← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
DonishmandlikBolalar uchunPodsholarDehqonlarSabrAql-zakovatTabiatOilaTijorat

Donishmand xotin

500 soʻz

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, burungi zamonda bir savdogar bulgan ekan. U shaharma-shahar savdo qilib yurar ekan. Har yetti yilda bir oʻz shahriga kelar ekan. Har kelganida xotin olar ekan. Chunki savdodan qaytib kelgunicha olgan xotinlari yolgʻizlikdan oʻlib qolar ekan.U savdodan qaytib kelib, koʻchada tursa, uchta qiz suhbatlashib ketayotganiga koʻzi tushibdi. Ularning gaplariga quloq sola boshlabdi.

Qizlarning bittasi soʻz boshlabdi:— Men uyga borgunimcha oyim chuchvara qilib qoʻyadilar.Shunda ikkinchn qiz:— Mening oyim esa osh-nonlarimni tayyorlab, somsalar pishirib qoʻyadilar, — debdi.Bu ikkala qiz nihoyatda chiroyli ekan-u, ammo oʻzlari nimjon, gapga — chechan, ishga — pichan ekan. Uchinchi qiz:— O, sizlarning oyilaring shunaqa qiladimi?

Mening oyim esa ertadan-kechgacha nasihat qiladi va ish oʻrgatadi, — debdi.Qizlarning gapini eshitgach, savdogar oʻylabdi: “Mana shu oyisidan nasihat eshitadigan qizni olsam boʻladi, bu aqlli qiz boʻlsa kerak”.Savdogar qizlar ketidan orqama-orqa ketaveribdi va uchinchi qizning uyini bilib olibdi.

Keyin oʻsha qiznikiga sovchi yuboribdi. Sal oʻtmay toʻy qilib, qizni olibdi. Maʼlum muddatdan keyin savdogar yana yoʻlga chiqadigan boʻlibdi. Juda koʻp mollarni olib, savdogarchilikka ketibdi. Xotini uyda yolgʻiz qolibdi.Savdogarning xotini boloxonaga chiqib, pastga qarasa, tovuq bozori bor emish. U arqonning uchiga pul bogʻlab pastga tushiribds. Bozordagi odamlar, “podshoning qizi buyruq qildi” deb, pulni olib, arqonga tovuq bogʻlab yuboribdilar. Qiz arqonni tortib olibdi. Tovuqni olgach, boloxonaga qarasa, yettita sandiq turgan emish. Yettovini ochib qarasa, yettita ayolning oʻligi emish.

Keyin rosa peshonasiga urib yigʻlabdi va “bular yolgʻizlikka chidamay sil boʻlib oʻlgan boʻlsa kerak”, deb oʻylabdi. U arqonni olib, endi koʻcha tomonga tashlabdi. Odamlar, “podshoning qizi it, mushuk deb koʻchaga arqon tashlabdi” deb oʻylab, arqonga mushuk boylab beribdilar. Tagʻin tashlagan ekan, kuchuk boylab beribdilar.U tovuqqa don sochib, it va mushuklarni boqib, ovqat pishirib, shular bilan ovora boʻlib, zerikmay hayot kechiraveribdi.Oydan-oy, kundan-kun oʻtib, xotin oʻgʻil tugʻibdi. Otini Bahrom qoʻyibdi.

Bahrom yetti yoshga kiribdi. Bola koʻchada yogʻoch ot minib oʻynab yurganida, savdogar kelib qolibdi. U boladan savdogar soʻrabdi:— Hoy bola, hech jahonda yogʻoch ot ham yurarmidi, nuqul “chu-chu” deysan!?Shunda bola:— Hech jahonda ota ham bolani yetti yil tashlab yuradimi?

— debdi.Savdogar hayron boʻlib:— Uylaring qaysi?

— debdi.

— Mana shu uy, — deb bola savdogarning uyini koʻrsatibdi.Savdogar, “mening xotinim yettoviga oʻxshab allaqachon oʻlib ketgan”, deb oʻylab yurgan ekan. U uyiga kirib, xotini bilan soʻrashibdi. Xotini xamirdan buvi yasab qoʻygan ekan. U oʻgʻliga, xamir buviga, uydagi hayvon-u, yumushlarga ovunib, kech kirganini ham bilmay qolar ekan.

— Uyga salom berib kiring. Buvim oʻtiribdilar, — debdi xotini.

— Assalomu-alaykum buvi qalay omonmisiz, yaxshimisiz, bardammisiz? Bir kelibsiz-da, — debdi savdogar.Xamir buvi indamabdi.

Shunda savdogar:— Xotin, buving indamayapti-ku!

— debdi.

— Ha, endi yetti yil tashlab ketganingizga xafa boʻlib qolgandirlar-da, — debdi xotini.

— Buvi, xafa boʻlmang, endi ketmayman, — debdi.

Keyin savdogarning xotini xamir buvini koʻtarib, eshikka olib chiqibdi va tashlab yuboribdi.Savdogar hayron boʻlib turgan ekan, xotin shunday debdi:— Siz bedarak boʻlib ketdingiz, yilda bir xabar olmadingiz. Uyda yeldim-yugurdim, bir oʻgʻil koʻrib xursand boʻldim. Oʻzim xamirdan buvi yasadim. Qoʻyingki, onam qilgan nasihatlarni ishga soldim. Natijada yettala kundoshimga oʻxshab oʻlmay, kasallikka chalinmay qoldim.Shunday qilib, savdogar bundan keyin ketmaslikka soʻz beribdi. Ona nasihatlarini qulogʻiga olganliga uchun, aql bilan ish tutgani uchun donishmand xotin oʻlmay qolgan ekan.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!