← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
IbratliBolalar uchunSehrliPodsholarAdolatTabiatOilaTijorat

Usmon bilan Yoqub

540 soʻz

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda bitta chol yashagan ekan. Uning ikkita oʻgʻli bor ekan. Kattasining ismi — Usmon, kichigining ismi Yoqub ekan.Chol:— Oʻgʻillarim, men endi qarib qoldim, endi roʻzgʻor ishi oʻzlaringga qoldi, borib yerni haydab kelinglar, — debdi.Aka-uka yer haydagani ketishibdi. Usmon kuni bilan yer haydab, rosa charchabdi. Terlab, hamma yogʻi chang boʻlib ketibdi. Yoqub esa «kasalman» deb, kechgacha salqinda yotibdi,Kech kirganda, u akasiga:— Siz yuvinib keling. Men qoʻshni olib ketaman, — debdi.

Usmon yerni haydaganida ozgina qismi qolgan ekan. Yoqub qolgan joyni haydabdi va hamma yogʻiga tuproq sepib, chang qilib olibdi. Dadasining yoniga borib:— Akam hech ham ishlamadilar, hamma yerni bir oʻzim haydadim, — debdi.Dadasi Yoqubning gapiga ishonib, Usmondan xafa boʻlibdi.

Shunga qaramay, «bosh oʻgʻil-ku!» deb, oʻzining bisotidagi yigirma besh tillasini Usmonga beribdi. Usmon pulni olibdi-yu, otasining qoʻpol muomalasidan xafa boʻlib, uydan chiqib ketibdi. Yoqub esa akasiga:— Siz qayerda boʻlsangiz, men ham siz bilan birga boʻlaman, — debdi.Ular yoʻl yurishibdi, yoʻl yurishsa ham, moʻl yurishibdi, bir oʻrmonga yetishibdi. Bir ovchi oʻrmondan fil bolasini olib kelayotgan ekak. Usmoi undan.

— Bu filcha senga nima gunoh qildi?

— deb soʻrabdi. Ovchi:— Ovimga tushgan narsa, endi olib borib sotmoqchiman, —debdi.Usmonning filchaga rahmi kelibdi va:— Sotsang qanchaga sotasan?

— soʻrabdi.

— Yigirma besh tillaga sotaman, — debdi ovchi. Usmon yigirma besh tillani ovchiga berib, filni ozod qilibdi va oʻrmonga qoʻyib yuboribdi, Yoqub esa nima qilishini bilmay qolibdi, chunki u pulni olish maqsadida akasi bilan yoʻlga chiqqan ekan.

Endi u qaytib ketishini ham, qaytmasligshsh ham bilmay qolibdi. Qaytay desa, uyaladi, qaytmay desa, pul qoʻldan chiqib ketgan. Ular yurib-yurib, oxiri bir shaharga yetib kelishibdi. U yerga kirib borsalar, hammaning ogʻzida bir gap: «Podshoning bir qizi bor ekan. Uni bir dev olib ketibdi. Kimki shu devni oʻldirsa, podsho qizi bilan boyligining yarmini berarmish».Usmon bilan Yoqub podshoning huzuriga borishibdi. Ular devni oʻldirishga bormoqchi ekanliklarini aytishibdi va kerakli qurol-aslaha bilan qurollanishibdi. Usmon bilan Yoqub dev yashaydigan toqqa chiqishibdi. Usmon dev bilan olishib, uni oʻldiribdi.

Keyin bir chuqur gʻorga duch kelibdi, tushsa, bir chekkada qiz oʻtirgan ekan. Usmon qizga uni qutqargani kelganini aytibdi. Yoqub tepada, gʻorning ogʻzida qolgan ekan. Usmon qizning beliga arqon bogʻlab, tepaga chiqarib yuboribdi. Yoqub esa akasini gʻorning ichida qoldirib, oʻzi qizni olib, joʻnab ketibdi.Podshoga borib, «devni oʻldirib, qizingizni olib keldim», debdi. Podsho behad quvonibdi va qirq kecha-yu, qirq kunduz toʻy qilib, qizini Yoqubga bermoqchi boʻlibdi.

Endi gapni Usmondan eshiting.Usmon ukasini rosa chaqiribdi, undan darak boʻlmagach, xafa boʻlib gʻorni aylanib yuraveribdi.

Shu alfozda bir necha kun oʻtibdi. Oxiri u holdan toyib, yotib qolibdi. Bir mahal madorsiz holda koʻzlarini ochib qarasa, oʻzi boʻshatib yuborgan fil bolasi uning yonida turgan emish. Uning ahvolini koʻrgan filcha gʻordan chiqib ketibdi va gʻorning tepasidan unga arqon tashlabdi. Usmon zoʻr-bazoʻr arqonga oʻzini bogʻlabdi, fil bolasi uni tortib olibdi. Fil bolasi Usmonga oʻrmondan turli mevalar va yeydigan narsalar topib kelibdi. Usmon sal tuzalgach, podshoning saroyiga qarab yoʻl olibdi.

Borsa, saroyda katta toʻy boʻlayotgan emish. U odamlardan «kimning toʻyi» deb soʻrasa, «Yoqub degan bola devni oʻldirib, malikani qutqardi, shuning uchun podsho qizini Yoqubga beryapti» deyishibdi. Usmon ichkariga kirib qarasa, haqiqatan ham Yoqubning toʻyi boʻlayotgan emish.

Shu payt Usmon podshoning qizini chaqirtiribdi. Qiz darrov Usmonni tanibdi va ular podsho huzuriga borib, boʻlgan voqeani aytib berishibdi. Podsho Yoqubni izza qilib, saroydan haydab yuboribdi. Usmonga esa qizini hamda yarim davlatini berib, toʻyni yanada katta qilib yuboribdi.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!