← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
IbratliMehr-oqibatQisqa

Doʻstlar

142 soʻz

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, tulki, baqa va kanalar doʻst tutinishgan ekan. Ular safarga otlanishibdi. U zoq yoʻl yurishibdi. Yoʻlda bir toʻp bugʻdoy topib olishibdi. Uchovi ham «men olaman» deb talashib, janjallashib qolishibdi.

Shunda kana:— Menda bir taklif bor, bunaqa qilib janjallashib oʻtirguncha, uchovimiz uch tomonidan yeya beraylik, bir qishga uchalamizga ham bemalol yetadi, — debdi. Tulki:— Bunaqasi boʻlmaydi, yugurish qilamiz. Kim avval yetib kelsa, oʻsha hammasini oladi, — debdi.Keyin uchovi yugurmoqchi boʻlib turganlarida, kana bildirmasdan tulkining dumiga yopishib olibdi. Tulki Toʻgʻaloq — yumaloq yugurib kelib «men keldim» desa, undan burun kana chiqib «men keldim» debdi. Baqa esa, vaqillab, orqada qolib ketgan ekan.

Uch marta shunaqa yugurish qilishsa ham, har safar kana birinchi boʻlib «men keldim» deyaveribdi.Keyin tulki bilan baqa kanani oʻrtaga olib, taqsimlashni rosa yalinib soʻrashibdi. Kana rozi boʻlibdi. Uchovlari uch tomondan yeya boshlashibdi. Aytishlariga qaraganda, hali ham tamomlamagan ekanlar.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!