← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
Hayvonlar haqidaBolalar uchunPodsholarTabiatTijorat

Chivinboy

450 soʻz

Chivinboy uchib borib, yantoq ustiga qoʻnibdi. Yantoqning tikani uning tumshugʻiga kiribdi. Chivinning qahri kelib, echki akasining oldiga boribdi:— Echki aka, echki aka, shu yantoqni yesangiz-chi, — debdi.Echki:— Qoch, oʻshanga meni roʻpara qilma! Koʻm-koʻk oʻt, barra maysa turganda, endi sening gapingga kirib, yantoqni yeymanmi? — debdi.Chivin:— Xap senimi, shoshmay tur, toʻgʻri boʻri akamga borib, seni unga yedirmasam xoʻp yurgan ekanman, — debdi. Chivin boʻri oldiga boribdi:— Boʻri aka, boʻri aka, ana shu echkini yesangiz-chi! — debdi.Boʻri:— Koʻp meni laqillatma, qoʻy goʻshti turganda shayton echkining goʻshtini yeymanmi? — debdi.Chivin:— Xap sanimi, mergan akamga aytib seni oʻldirtirmasam, toza chivin boʻlib yurgan ekanman, — debdi-da, toʻgʻri uchib merganning oldiga boribdi.— Mergan aka, mergan aka, — debdi Chivinboy, — shu boʻrini otib tashlasangiz-chi, — echkini ye, desam, yemayman, dedi.Mergan:— Mening boʻridan boshqa otadigan ovim koʻp. Sening gapingga kirib, boʻrini otib yuramanmi? —  debdi.Chivinboy:— Xap sanimi, qarab tur, sichqon akamga aytib sening dori soladigan xaltangni teshdirmasam yurgan ekanman, — deb sichqonning oldiga uchib boribdi.— Sichqon aka, ana shu merganning dori xaltasini teshing, u koʻp jonivorga zarar yetkazadi, — debdi.Sichqon aytibdi:— Bugʻdoy bilan arpa turganida menga endi merganning xaltasini teshish qoldimi?Chivinboy:— Xap sanimi, shoshmay tur, mushuk akamga aytib, seni yedirmasam, toza yurgan ekanman, — debdi-da, toʻgʻri mushukning oldiga uchib boribdi:— Mushuk aka, mushuk aka, ana shu sichqonni yesangiz. Merganning dori xaltasini tesh desam, yoʻq, deydi, — debdi.Mushuk aytibdi:— E, qoʻysang-chi, mening yeydigan narsalarim koʻp: qoʻyning goʻsht-yogʻi turganda, sichqonni poylab yurarmidim!— Xap sanimi, seni kuchuk akamga aytib, bir talatmasam, yurgan ekanman, shopshay tur! — debdi Chivinboy.Chivinboy:— Kuchuk aka, kuchuk aka, ana shu mushukni bir oʻxshatib tala! Sichqonni ye, desam yemaydi, — debdi.— Sening gapingga kirib, bekordan-bekorga mushukni talaymanmi? — debdi kuchuk.Chivin:— Xap sanimi, bolalarga aytib, bir urdirmasam, qonga bulatib yasatmasam, yurgan ekanman, — deb uchib ketibdi. Chivin yoʻlda bir toʻda bolalarga yoʻliqibdi.Chivin bolalarga qarab:— Hay bolalar, shu kuchukni bir boplab uringlar, mushukni tala, desam, talamaydi, — debdi.Bolalar:— Bizning boshimizni koʻp aylantirma, oʻzimizning oʻyinimiz koʻp. Endi oʻyinni qoʻyib, ovora boʻlib, kuchukni quvlab yuramizmi? — deb javob berishibdi.Shuida Chivinboy:— Xap sanimi, onalaringga aytib, bir oʻxshatib savalatmasam, yurgan ekanman, — debdi.Chivin charx yigirib oʻtirgan momoning oldiga borib:— Hoy onajon, shu bolalaringizning bir adabini berib qoʻying, — debdi.Onasi:— Mening ishim boshimdan oshib yotibdi, hali paxtalarim savaqsiz, endi men hamma ishni tashlab, biror sababsiz bolalarni quvib, urib yuraymi? —  debdi.— Xap sanimi, men borib shamol akamga aytib, sening paxtalaringni uchirib yubormasam, yurgan ekanmai, — debdi Chivinboy.

Shamol, bagʻri kamol,Bolalarga qoʻyningni och.Ota-onang oʻlibdi,Choʻloq ketmoningni olib qoch! —

deganda, bir qattiq shamol turibdi. Shamol momoning paxtasini uchiribdi. Momo qoʻliga kaltak olib, bolalarni quvlabdi, bolalar kuchukni ura ketishibdi, kuchuk mushukni talay ketibdi, mushuk sichqonni quva ketibdi, sichqon xaltani tesha ketibdi, mergan boʻrini otibdi, boʻri echkini quvlabdi, echki yantoqni yeb qoʻyibdi.Shunda Chivinboyning vaqti xush boʻlib, murod-maqsadiga yetibdi.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!