Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan zamonda bir aka-uka bor ekan. Akasi kunda ertalab chiqib ketib, kechqurun qaytar ekan. Ukasi uyda qolar ekan.Bir kuni akasi kechqurun kelganida ukasi:— Aka, siz har kuni erta ketib, kech qaytasiz. Ertaga oʻzingiz bilan meni ham birga olib keting, — deb iltimos qilibdi.
— Seni olib ketardim-u, lekin menga xalaqit berasan-da, — debdi akasi.
— Yoʻq, xalaqit bermayman, — debdi ukasi. Akasi rozi boʻlibdi.
Ertalab aka-uka yoʻlga otlanishibdi. Ular yurib-yurib charchashibdi, och qolishibdi. Bitta boyning eshigiga kelib, yeyishga biror narsa berishini oʻtinib soʻrashibdi. Boy ularga yarimta suvi qochgan non beribdi. Aka-uka nonni yeb boʻlishgach, akasi:— Omin, bundan boy boʻlmagin, — debdi.Yana yoʻlga ravona bulishibdi. Yurib-yurib kunni ham kech qilishibdi. Yoʻlda bir kampirning uyiga kirishibdi.Kampir oʻzi juda qarib qolgan boʻlib, kambagʻal yashar ekan. Uyida bitta sogʻin echkisidan boshqa hech narsasi yoʻq ekan.Kampir aka-ukalarni xursand boʻlib kutib olibdi, echkining sutidan sogʻib beribdi. Ular kampirnikida yotib qolishibdi.
Ertalab turib, kampirnikidan chiqib ketishayotganida, akasi:— Omin, kampirning echkisi oʻlib, echkisiz qolsin, — debdi.Ukasi yana hayron boʻlibdi, lekin indamabdi. Yana yoʻlga ravona boʻlishibdi. Yurib-yurib bir joyga kelishsa, bitta eski hovlining ichida ikkita bola — aka-ukalar yigʻlab oʻtirishgan ekan. Akasi ukasiga:— Mana bu devorni itaraylik, devor yiqilsin, — debdi.Ukasi hayron boʻlib, akasidan soʻrabdi:— Bu nima deganingiz, hovlining devori yiqilsa, yaxshi boʻladimi? Bularning ahvolini koʻrib turibsiz-ku!
— debdi.Shunda akasi:—Menga xalaqit berasan, demaganmidim?
— debdi.Ukasi indayolmay qolibdi. Yana yoʻlga ravona boʻlishibdi. Yurib-yurib bir joyga kelishsa, koʻchada ikkita qiz oʻtirgan ekan. Ularning biri juda chiroyli, ikkinchisi xunuk ekan. Akasi chiroyli qizga qaramabdi ham, xunuk qizga esa:— Omin, baxtingni bersin, — debdi.Ukasi yana hayron boʻlibdi. Ular uylariga qaytib kelgach, ukasi boʻlgan voqealar haqida akasidan soʻrabdi. Akasi:— Birinchi toʻxtagan hovlimizdagi boy juda ham boyib, oʻzidan ketgan, hamma narsani unutgan.
Kampir esa haqqa yetishib qolgan, faqat bitta echkisiga ilhaq. Agar echkisi oʻlsa, kampir ham oʻladi, jannatga tushadi. Eski hovlidagi aka-ukalar esa, devorning tagini kovlasalar, tilla topishadi, soʻng oʻz kunlarini koʻraverishadi. Chiroyli qizning doim xaridori koʻp boʻladi, xunuk qizga esa eʼtibor berishmaydi.
Shuning uchun uning baxtini tiladim, — debdi.