibdi. Oʻzi e...
Kampir bilan shaqol
Bir kampir: «Shaqolning dastidan dod!» debdi: Shaqollar keladi har yoqdan xezlab,Tovugʻimning yotgan joyini izlab.Patini yuladi, goʻshtini tuzlab,Bu shaqollar meni harob ayladi.Kechalar qayerda yuradi ulib.Tovuqlarning yotgan joyini bilib,Olib qochar dashtga tomogʻ...
Tulki bilan boʻri
Qadim zamonda bir chol bilan kampir bor ekan. Ularning bir ola sigiri bor ekan. Kunlardan bir kuni chol:— Ey kampir ola qopning unidan, ola sigirning moyidan bir koʻmach qil, — debdi.Shunda kampir ola qopning unidan, ola sigirning moyidan bir katta koʻmach ...
Qumursqa
Oʻtgan zamonda bir kishi safarga chiqqan ekan. Bir soydan oʻtishga toʻgʻri kelibdi. Qish vaqti ekan. Suv muzlagan ekan. Eshakning keyingi oyogʻi muzga toyib, yiqilib beli sinibdi… U kishi xafa boʻlib, muzga qarab shunday debdi:— Ey muz aka, sen oʻzing kimdan zoʻrsan...
Echki, qoʻy va boʻrilar
Bir bor ekan bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir odamning bir echkisi bilan bir qoʻyi boʻlar ekan. U qoʻy bilan echkini rosa boqib semirtirgan ekan. Bir kuni echki egasining «Echkini soʻyib yeymiz», degan soʻzini eshitib, tezda qoʻyining yoniga yetib boribdi-da:— Ey d...
Och boʻri
Bor ekanda yoʻq ekan, och ekanda toʻq ekan, bir och boʻri boʻlgan ekan. Kunlardan bir kuni u don yeb yurgan bir xoʻrozni koʻrib qolibdi. Boʻri xoʻrozni ushlash payiga tushibdi. Xoʻroz qanotini yozib qaq-qaq, deyman deb turgan ekan, boʻri lip etib kelib xoʻrozning qanot...
Qoʻngʻiz bikach
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadimgi zamonda bir Qoʻngʻiz bikach bor ekan. U yolgʻiz yashar ekan. Kunlardan bir kun Qoʻngʻiz bikach erga tegmoqchi boʻlib, yoʻlga chiqibdi. Necha oy, necha kun yoʻl yurib, yoʻl yursa ham moʻl yurib bir sahroda ketayotganda, bir mol boqib yurga...
Chu-chu mekunam
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonlarning birida bir chumchuq boʻlgan ekan. Koʻrmagan joyi, yurmagan yeri yoʻq ekan. Kunlardan bir kuni ovqat izlab yurib, daladan bir koʻsak topib olibdi. Chumchuq oʻzida yoʻq xursand boʻlib, koʻsakni tishlaganicha koʻsak chuvib oʻt...
Qoʻy bilan boʻri
Bor ekan-da, yoʻq ekan, och ekan-da, toʻq ekan, oʻtgan zamonda bir ona qoʻy bilan bir qari boʻri oʻtgan ekan.Qoʻyning toʻrtta qoʻzisi bor ekan. Boʻri qoʻzilarning barra goʻshtlarini yeyish orzusida doim payt poylab yurar ekan, ammo hech ilojini qilolmas ekan. Oxiri boʻ...
Ovchi, Koʻkcha va Dono
I Bir zamonda bir ovchi bor ekan. Bir kuni u dalaga chiqibdi, yerga tuzoq qoʻyib, oʻzi bir pana joyda pusib oʻtiribdi. Bir gala kaptar uchib kelib, chinorga qoʻnibdi, yerga tushib donlamoqchi boʻlibdi. Kaptarlar orasida Koʻkcha degan keksa bir kaptar bor ekan. U k...
Oʻtinchi chol bilan tulki
Bir kambagʻal chol bor ekan. Har kuni choʻllardan oʻtin-choʻp, yantoq terib, eshagiga ortib kelib, bozorda sotar ekan. Har kuni chol choʻlga oʻtinga chiqish vaqtida xotini ikkita chavati qilib berar ekan. Kunlarning birida chol choʻlga ketayotsa, bir tulki yoʻlini toʻsib...
Chivinboy
Chivinboy uchib borib, yantoq ustiga qoʻnibdi. Yantoqning tikani uning tumshugʻiga kiribdi. Chivinning qahri kelib, echki akasining oldiga boribdi:— Echki aka, echki aka, shu yantoqni yesangiz-chi, — debdi.Echki:— Qoch, oʻshanga meni roʻpara qilma! Koʻm-koʻk oʻt, barra may...
Tulki bilan tovus
Ertagiyo ertagi, echknlarning boʻrtagi, qirgʻovul qizil ekan, quyrugʻi uzun ekan, koʻk muzga mingan ekan, muruti singan ekan, gʻoz karnaychi ekan, oʻrdak surnaychi ekan, ola qargʻa azonchi, qora qargʻa qozonchi, chumchuq chaqimchi ekan, toʻrgʻay toʻqimchi ekan, boʻri bakov...
Handalak polvon
Bir podshoning xushroʻy qizi bor ekan. Bir kuni bu qizga ayiqpolvon xushtor boʻlib qolibdi. Qizni qoʻlga tushirishga ancha harakat qilibdi-yu, tushira olmabdi. Kunlardan bir kun ayiqpolvon tulki bilan joʻra boʻlib qolibdi. Tulkiga oʻz sirini aytibdi:— E joʻra, men ...
Boʻri bilan mergan
Bor ekan, yoʻq ekan, och ekan, toʻq ekan, boʻri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qargʻa qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, gʻoz karnaychi ekan, oʻrdak surnaychi ekan, tovuq toq etdi, bilmadim qaqqa ketdi.Bir mergan bor ekan. U mergan ovga chiqibdi. Boʻri uchrab ...
Jovur chol
Bor ekan-da, yoʻq ekan, och ekan-da, toʻq ekan, burungi zamonda chol-kampir bor ekan. Dunyoda farzand yuzini koʻrmay, juda ham kambagʻal yashagan ekanlar. Chol oʻtin sotib, puliga chorak gʻalla olib kun oʻtkazar ekan. Daladan oʻtin tashiy-tashiy orqasi jovur boʻlib ke...
Navoiy bilan yamoqchining oʻgʻli
Oʻtgan zamonda bir yamoqchi boʻlgan ekan. Uning yolgʻiz oʻgʻli boʻlib maktabga qatnar ekan.Bir kun maktabga ketayotib, yigit katta bir boloxonada oʻtirgan chiroyli qizni koʻribdi-da, unga oshiqi beqaror boʻlib qolibdi. Oradan bir necha kun oʻtgach, qiz koʻrinmay qolibd...
Shoir sevgisi
Navoiy yigitlik chogʻlarida bir qizni yaxshi koʻrar ekan. Qizga xat va sheʼrlar yozib, u bilan aloqa qilib yurar ekan. Bir kuni Husayn Boyqaro bu sirdan xabardor boʻlibdi.U «Navoiy oʻzining bu siridan meni ham ogohlantirar, shu toʻgʻrida men bilan maslahatlashar»,...
Navoiy kimni yomon koʻrgan
Kunlardan bir kun, Sulton Husayn, vazirlarining yolgʻon soʻzlariga ishonib, Navoiyni zindonga buyuribdi. Koʻp vaqt oʻtmay, Navoiyning gunohsizligi maʼlum boʻlibdi. Sulton Husayn Navoiyni zindondan chiqarishlarini buyuribdi. Navoiy chiqishga unamabdi. Podshoning qa...
Dunyoda nima lazzatli
Husayn mirzoning qirq vaziri bor ekan. Qirqinchisi Alisher Navoiy ekan. Bir kam qirq vazir Navoiyni Husayn mirzoga yomonlay beribdi. Husayn mirzo Alisherni vazirlikdan boʻshatibdi.Bir kuni Husayn mirzo bir kam qirq vazirdan:— Dunyoda nima lazzatli? — deb soʻ...
Navoiy bilan mardikor
Bir oʻspirin yigit mardikorchilik qilib kun kechirar ekan. U, yurgan yoʻlida odamlar oʻrtasida boʻlgan janjallarni bostirib, birovning aravasi loyga tiqilib qolsa, birgalashib chiqarishib, xalqqa yordami tegib yurar ekan. Bu yigitdagi xislatni koʻrgan Alisher, uni...
Navoiy va Husayn
Alisher Navoiy Husayn Boyqaro saroyida bosh munshiy ekan. Podsho hamma vaqt Navoiyning deganlariga quloq solar ekan. Kunlardan bir kuni Husayn Boyqaro ertalab saroyga kirib ketayotib, Navoiyga qarabdi-da, koʻrsatgich barmogʻi bilan boshini koʻrsatibdi. Navoiy ...
Navoiy bilan choʻpon
Navoiyning yoshligida otasi oʻlib ketgan ekan. Otasi oʻlgandan soʻng oʻz shahrida turolmay, Samarqandga borib, madrasada oʻqibdi.Koʻp qiyinchiliklar bilan oʻqishni tamomlab yana oʻz shahriga qaytibdi. Ot-ulovsiz piyoda yurib, bir necha kun deganda bir toqqa kelibdi. B...
Ibn Sino va tarbiya
Yigit bilan qiz turmush qurishibdi. Oradan toʻqqiz oy, toʻqqiz kun, toʻqqiz soatu toʻqqiz daqiqa oʻtgach, farzand koʻrishibdi.— Bolamizni qanday tarbiya, qilamiz? — debdi ona.— Uni shunday tarbiya qilaylikki, katta boʻlganda el-yurtga foydasi tegadigan boʻlsin, — d...
Yaxshisi ham, yomoni ham til
Kunlardan bir kuni podsho vazirga:— Menga dunyoda eng yaxshi goʻshtdan kabob qilib keltiring, — debdi.Vazir boshi qotib uyiga kelibdi, «eng yaxshi goʻsht qaysi molning goʻshti ekan?»—deb rosa oʻylabdi. U xunob boʻlib oʻtirgan ekan, qizi:— Otajon, nimadan xafasiz, yok...
Til tigʻdan oʻtkir
Oʻtmish zamonda bir mamlakatning podshosi qattiq kasal boʻlib qolibdi. Mashhur tabiblar ham koʻrib uni tuzata olmabdilar. Nigʻoyat, bir donishmand chol podsho qoshiga kelib:— Sher sutini ichsangiz tuzalasiz, — debdi.Podsho jar chaqirtiribdi. Hech bir joydan biror kim...
Hozirjavob vazir
Bir podsho bor ekan. Uning vazirini hamma dono vazir deb hurmat qilar ekan.Bir kuni podsho vazirining donoligini sinamoqchi boʻlib:— Bir yemakka nima yaxshi? — deb savol beribdi.Vazir ham ogʻzidan chiqishi bilan yoqasiga yopishtirgandek:— Tuxum! — deb javob berib...
Otangga qilsang, bolangdan qaytadi
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir chol bilan kampir bor ekan. Ularning yolgʻizgina oʻgʻli bor ekan. Ular oʻgʻlini orzu-havas bilan uylantirishibdi. Oʻgʻil ham farzand koʻribdi. Ular inoq yashay boshlabdilar. Nabira olti yoshga kiribdi. Chol bilan kampir esa, juda qarib...
Ota vasiyati
Bor ekan-da, yoʻq ekan, qadim zamonda bir kambagʻal dehqon oʻtgan ekan. Uning hovlisida bir tup toki bor ekan, shu tokdan olgan hosilni sotib qishin-yozin tirikchilik qilar ekan. Bir kun dehqon betob boʻlib yotib qolibdi. Shunda u yolgʻiz oʻgʻlini yoniga chaqirib bu...
Tan-sihatlik — tuman boylik
Oʻtgan zamonda bir qashshoq donishmand cholning oldiga kelib:— Ota, yeyishga nonim, kiyishga kiyimim yoʻq, juda qiynaldim, nima qilishimni bilmay qoldim. Endi qayerga borib dod desam ekan? — debdi. Chol:— Sen kambagʻalmisan? — desa, u:— Ha, bola-chaqalarim va oʻzim...
Er-xotin va oʻgʻrilar
Bir kuni kechasi er-xotin choy ichib oʻtirishgan ekan, oʻgʻrilar tomda dupurlab yurib qolishibdi. Buni sezgan uy egasi, xotiniga:— Choyni shopir, Shomurodga ber, toʻrdagi toʻrttoviga ber, adandagi oltisiga ber, oʻzing ichib menga ber, uxlab yotganlar baloni ichsin! —d...
Lopchi
Toshkentda bir lopchi bor ekan. U oʻzini birdan-bir lopchi deb bilar ekan. U bir kuni Qoʻqonda ham bir katta lopchi borligini eshitibdi. Uni mot qilib kelish uchun Qoʻqonga joʻnabdi. Qoʻqonga borgach, lopchining uyini qidirib topibdi. Eshikni taqillatibdi. Lopchi uy...
Yetti ahmoq
Bir kuni yetti ahmoq bozorga oʻynagani chiqishibdi. Yurib-yurib qornilari ochibdi. Ular pul yigʻishib yettita xurmacha qatiq va yettita non olishibdi. Endi olgan narsalarini yeyish uchun joy izlashib, bir chekkaga oʻtishibdi. Ular atrofga qarasalar, qoʻllarini yuvish uchun ...
Soqi mumsik bilan Boqi mumsik
Bir zamonda Soqi mumsik bilan Boqi mumsik degan ikki kishi yashagan ekan. Ular oʻtaketgan mumsik ekanlar. Bir-birlariga suvni ham ravo koʻrmas ekanlar.Bir kuni Soqi mumsik Boqi mumsiknikiga mehmon boʻlib boribdi. Borsa, Boqi mumsikning xotini non yopayotgan ...
Ikki ahmoq
Bir otliq kishi machitning oldidan oʻtib ketayotib, oʻtirgan ikki kishiga salom beribdi. Ikkalasi birdan alik olibdi. Otliq ketgandan keyin ikkala oʻtirgan talashibdi.Biri: «Nega sen alik olding? U salomni menga berdi-ku», deganda ikkinchisi turib: «yoʻq, u sa...
Arab laqqi
Qadim zamonlarda Buxoroning bir podshohi boʻlib, uning molu dunyosi koʻp ekan. Farzandlari ham ancha ekan. Podsho kayfu safoni, oʻyin-kulgini yaxshi koʻrar, uning saroyida sonsiz hofizlar, cholgʻuvchilar, qiziqchilar ham bor ekan. U, biror joyga borguday boʻlib qol...
Noshud bola
Sagʻir boʻlib momomning qoʻlida qoldim. Momomning uchta buzogʻini boqib yurdim. Uning bittasini boʻriga oldirib yubordim. Momom urdi, qochib borib Boymoqli degan qishloqda bir kampirning echkisini boqdim. Bir kun kampir:— Echkilar sut bermay qoldi, men boqayin, ...
Xafa boʻlish yoʻq-a
Boltaboy akasi Teshaboyni ochlikdan oʻldirgan zolim boydan oʻch olish uchun boyning hovlisiga qarab yoʻl olibdi. Boy bir necha kundan beri xizmatkor qidirib, topolmay xafa boʻlib oʻtirgan ekan. Boltaboyni koʻrishi bilan sevinib ketibdi. U Boltaboy xizmat soʻrab ke...
Domla bilan xizmatkor
Bir domlaning xizmatkori bor ekan. Domla xizmatkoriga:— Shu hoʻkiz qoʻshga yaramay qoldi, bozorga olib borib sotib kel, — debdi.Xizmatkor hoʻkizni yetaklab bozorga borayotganda bir daraxtdagi sassiqpopushak «pop-pop» debdi.— Ha, uka, hoʻkiz olasanmi? — debdi x...
Uch koʻknori
I Bir koʻknorixonaga doim uchta koʻknori qelib, koʻknori ichib turar ekan. Birining oti Oʻsar koʻknori, ikkinchisining oti Madamin koʻknori, uchinchisining oti Qoʻchqor koʻknori ekan. Uchalasi juda kambagʻal, tirikchiligini zoʻrgʻa oʻtkazar ekan. Kunlardan bir kun Oʻsar...
Savdogarning taxmini
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir mamlakatda bir savdogar boʻlgan ekan. Uning juda chiroyli bir xotini boʻlib, hamma vaqt savdogarga shunday der ekan:— Men, odam bolasi u yoqda tursin, osmondagi quyoshga ham koʻrinmayman.Savdogar xotinining gapiga hamma vaqt i...
Xoʻjamurod
Bor ekan, yoʻq ekan, och ekan, toʻq ekan, boʻri bakavul ekan, tulki yasovul ekan, qargʻa qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, gʻoz karnaychi ekan, oʻrdak surnaychi ekan, tovuq qaq etdi, bilmadim qaqqa ketdi.Oʻtgan zamonda bir cholu bir kampir boʻlgan ekan. Cholu kam...
Osma savat
Qadim zamonda bir savdogarning erka oʻgʻli bor ekan. Bola otasi hayot vaqtida uydagi yaxshi-yaxshi narsalarni koʻchaga chiqarib, oʻzining doʻstlariga berar, ularni kunda ziyofat qilib yurar ekan. Qazo ajal oʻqini otib, savdogarni olib ketibdi. Hovlida savdogarning ...
Kenja oʻgʻil
Bir chol bor ekan. Uning uchta oʻgʻli bor ekan. Bir kun chol oʻlibdi. Choldan bolalariga uchta narsa: keli, kelisop, narvoncha qolibdi. Katta oʻgʻli, kelini, oʻrtanchasi kelisopni, kichigi narvonchani olibdi. Kichik oʻgʻil narvonchani koʻtarib yetti kunlik yoʻlga tushibdi....
Kambagʻal qurandoz
Bir podsho bor ekan, uning bittayu bitta oʻgʻli bor ekan. U yoshligidai birovga qoʻshilmas, hech kim bilan gaplashmas ekan. Katta boʻlib, balogʻatga yetgach, yosh yigitlar bilan dalayu dashtga chiqib, ov qilib yuradigan boʻlibdi. Kunlardan bir kun podsho toʻrt yuz qurandozn...
Mulla Tappak
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir chol bilan kampir bor ekan. Ularning turmushi juda ham xarob ekan. Bir vaqtga kelib chol bilan kampir uch kun och qolibdi. Kampir ochligiga chidolmay, qoʻshnisinikiga chiqib, qornini toʻygʻazib eri esiga tushib, bir burda non olib ...
Ahmoq podsho
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir kambagʻal odam bor ekan. Peshonasida bittagina uyi boʻlib, u ham qulab tushgan ekan. Kambagʻal koʻp mashaqqatlar bilan qaytadan uy solibdi. Tomiga bordon yopib, yarmini tuproq bilan bostirgandan keyin qolgan yarmin...
Andijonlikning hikoyasi
Men oʻzim andijonlikman. Yoshim oʻn yettiga yetganda otam: «Yoshing yetib, beling qotdi, oʻgʻlim, ovqatingni oʻzing oʻtkazishga qodirsan», deb meni shu shahardagi bir boyga xizmatga berdi. Taqdirga tan berib boyning eshigida ertadan-kechgacha tinmay xizmat qila boshladi...
Navroʻz qaroqchi
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan. Navroʻz qaroqchi degan bir oʻgʻri bor ekan. Navroʻz qaroqchi oʻgʻrilikka shunday berilib ketgan ekanki, agar biror kecha, biron bir narsani oʻgʻirlay olmay qolsa qoʻshnisining kosovini ugʻirlab chiqar ekan. Qanchalik oʻgʻrilik qilmasin, bari...
Hunarli yigit
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir shaharda bir chol bilan kampir bor ekan. Ularning Mamatboy degan bitta-yu bitta oʻgʻli bor ekan.Kampirning ota meros bir hovlisi bor ekan. Chol-kampir bu hovlini uch yuz tillaga sotishibdi va maslahatlashib oʻgʻlini ...
Tuhmat
Bor ekan, yoʻq ekan, och ekan, toʻq ekan, qadim zamonda, Buxoro shahrida Xondarxon degan podsho oʻtgan ekan. Podshoning vazirlari ichida Qosim jallod degan bir vazir bor ekan. Podsho uning soʻzini eʼtiborga olar ekan.Muhammadjon degan bir yigit orzu-havas bila...
Dono xotin
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir podsho boʻlgan ekan. Uning yomon bir xotini bor ekan. Oʻzi tugʻmas ekan, podsho boshqa xotin olay desa qoʻymas ekan. Qitmir, badkirdor ekan. Yuzi oq boʻlsa ham ichi qora ekan, undan koʻplarning koʻngli yara ekan. Podsho...
Oyjamol bilan kal
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir podsho boʻlgan ekan. Podshoning juda ham chiroyli, dunyoda tengi yoʻq Oyjamol degan qizi bor ekan. Kundan kun, oydan oy oʻtib, Oyjamol voyaga yetibdi, koʻp yerlardan sovchilar kela boshlabdi.Oyjamol kelgan sovchining h...
Savdogar bilan podachi
Bor ekan-da, yoʻq ekan. och ekan-da, toʻq ekan, bir savdogar bor ekan. U har yili ikki marta qalʼaga borib kelar ekan. Oʻzi koʻp katta savdogar ekan, qirq savdogarga bosh ekan. Kunlardan bir kun savdogar: «Bu kun qalʼaga joʻnaymiz», deb boshqa savdogarlarga ...
Tuhmatga uchragan kelin
Oʻtgan zamonda Tutjar qishlogʻida bir xasis boy yashagan ekan. Uning davlati, moli mulki koʻkka sigʻmas ekan, biroq qoʻli qattiqlikda tengi yoʻq ekan. Boyning kambagʻal, oʻz mehnati bilan kun koʻruvchi bir gʻarib ukasi bor ekan. Boy ukasiga hech qanday yordam bermag...
Donishmand choʻpon
Oʻtgan zamonda bir podsho boʻlgan ekan. U hamma narsadan ham otni yaxshi koʻrar ekan. Kunlardan bir kun, podsho otxonaga kirib qarasa, otlari ancha oriqlab qolgan emish. Podsho otboqarini chaqirib:— Otlar nima uchun oriqlab qoldi? — deb soʻrabdi. Otboqar podshonin...
Aldarkoʻsa va boy
Bir kuni Aldarkoʻsa yoʻlda ketayotsa, uning oldidan boy chiqib qolibdi. U Aldarkoʻsaga:— Hoy Aldarkoʻsa, qani meni bir aldab koʻr-chi, qoʻlingdan kelarmikan? — debdi. Aldarkoʻsa qarasa boy juda takabbur koʻrinadi. Aldarkoʻsa «buni qanday qilib aldasam ekan, quru...
Axmoq podshoning dono xotini
Bir xotinini Podsho qoʻyib yuborgan ekan. Kunlardan bir kuni podsho oʻzini tanitmay shu xotinining uyiga kirib boribdi.— Tangri mehmon oling, — debdi. Xotin eshikni ochib:— Tangri mehmonga eshigimiz ochiq, — deb podshoni kutib olibdi. Podsho xotindan:— Bu uyda yo...
Kanizak bilan podsho
Podshoning qirqta xotini bor ekan. Ularning ichida Sarvigul degani juda chiroyli ekan. Uni podsho hamma xotinlaridan koʻproq sevar ekan. Kunlarning birida malika oʻzining ismi goʻzalligiga mos emasligi toʻgʻrisida podshoga shikoyat qilibdi. Shunda podsho: «Agar bu...
Dehqon
Bir dehqon qoʻsh haydab turgan ekan, podshoning qushbegisi ot minib katta yoʻldan oʻtib qolibdi. Dehqonga koʻzi tushib:— Hormang! — debdi.Dehqon eshitsa ham oʻzini eshitmaganga solib, «xoʻsh, jonivor!» deb hoʻkizlarini qaytarib, yerni hayday beribdi. Bek: «Qulogʻi k...
Eng katta zulm
Bor ekan, yoʻq ekan, bir podsho bor eqan. Uning bitta-yu bitta qizi bor ekan. Kunlarning birida podshoning xotini vafot etibdi. Undan bitta tilla kovush qolibdi. Podsho mamlakatga jar soldiribdi: «Ushbu tilla kovush kimga toʻgʻri kelsa, podsho oʻshani xotinlikka ...
Boʻz bola
Bor ekanu yoʻq ekan,Och ekanu toʻq ekan.Boʻri bakovul ekan,Tulki yasovul ekan,Qargʻa qaqimchi ekan,Chumchuq chaqimchi ekan.Koʻchmanchilik zamondaAtoqli boy bor ekan.Sevib olgan yoridanSevinchogʻi yoʻq ekan.Davlat desang hisobsiz,Yilqi, qoʻyi sanoqsiz.Shuncha davlatda, es...
Toʻlgʻonoy
Oʻratepa begi xalqdan oq uylikka qoracherik — odam soʻrabdi. «Qoʻqon bizning ustimizga hujum qilib kelmoqchi emish. Biz oʻz gʻamimizni yeylik», deb xalqqa xabar qilibdi. Oʻratepa begi qoracherik soʻraganda qirq urugʻdan soʻrabdi, boʻlagi unga tobe emas ekan, bermab...
Yamoqchining qizi va podshovachcha
Bor ekan-da yoʻq ekan, och ekan-da toʻq ekan. Qadim zamonda, Misr degan tomonda bir podsho boʻlgap ekan. U podshoning bitta-yu bitta oʻgʻli bor ekan. U oʻn yetti yoshga kirganida otasi oʻlib, oʻrniga podsho boʻlibdi. Vazir-vuzarolar hammasi yigʻilib, podshovachchaga:— Ey...
Podshoning mot boʻlishi
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir podsho boʻlgan ekan. Podshoning oʻng qoʻl vazirining oti Hasanumaymanoz, chap qoʻl vazirining oti Paxtak ekan. Ikkovining bir-birini koʻrgani koʻzi, otgani oʻqi yoʻq ekan. Doim Paxtak vazir Hasanumaymanoz vazirni yoʻ...
Uch avliyo
Bor ekan-da, yoʻq ekan, och ekan-da, toʻq, ekan, juda qadim zamonlarda Davlatshoh degan bir podsho bor ekan. Bu podshoning esi pastroq bir oʻgʻli bor ekan. Kundan-kun, oydan-oy oʻtib, bola yigirma besh yoshga kiribdi. Lekin aqlda yoshiga yetmabdi. Podsho ancha qarib,...
Dono qiz
Qadim zamonda bir podsho oʻtgan ekan. Kunlardan bir kun podsho oʻz eliga ikkita savol beribdi.— Shirindan shirin nima? Achchiqdan achchiq nima?Podsho bu savolni yechish uchun odamlarga qirq kun muhlat beribdi: «Agar hech kim savolni yecha olmasa, yurtga qirgʻin solaman»...
Dono yigit va uning qayligʻi
Bu ertakni men bir bedanabozdan eshitganman. Bedanaboz ham bir bedanabozdan eshitgan ekan.Bir dono, oʻqigan, oqu qorani tanigan, lekin uylanmagan bir odam bor ekan. Doʻstlari unga:— Birodar, nega uylanmaysan, yoshing anchaga borib qoldi-ku? — debdilar. Ular...
Yaxshi niyat — yarim davlat
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, niyati buzuq, hammani oʻzidan bezor qilgan bir oʻgʻri bor ekan. U oʻgʻirlikdan topgan pulini karta oʻynab yutqazar, hamma vaqt yolgʻonni doʻndirib, kishilarni aldab ketar ekan. Bir vaqt uning ishi yurishmay qolibdi. Qarasa, hamma oʻzini u...