← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
DonishmandlikBolalar uchunPodsholarQisqa

Ikki donishmand

111 soʻz

Kunlardan bir sovuq kunda bir podsho bir donishmand chol bilan yoʻlda ketayotsa, bir kishi yer haydayotgan ekan.

Shunda donishmand chol haligi kishiga:— Toʻqqizni uchga bermabsiz-da, inim, — debdi. Haligi kishi esa:— Toʻqqizni uchga beray desam, oʻttiz oltilikdan ortmayapti-da, — debdi.Podsho bilan donishmand chol bir joyda toʻxtashganda, podsho undan soʻrabdi:— Siz boya nega «toʻqqizni uchga bermabsiz-da», deb haligi kishidan soʻradingiz? U esa «oʻttiz oltilikdan oshmayapti» dedi. Siz nima degan edingiz-ku, u nima deb javob qaytardi?Donishmand:— Men «toʻqqiz oy ishlab, uch oy shu ishlaganingizni yeb yotmaysizmi» deb soʻradim.

U esa «toʻqqiz oy ishlab uch oy yeb yotay desam, oʻttiz olti tishlik bola-chaqamdan ortmayapti», deb javob qaytardi, — debdi.Podsho ikki donishmandning savol-javobiga qoyil qolibdi.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!