← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
IbratliOilaTijoratQisqa

Qozi

154 soʻz

Oʻtgan zamonda bir er-u xotin boʻlgan ekan, Ular bir-birlari bilan juda ahil yashar ekanlar, uylarida qoʻy-echkilari va tovuqlari koʻp ekan. Roʻzgʻorlari but, oʻzlariga toʻq yashashar ekan.Nima boʻlibdi-yu, er-xotin arzimagan narsaga janjallashib qolishibdi.

Keyin ular ajrashmoqchi boʻlishibdi va qozining yoniga borib, boʻlgan voqeani aytib berishibdi.

Shunda qozi:—    Uyinglarda nimalaringiz bor?

— deb soʻrabdi.

— Uyimizda mol-pol, gilam-pilam, qoʻy-poʻy, echki-pechki, tovuq-movuq kabi narsalarimiz bor, — deb javob beribdi eri.Shunday qilib uydagi bor narsalarni shu yoʻsinda aytib chiqibdi.Qozi:— Boravering, men hozir boraman — debdi.U kishi endi uyiga yetib kelgan ekan, qozi ham kirib kelibdi va narsalarni ajrim qila boshlabdi, birma-bir nomini aytib: «mol xotiningizga, pol sizga, uy xotiningizga, puy sizga, gilam xotiningizga, pilam sizga» qabilida hamma narsalarning yarmini xotiniga, ularlarning aksini eriga taqsimlabdi. U kishiga faqat keyingi narsalar tegibdi.

Shunda u kishi;— Narsalarning hammasini teng qilib boʻlishingiz kerak edi-ku?

— debdi.Qozi esa:— Oʻzingiz aytgan narsalarning hammasini teng oʻrtasidan boʻldim, — debdi,U kishi aytgan gaplariga pushaymon boʻlib, indamay qolaveribdi.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!