← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
DonishmandlikBolalar uchunSehrliPodsholarDehqonlarMehr-oqibatAql-zakovatOilaTijorat

Aql bilan baxt

518 soʻz

Aql bilan Baxt doʻst boʻlishibdi.

Bir kuni ikkisi choyxonaga kirib, choy ichishib, u yoq-bu yoqdan gaplashib oʻtirishsa, koʻchadan bir oʻtinchi oʻtibdi.Aql:— Shu bechoraning ham baxti ochilib, bola-chaqasini bemalol boqadigan kuni bormikan, ogʻayni. Siz shu oʻtinchiga ham bir qiyo boqib qoʻying, — debdi.Baxt:— Shu kambagʻal ham oʻz baxtini topsin, — deb oʻtinchiga bir tikilibdi.Oradan bir necha kun oʻtgach, haligi oʻtinchining baxti kelib, podshoga vazir boʻlib qolibdi.Oʻtinchi podsho saroyida yaxshi xizmat koʻrsatib, hammaga maʼqul boʻlibdi.

Vazirlar uni podshoga gunohkor etib koʻrsatish, yoʻq qilish yoʻlini axtaribdilar. Bir vazir oʻtinchi vazirga aytibdi:— Ertaga podsho bir qancha mehmonlarni chaqiradi. Podsho mast boʻladi, shunda sen podshoning boshiga bir urgin, senga biz bir lagan tilla beramiz, — debdi. Oʻtinchi vazir rozi boʻlibdi.Ertasiga podsho saroyiga mehmonlar yigʻilishibdi. Ichkilik ham qizibdi. Podsho mast boʻlib qolganida, haligi oʻtinchi vazir oʻrnidan turib kelib podshoning kallasiga bir solibdi.

Podsho taxtdan agʻdarilibdi, boshidagi toji bir tomonga uchib ketibdi, shunda jahl bilan:— Jallod!

— debdi. Jallod kelibdi. Vazirni oʻlimga buyuribdi.

Shunda oʻtinchi vazir:— Taqsir, nima uchun meni oʻlimga buyurasiz, avval qarang-chi?

— deb yugurib tojni qoʻlga olsa, unda bir katta chayon yopishib yotgan ekan.

— Agar men oʻrnimdan turib tojingizni boshingizdan uloqtirib yubormaganimda, sizni u chaqib oʻldirar edi.

Shu qilgan yaxshiligim uchun meni oʻlimga hukm etasizmi?

— debdi.Bu ishdan xursand boʻlgan podsho oʻtinchi vazirga muhabbati yanada oshibdi, katta mukofot beribdi, martabasini ulugʻlabdi. Oʻtinchi vazirni ishga solgan vazir uyalib, sharmanda boʻlib qolibdi.

Shunday boʻlsa ham haligi ichi qora vazir bir emas, bir kun oʻtinchi vazirni yoʻq qilish payiga tushibdi. Yana uni aldash yoʻliga oʻtibdi.

— Ogʻayni, — debdi u, — senga biz katta mukofot beramiz, yaqinda podsho saroyida katta oʻtirish buladi.

Shunda sen uning beliga bir tepgin, — debdi. Oʻtinchi vazir «xoʻp» deb, katta mukofotni oldindan olibdi, oʻsha kunga yetib ham kelibdilar. Podsho saroyida bazm, hamma ichkilik va ovqat bilan ovora. Podshoning boshi qiziganda haligi vazir oʻrnidan turib kelib, podshoning beliga qarab bir tepibdi. Podsho taxtdan agʻdarilib yerga tushibdi.

— Jallod, belimga tepgan vazirni osinglar!

— debdi podsho.Shu payt taxtning tepasidan, shipdan bir taxta sinib tushgan ekan. Podsho yiqilib, taxta zarbidan omon qolgan ekan.

— Ana, koʻrdingizmi, taqsir, men sizni ikkinchi marta oʻlim falokatidan qutqardim. Agarda siz taxtda oʻtirganingizda taxta boshingizga tushib, belingizni ham sindirib ketar edi.

Endi omon qoldingiz, yaxshilikka yomonlikmi?

— debdi.Shunda podshoning mehri joʻsh urib, oʻtinchi vazirni oʻziga birinchi vazir etib olibdi va koʻp mukofotlar beribdi.Aql va Baxt bu ishlarning tepasida turgan ekan. Baxt:— Agarda men shu yigit qoshidan ketsam, u halok boʻladi, — debdi.Aql ishonmabdi. Boyagi ichi qora vazir yana ishga tushibdi. Oʻtinchi vazir yana ularning shartiga koʻnibdi.

Bir kun podsho oldida oʻtirib:— Taqsir, gulingiz shoxiga bulbul kelib qoʻndi, — debdi. Podsho:— Bu nima deganing?

— desa, vazir:— Taqsir, gul deganim, soqolingiz, bulbul deganim, soqolingizga yopishgan non ushogʻi, — debdi. Bu soʻzga podshoning jahli chiqib:— Sen hali mening soqolimni gulga oʻxshatdingmi?

— deb, «jallod», — debdi. Jallod kelibdi.

— Vazirning kallasi olinsin!

— debdi podsho. Jallod oʻtinchi vazirning kallasini shartta kesib tashlabdi.Baxt Aqlga aytibdi:— Ana, koʻrdingizmi, doʻstim, insonning aqli bilan baxti doimo birga boʻlishi kerak. Agar ular bir-biridan ajralsalar, u vaqtda oʻtinchi vazir holiga tushib qoladilar.

Shuning uchun har bir kishiga aql bilan baxt berilsin. Ular hayotda insonga doimo yoʻl boshlovchi rahnamo boʻlsinlar, — debdi.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!