← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
SevgiBolalar uchunMehr-oqibatQisqa

Mehr

90 soʻz

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda bir aka-uka boʻlgan ekan. Akasining uchta farzandi bor ekan. Ukasi esa yolgʻiz oʻzi yashar ekan.Bahorda ikkalasi teng sherikka bugʻdoy ekishibdi. Kuz kelibdi, bugʻdoyni yigʻishtirib, akasining uyiga olib kelishibdi, ikkiga boʻlib qoʻyib, uxlagani yotishibdi. Ukasi bir uxlab turib, «Akamning bola-chaqasi koʻp boʻlsa, men bitta oʻzim yashasam, shuncha bugʻdoyni olsam akam qiynalib qoladi-ku»

deb, oʻzining ulushidan olib akasinikiga qoʻshib qoʻyibdi.Akasi ham bir uygʻonib turib, «Biz koʻpchilikmiz, rizqimizni bir amallab topib olarmiz, ukam oʻzi yolgʻiz, qiynalmasin» deb, u ham oʻz ulushidan ukasinikiga solib qoʻygan ekan.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!