← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
IbratliBolalar uchunTijoratQisqa

Arpa

193 soʻz

Bor ekan-da, yoʻq ekan, och ekan-da, toʻq ekan, bir chol-kampir bor ekan. Ular juda kambagʻal ekan.

Bir kuni kampir choliga:— Chol, shu, arpa eksangiz, balki bir kunimizga yararmidi, — debdi.Chol ozgina yeriga arpa ekibdi, lekin sal vaqt oʻtmay kasal boʻlib, oʻlib qolibdi. Arpa oʻsibdi. Kampir bir kun qarasa, arpani bir echki yeb yotgan emish.Shunda kampir:— Hoy, echki, qoch, arpani yemagin, — debdi.

— Bir suzaman, ichaging uziladi, — debdi echki. Kampir xafa boʻlib, yigʻlab ketayotsa, bir itga yoʻliqibdi. Kampir boʻlgan voqeani itga aytib beribdi. It ham echkining yoniga kelib:— Hoy echki, qoch, arpani yemagin, — debdi.

— Bir suzaman, ichaging uziladi, — debdi echki. It ham qaytib ketibdi.

Keyin kampir oʻziga oʻxshagan bir kampirga duch kelibdi:— Ha, oʻrtoqjon, nima qilib yuribsan?

— deb soʻrabdi u.

— Echki arpamni yeb qoʻyyapti, — debdi xafa boʻlib. Kampir ham echkining yoniga borib:— Hoy echki, qoch, arpani yemagin, — debdi.

— Bir suzaman, ichaging uziladi, — debdi echki unga ham.U qochib ketibdi. Kampir yoʻlda bir ariga duch kelibdi. Ariga ham boʻlgan gaplarni aytib berib, undan yordam soʻrabdi. Ari echki yoniga borib, biror ogʻiz gapirmabdi ham, faqat chaqib olibdi.Shunda echki dikirlab sakrab qochib ketibdi. Kampir esa xursand boʻlib, arpani yigʻib olgan ekan.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!