← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
Hayvonlar haqidaBolalar uchunMehr-oqibatAdolatTabiatOilaTijorat

Qargʻa, bugʻu, boʻri

518 soʻz

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qargʻa qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, uzoq oʻtgan zamonda qalin oʻrmonda qargʻa bilan bugʻu doʻst boʻlib yashagan ekan. Kunlarning birida boʻri bugʻuga duch kelib debdi:— Bugʻujon, kel, doʻst boʻlaylik, birga-birga yashaylik.Bugʻu aytibdiki:— Xoʻp, boʻriboy, xiyonat qilmasang doʻstlashamiz, — debdi. Boʻri vaʼda beribdi.Ana shundan soʻng boʻri bilan bugʻu inoq doʻst boʻlib yashayveribdilar. Bu voqeani eshitgan qargʻa bugʻu oldiga uchib kelib, debdi:— Bugʻujon, bu nima qiliq?

Boʻridan hech qachon doʻstlik chiqmaydi. U bilan zinhor osh-qatiq boʻlmagin. U shunaqa ablah yirtqich, ayyorki, bir kun aldab, yeb qoʻyganini bilmay qolasan. U oʻzidan yuz karra katta tuyani aldab, burnidan tishlab, choʻktirib, sheriklari birpasda yorib yeyaveradi. Eshakmi, hoʻkizmi, qoʻy-echkimi boʻlsin, aldabgina, dumini likillatibgina oldiga borib olguncha, soʻngra gippa boʻgʻib olib yeb qoʻyadi.Ammo bugʻu qargʻaning nasihatlariga eʼtibor bermay, u bilan oʻynab-kulib yuraveribdi.

Bir kuni boʻri bugʻu tomonga borayotganida oʻrmonning qalin, oʻt koʻp oʻsgan yerida qopqon qoʻyilganini koʻrib qolibdi-da, oʻzicha oʻylabdi: “Ana endi omadim keldi, bugʻuni aldab, bu yerga olib kelaman, qopqongaki ilindi, vassalom, uni yeyman. Baribir, mendan koʻrmaydi”. Boʻri shulami oʻylab, bugʻuni izlab topibdi va debdi:— Bugʻujon, oʻrmonning bir oʻtloq yerini koʻrdim, juda mazza joyda oʻziyam. Bir necha kun toʻyib oʻt yeysan. Yur men bilan.Bugʻu boʻridan xursand boʻlib, unga ergashib boribdi.

Hiylagar boʻri uni kichik soʻqmoqdan ergashtirib, toʻgʻri qopqon qurilgan yerning ustidan olib kelibdi. Bugʻu jonivor shirq etib, qopqonga tushib qolibdi-da, maʼray boshlabdi:— Boʻriboy, boshimga musibat tushdi, bolalarim yetim boʻldi, menga yordam ber, doʻstmiz-ku axir. Doʻst doʻstga xiyonat qilmasligi kerak. Boʻri uzoqdan uvullab debdi:— Ey bugʻu, har kimga ham oʻz joni shirin. Qopqonning egasi kelsa, meni sogʻ qoʻyadimi, qoʻrqqanimdan bu yerga kelib, yashirinib yotibman.

Ammo boʻri oʻzicha oʻylabdi: “Qopqonning egasi kelib, bugʻuni soʻyadi, men mazza qilib yeb yuraman”.Ana endi, bugʻu dod solib yotaversin, boʻri uning goʻshtiga xumor boʻlib, poylab turaversin, buyoqdagi hangomani qargʻadan eshiting. Qargʻa oʻsha kechasi bilan poylab chiqibdi, ammo bugʻudan darak boʻlmabdi. Erta tong otishi bilan qargʻa uchib kelibdi, qarasa, bugʻu qopqonga ilinib, madordan ketib yotibdi. Qargʻa soʻrabdi:— Ey, doʻstginam, seni qaysi jallod bu ahvolga soldi? Bolalaring yigʻisiga shu kecha chiday olmadim.

Tong otishini kutib, mana yetib keldim.Bugʻu debdi:— Ey qargʻajon, sen soʻramagin, men aytmayin. Doʻstingdan top degani rost ekan. Noqobil boʻri bilan doʻst boʻlib, shu ahvolga tushib qoldim. Yaxshi oʻtloq yerga olib boraman, deb meni shu yerga olib keldi. Niyati nopok, hiylagar ekan, xazon boʻlgur.

Endi menga rahm qil, yordam berib, ajal domidan xalos etgin.Qargʻa debdi:— Doʻstim, yomon bilan doʻst boʻlmagin, dedim, boʻridan doʻstlik chiqmaydi, dedim, sen uning hiylasiga tushding.

Endi gap bundoq, hali zamon sayyod keladi, sen yonboshingga agʻdarilib, oʻlik holiga tushib yotgin, men yaqin daraxtga qoʻnib, poylab turaman, sayyod, e, bu oʻlibdi, deb seni boʻshatadi, men qagʻillayman, sen turasola qochasan. Qulay yoʻli shu!

— Xoʻp, — deb sayyodni kutib yotibdi bugʻu. Qargʻa daraxtga qoʻnib oiiraveribdi. Boʻri boʻlsa hamon bugʻu goʻshtini orzu qilib yotgan emish. Bir vaqt sayyod kelib qarasa, qopqonga ilingan bugʻu choʻzilib yotibdi.“Ey, bu jonivor oiib qolibdi”, — deya bugʻuni boʻshatib, bir yoqqa tashlabdi, shu payt qargʻa ikki-uch qagʻillagan ekan, bugʻu turasola sakrab-sakrab qocha boshlabdi. Bugʻuning hiyla qilganini koʻrgan sayyod xanjarini sugʻurib otibdi, xanjar boʻgʻiga emas, uni poylab yotgan boʻrining koʻksiga tegibdi, boʻri til tortmay oʻlibdi. Qargʻa bilan bugʻu doʻst boʻlib yashab, murod-maqsadlariga yetibdilar.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!