← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
IbratliBolalar uchunQisqa

Lopchi

132 soʻz

Toshkentda bir lopchi bor ekan. U oʻzini birdan-bir lopchi deb bilar ekan. U bir kuni Qoʻqonda ham bir katta lopchi borligini eshitibdi. Uni mot qilib kelish uchun Qoʻqonga joʻnabdi. Qoʻqonga borgach, lopchining uyini qidirib topibdi. Eshikni taqillatibdi. Lopchi uyida yoʻq ekan. Ichkaridan bir qiz chiqib:— Dadam uyda yoʻq, nima ishingiz bor edi?

— deb soʻrabdi.

— Ha, men Toshkentdan otangizni ziyorat qilish uchun keldim. Otangizga sovgʻa qilib bir guldor gilam ham olib kelgan edi.

Shu gilamning bir cheti vokzalda, bir cheti shu yergacha yetadi.

Shuni qabul qilib oling, — debdi. Qiz:— Ha, juda yaxshi, mayli, keltira qoling. Bizning ham bir gilamimiz bor edi. Yaqinda choʻgʻ tushib kuyib qoldi.

Shunga yamoq boʻlar, — debdi.Buni eshitgan toshkentlik lopchi:— Hali qizi shunday lopchi boʻlsa, otasini koʻrib nima ham qildim, — deb oʻz shahriga qaytib ketgan ekan.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!