Bir mergan yoʻldan oʻtib borayotgan ekan. Merganning qoʻlida gʻozi bor ekan. Yoʻlda qorni ochib kelayotgan ikki oʻrtoq:— Shu merganning gʻozini yeb boʻlmasmikan?
— debdi. Ikkisi maslahatlashib, merganni chaqirishibdi. Mergan kelibdi. Mergandan gʻozini soʻrashibdi. Mergan:— Yaxshi, ola qoling, birga yeysiz, — deb gʻozni beribdi.Ikki oʻrtoq gʻozni qozonga solib pishirishibdi.
Keyin:— Endi uxlaymiz, kim yaxshi tush koʻrsa, gʻozni oʻsha yeydi, — deyishibdi. Mergan ham rozi boʻlibdi.Uchovi uxlashga yotibdi. Ikki oʻrtoq uxlab qolibdi. Mergan uxlamay yotgan ekan. Pishgan gʻozni yeb qoʻyibdi. Ikki oʻrtoq uyqudan uygʻonishibdi. Oʻrtoqlarning biri ikkinchisidan:— Sen nima tush koʻrding?
— deb soʻrabdi.Ikkinchisi:— Men osmonda uchib ketayotgan emishman, sen-chi?
— debdi.
— Men dengizda suzib ketayotgan emishman, — debdi.Soʻng ular mergandan soʻrashibdi:— Sen nima tush koʻrding?Mergan aytibdi:— Men biringizning osmonda uchib ketayotganingizni, ikkinchingizning esa, dengizda suzib ketayotganingizni koʻrdim. Ikki oʻrtada gʻoz qolib ketmasin deb, yeb qoʻya qoldim.