← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
IbratliBolalar uchunSehrliQisqa

Ayyor bilan sodda

247 soʻz

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir ayyor bilan sodda boʻlgan ekan.Kunlardan bir kuni ular safar qilmoq uchun yoʻlga chiqishibdi. Yoʻlda ketayotib, bir xumcha oltin topib olishibdi. Oltinni ikkovi boʻlib olmoqchi boʻlishibdi.

Biroq ayyor soddaga oltinlarni berishni xohlamabdi-da, soddani aldash yoʻliga tushibdi. Ayyor soddaga shunday debdi:— Agar biz oltinlarni shaharga olib kirsak, kishilar bilib qolib, oltinlarni tortib olishadi. Yaxshisi ularni koʻmaylik-da, kerak vaqtida, oz-ozdan, olib sarflaylik.Shunda sodda bunga koʻnibdi. Oltinni koʻmibdilar.Kunlar oʻtib, soddaga oltin kerak boʻlib qolibdi. Buni ayyorga kelib aytgan ekan, ayyor:— Menga ham kerak edi, — debdi.

Shunda ikkisi birga oltin koʻmilgan joyga borib qarasalar, koʻmilgan oltin yoʻqmish. Ayyor oltinni oʻzi oʻgʻirlab, berkitib qoʻygan ekan.

Lekin shunga qaramasdan, soddaga tuhmat qilibdi.

Shundan soʻng, ikkisi qozi oldiga borishibdi. Butun voqeani qoziga aytib berishibdi. Qozi ayyorning gapiga ishonmabdi.

— Biz oltinni daraxt ostiga koʻmganmiz, ishonmasangiz oʻsha daraxt guvohlik beradi, — debdi ayyor, keyin uyiga kelib, qari otasiga:— Siz guvoh boʻlasiz, — debdi. Otasi unga unamabdi. Ayyor, otasiga yalinib yurib, oxiri uni ichi poʻk daraxt ichiga kirgizib qoʻyibdi. Sodda qozini yetaklab daraxt tagiga boribdi.

Shunda qozi soʻrasa, daraxt ichidan:— Oltinni qoʻygan odam olib ketgan, — degan ovoz kelibdi, Shunda qozi, «bu daraxt ichida shayton borga oʻxshaydi», deb daraxt tagiga oʻt qoʻydiribdi. Oʻt yoqilgach, daraxt ichidagi chol «dod» solib:— Meni qutqaringlar, meni oʻgʻlim majbur qilgan, — deb baqiribdi, oʻtni oʻchirishibdi cholni olib chiqsalar, u oʻlib qolgan ekan.Qozi soddaga oltinlarning hammasini beribdi.

Shunday qilib, ayyorlik bilan «oltinni olaman» degan ochkoʻz ayyor, oʻz otasidan ham, oltinlardan ham ayrilib qolgan ekan.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!