Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir chol boʻlgan ekan. Cholning bir-biridan goʻzal uch qizi boʻlgan ekan. Chol bir kuni bozorga bormoqchi boʻlibdi va qizlariga:— Qizlarim, men bozorga ketyapman, sizlarga nima olib kelay ?
— depti.Katta qizi:— Menga chiroyli kavush olib keling, -depti.Oʻrtancha qizi:— Menga chiroyli oyna olib keling,- depti.Kichik qizi esa :— Otajon, menga qip-qizil olma olib kelin, — depti.Chol bozorga borib, oʻz ishlarini bitirgach, katta qiziga kavush, oʻrtancha qiziga oyna olibdi.Kenja qiziga esa axtarib-axtarib sirayam olma topa olmapti.
Nihoyat olma qidirib charchagan chol bir yoʻlovchidan:— Birodar, butun bozorni axtarib olma topa olamadim, qayerdan topsam boʻlarkin? – depti.
Shunda yoʻlovchi:— E otajon, axtarib ovora xam boʻlmang, xamma olmalar ilonshohning qoʻlida, -deb javob beribdi. Kenja qizini oʻksitishni istamagan chol togʻlar orasida yashovchi Ilonshoxning oldiga boribdi va :— E Ilonshoh mening kenja qizim uchun bittagina qizil olma bergin,-depti.
— Mayli, — depti Ilonshoh, — men senga bitta qizil olma beraman, sen esa evaziga kichik qizingni menga xotinlika berasan.Chol bu shartfa koʻnmabdi va uyiga borib, boʻlgan voqeani qizlariga aytibdi. Olma olib kelmagani uchun kichik qizi hafa boʻlmapti.
Oradan bir qancha vaqt oʻtib cholning kichik qiziga Ilonshohdan sovchi kelibdi.
Lekin chol qizini ilonga berishga unamay, sovchilarga rad javobini beribdi. Sovchilar bir necha marta kelishib, quruq qaytishibdi.
Shunda Ilonshoh shaharga keladigon suvni toʻsib, xalqni tashnalikda qoldiribdi. Yosh bolalar, keksalar tashnalikdan xalok boʻla boshlabdilar. Bu xolni koʻrgan kenja qiz:— Otajon, peshonamda ilonga xotin boʻish yozilgan ekan, mayli, men roziman, meni Ilonshoh huzuriga olib boring, — depti yigʻlab.Chol ham nailoj yigʻlay-yigʻlay qizini Ilonshoh huzuriga olib boribdi.Ilonshoh ularni hushnud qabul qilibdi va suv boshiga qilingan toʻsiqni oldirib tashlabdi. Qiz bilan Ilonshohning toʻyi juda dabdabali oʻtibdi.
Toʻydan keyin Ilonshoh koʻrkam va pahlavon bir yigitga aylanibdi. Uni Qoratogʻda yashovchi bir jodugar qasdan sehrlab ilonga aylantirib qoʻygan, xamdashu cholning kenja qiziga uylansangina sehrdan halos boʻladi, deb shart qoʻygan ekan. Yigit shohning oʻgʻli ekan. U kenja qizning opalarini ham oʻz mulozimlaridan ikkita yaxshi yigitga uzatibdi va chol bilan birga qizlarni ham saroyga olib kelibdi. Xammalari umrlarining ohirigacha baxtli va farogʻatli yashab, murod-maqsadlariga yetibdilar.