Chumchuq uchib ketayotib yoʻldan bir gʻoʻza topib olibdi. U sevinganidan gʻoʻzani tishlab shoshilganicha bir kampirning oldiga olib boribdi. Gʻoʻzani kampir oldiga tashlab:— Chuv, chiy, chiy,— debdi. Kampir gʻoʻzani chuvib beribdi. Chum¬chuq paxtani olib boshqa bir kampir oldiga olib borib:— Sava, sav, sav,— debdi. U kampir savab beribdi, soʻngra Chumchuq ola chopon boʻzchi doʻkoni oldiga borib:— Ig, ig, ig, toʻq, toʻq! — debdi. Doʻkondor boʻzchi yigirib, toʻqib beribdi. Chumchuq tikuvchi oldiga borib:— Tik, tik, tik, — debdi. Tikuvchi uni oʻlchab, chopon tikib be¬ribdi.Ana endi Chumchuqboy choponni kiyib, podshoh oʻrdasiga uchib boribdi. Chumchuq qarasa, podshoh yuz-qoʻlini yuvayotgan ekan. Chum¬chuq podshohning orqasiga kelib bir qadam naridan turib, pod¬shohga qarab:— Mening toʻnim chiroyli, mening toʻnim chiroyli, — debdi.Shunda podshoh gʻazabga kelib:— Jallod, — debdi. Bosh jallod kelibdi. Podshoh:— Ana u falokat nima deyapti? Oʻldir uni! — deb baqiribdi.Bosh jallod ham qonli boltasini qulochlab, zarb bilan uribdi.Chumchuq “pir” etib uchib, devor ustiga qoʻnibdi. Bosh jallod qarasa, urgan boltasi podshoh orqasining yarmini kesib ketibdi. Podshoh tovush chiqarmay oʻlibdi. Chumchuq boʻlsa, devorda turib, bu hodisani koʻrib dimogʻi chogʻ, vaqti xush boʻlib:
— Podshohning orqasi chopildi,Mening koʻnglim ochildi.Podshohning orqasi chopildi,Mening koʻnglim ochildi, —
debdi.Shunday qilib podshoh oʻlib, chumchuq murodiga yetgan ekan.