← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
IbratliBolalar uchunTabiatOilaTijorat

Qumursqa

306 soʻz

Oʻtgan zamonda bir kishi safarga chiqqan ekan. Bir soydan oʻtishga toʻgʻri kelibdi. Qish vaqti ekan. Suv muzlagan ekan. Eshakning keyingi oyogʻi muzga toyib, yiqilib beli sinibdi… U kishi xafa boʻlib, muzga qarab shunday debdi:— Ey muz aka, sen oʻzing kimdan zoʻrsan?Muz:— Men zoʻr boʻlsam, quyosh meni erita olarmidi?

— debdi.Shunda u kishi kunga qarab:— Ey quyosh, sen kimdan zoʻr?

— debdi.Quyosh:— Men zoʻr boʻlsam, bulutlar mening yuzimni toʻsa olarmidi?

— debdi.Shunda u bulutga qarab:— Ey bulut aka, sen kimdan zoʻr?

— debdi.Bulut:— Men zoʻr boʻlsam, yomgʻirlar meni teshib-teshib oʻtarmidi?

— debdi.Shunda u yomgʻirga qarab:— Yomgʻir aka, sen kimdan zoʻr?

— debdi.Yomgʻir:— Men zoʻr boʻlsam, yerga singib ketarmidim, — debdi.U yerga qarab:— Yer aka, sen kimdan zoʻr?

— debdi.Yer:— Men zoʻr boʻlsam, oʻtlar teshib chiqarmidi, — debdi.Shunda oʻtga qarab:— Oʻt aka, sen kimdan zoʻr?

— debdi.Oʻt:— Men zoʻr boʻlsam, mollar yulib-yulib yutarmidi?

— debdi.Molga qarab:— Mol aka, sen kimdan zoʻr?

— debdi.Mol:— Men zoʻr boʻlsam, boʻrilar yermidi?

— debdi.Soʻngra boʻridan:— Boʻri aka, sen kimdan zoʻr?

— deb soʻrabdi.Boʻri:— Men zoʻr boʻlsam, merganlar otarmidi?

— debdi.

— Mergan aka, sen kimdan zoʻrsan— debdi…Mergan:— Men zoʻr boʻlsam, oʻq soladigan xaltamni sichqon va kalamushlar qirqib tashlarmidi?

— debdi.

Shunda u kishi sichqonga qarab:— Sichqon aka, siz kimdan zoʻrsiz?

— debdi.Sichqon:— Men zoʻr boʻlsam, qumursqalar qulogʻimdan chimchib-chimchib chaqib olarmidi?

— debdi.

— Qumursqa aka, sen kimdan zoʻr?

— debdi.Qumursqa:— Men zoʻr, men zoʻr, men zoʻr, — debdi.

— Otangning olti yuz botmon bugʻdoyini olti togʻdan oshirib yeganman, pochchangning yuz botmon bugʻdoyini yetti togʻdan oshirib yeganman. Men zoʻr, men zoʻr, men zoʻr, — debdi.

— Qorning nima uchun katta?

— deb soʻrabdi u kishi: — Jigarim zoʻr, — debdi qumursqa.

— Beling nima uchun ingichka?

— deb soʻraganida.

— Mehnatim zoʻr!

— deb javob beribdi qumursqa.

— Kallang nima uchun katta?

— debdi u kishi.

— Davlatim zoʻr! Mehnatim zoʻr, davlatim zoʻr, men zoʻr, men zoʻr!

— debdi qumursqa.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!