← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
Hazil-mutoyibaBolalar uchunPodsholarMehr-oqibatAdolatTabiatTijorat

Ochkoʻz boy

345 soʻz

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda, bir shahri azim chetidagi katta bir koʻlda juda koʻp baliqlar bor ekan.

Lekin bu baliqlarni tutib yeyish juda xavfli ekan. Chunki bu baliqlar baʼzi kunlari zaharli, baʼzi kunlari zaharsiz boʻlib qolar ekan. Qaysi kuni zaharsiz bulib qolishini hech kim bilmas ekan.Kunlardan bir kuni ochkoʻz bir boyning bu baliqlarga juda koʻzi kuyib, yegisi kelibdi.

Shundan keyin har qanday xavf-xatarni ham unutib, oʻz xizmatkorlariga bu baliqlardan keltirib qovurishni buyuribdi.

Shunda xizmatkori unga eʼtiroz bildirib shunday debdi:— Ey taqsir, axir, bu koʻlning baliqlarini yeyish zararli-ku, bu baliqlarni qay vaqt zaharli, qay vaqt zaharsiz boʻlishini bilmasak, tagʻin biror falokat yuz bermasin, — debdi.Shunda ochkoʻz boy xizmatkorini jerkib:— Hoy, miyasi aynigan chol, nega mening gapimni ikki qilasan? Senga nimani buyursam, shuni gap qaytarmasdan qilgin, xoʻpmi?

— debdi.Shunda xizmatkor noilojlikdan borib, haligi baliqlardan uch-toʻrttasini tutib kelib qovuribdi va oʻz xoʻjayinining huzuriga keltiribdi.Ishtahasi karnay boʻlgan ochkoʻz boy baliqni darrov yegisi kelibdi-yu, lekin yana aynab qolibdi va oʻzicha oʻylabdi: «bordi-yu, bu baliqlar haqiqatan ham bugun zaxarli boʻlgan boʻlsa-chi? Oqibati yomon boʻlmasin», deb oʻzicha oʻylab turgan ekan, koʻchadan bir gadoning tilangan ovozi eshitilib qolibdi.

Shunda boyning koʻzi yovuzlikdan chaqnab ketibdi. «Toʻxta-chi, xudo gadoni koʻp vaqtida yetkazdi-da, pishirilgan baliqlardak birini shu gadoga xayr-sadaqa sifatida chiqarib beraman va asta qarab turaman. Agar baliqlar haqiqatan zaharli boʻlsa, shu gado yeyishi bilan narigi dunyoga safar qiladi va men omon qolaman. Bordi-yu, zaharsiz boʻlib chiqsa, u vaqtda men ham baliqni bemalol yeyaveraman», deb oʻylabdi. Pishirilgan baliqdan birini haligi gadoga chiqarib berishibdi.

Gado esa uni duo qila-qila koʻzdan uzoqlashibdi.Oradan ancha vaqt oʻtgach, gado oʻlmadi shekilli, ovozi eshitilyapti, deb ochkoʻz boy qolgan baliqlarni paqqos tushiribdi. Baliqlarni endi yeb boʻlib, ogʻiz-qoʻllarini artib turgan ham ekanki, eshik taqillabdi.Boy chiqib eshikni ochsa, baliq olib ketgan gado ekan. Boy unga qarab:— Nega kelding yana?

— deb soʻrabdi.

Shunda gado aytibdi:— Men sizdan pishirgan baligʻingizni yedingizmi-yoʻqmi, bilgani kelgan edim. Agar baliqlar zaharsiz boʻlsa, men ham bergan baligʻingizni yerdim, — debdi.Buni eshitgan boyning esxonasi chiqib ketibdi va tez orada baliqning zahari taʼsir qilib, olamdan koʻz yumibdi, gado esa omon qolib, zolim, ochkoʻz boydan oʻch olganidan xursand boʻlib yurgan ekan.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!