← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
IbratliBolalar uchunSehrliPodsholarDehqonlarAdolatOilaTijorat

Bale, bale, bale

350 soʻz

Chol bilan kampirning bir kichkinagina hovlisi bor ekan. Chol shu hovlisiga tarvuz ekib, bir tupini koʻkartiribdi. Tarvuz palak otib gullabdi va bittagina tarvuz qilibdi. U katta boʻlib pishibdi. Tarvuz pishgan vaqtda chol bilan kampir maslahat qilishibdi. «Bu tarvuzni soʻyganimiz bilan bir tilimini ham yeb ado qilolmaymiz» deb, chol bir dehqonning aravasini besh soʻmga kira qilib, podshoga sovgʻa qilib olib boribdi. Cholning yetishtirgan tarvuzini xizmatkorlar podshoning oldiga olib kirishibdi. Podsho taajjublanib:— Tarvuz ham shunday katta boʻladimi? Bor, cholning oʻzini ham chaqir!

— debdi. Chol salom berib podshoning huzuriga kiribdi. Podsho undan soʻrabdi:— Bu tarvuzni sen keltirdingmi?

— Men keltirdim, taqsir, — debdi chol.

— Shunaqa tarvuzdan senda yana nechta bor?

— Shugina, xolos, — debdi chol. Podsho:— Bale, bale, bale, — debdi va xizmatchisiga:— Ol, tarvuzni xazinaga kiritib qoʻy, — deb buyuribdi. Chol bechoraga esa hech narsa bermabdi.Chol qorni ochib bozorga boribdi va mantipazdan besh soʻmlik manti olib yebdi. Chol mantini yeb boʻlib mantipazni chaqiribdi. Mantipaz kelibdi. Chol:— Mantipaz, mantini oʻzing pishirdingmi?

— deb soʻrabdi.

— Oʻzim pishirdim, — debdi mantipaz.

— Goʻshtini sotib olasanmi yoki molni oʻzing soʻyasanmi, —debdi chol.

— Yoʻq, molni oʻzim soʻyaman, — debdi mantipaz.

— Xamirini kim tayyorlab beradi?

— deb soʻrabdi chol.

— Oʻzim tayyorlayman, — debdi mantipaz.

— Mantini oʻzing pishirasanmi?

— deb soʻrabdi chol yana. Mantipaz ham:— Ha, oʻzim pishiraman, — debdi hayron boʻlib. Chol mantipazga:— Bale, bale, bale, — deb, oʻrnidan turib keta beribdi. Mantipaz xalqning orasida cholni toʻxtatib:— Mantining pulini berib keting, — debdi. Chol zsa ketaveribdi.Podshoning yasovullari cholni podshoning huzuriga haydab borishibdi. Podsho:— Noinsof, nima uchun mantining pulini bermay ketding?

— deb doʻq qilibdi. Chol:— Taqsir, sizga ikki ogʻiz arzim bor, — debdi.

— Ayt arzingni, — debdi podsho.

— Podshohim, arzim shuki, er-xotin bir yil ishlab bitta tarvuz yetishtirgan edik. Sizga sovgʻa qilib olib keldik, tarvuzimga biror narsa berarmikansiz deb. Siz boʻlsangiz uch marta «bale» deb javob qildingiz, xolos. Noumid bulib qaytdim, ochlikdan madorim qurib mantipaz oldiga keldim. Besh soʻmlik manti yeb, qornimni toʻygʻazdim. Mantipazni oldimga chaqirib olib, bir necha marta «bale, bale, bale» deb aytdim.

Shu yegan mantimning haqi boʻlsa kerak, — debdi chol.Podsho cholning bu gapidan juda xijolat boʻlibdi… Cholga xazinadan bir tovoq tilla chiqarib berishga buyruq beribdi.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!