← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
IbratliBolalar uchunPodsholarAdolatSabrOila

Teshik danak

317 soʻz

Bir zolim podshoning zamonida qaynonalar bilan kelinlar bir-biriga it-mushuk ekan.Oʻsha zamonda bir kampir oʻgʻli, kelini va nabiralari bilan yashab kelgan ekan. Kampir bir hujrada oʻz yirtiq-yamoqlarini yamab oʻtirar, kelinning bergan ovqatlariga, qilgan minnatlariga chidar ekan.Kelinning minnati bir kuni toqatini toq qilibdi-yu, koʻzidan yosh oqizib shunday debdi:— Hay yaxshi kelin, namuncha menga taʼna toshi otaverasiz.

Men yesam, oʻgʻlimning ishlab topganini yebman, axir oʻgʻlimni oʻn bir oy emizganman, oq yuvib, oq taraganman.Kelin qaynonasining gapiga jahli chiqib ketibdi-da, mutlaqo ovqat bermay qoʻyibdi.Oʻzingizga maʼlum, onalar juda olijanob boʻladilar, oʻzlarining jonlari qiynalsa qiynaladiki, bolalarining jimjilogʻiga bitta tikan kirishini istashmaydi. Tikan kirguday boʻlsa, kipriklari bilan tortib chiqarishadi. Kampir ham shunday onalardan ekan.

Kelinining bu yomonligini oʻgʻliga aytmas ekan, uyi buzilishini yoki dili ranjishini istamas ekan.Shunday qilib, kampir och oʻtiraveribdi.Bir kuni nabiralaridan biri doʻppisiga turshak solib, buvisining hujrasiga kiribdi.

— Qoʻlingdagi nima, bolam, menga ham bergin, — debdi kampir nabirasiga.Nabirasi ham onasiga oʻxshagan qizgʻanchiq ekan, «ey, bor» deb doʻppisini olib qochibdi.

Shunda bitta turshak kigizning ustiga tushib qolibdi-yu, kampir oʻsha turshakni olib, ogʻziga solibdi.Kunlar oʻtibdi. Kampirning hech jagʻi tinmay, oʻsha turshakni shimib oʻtiraveribdi. Kelin bugun qararmish, qaynonasining ogʻzi boʻsh emas, erta qararmish tagʻin bir narsani koʻmtib oʻtirganmish. Xasis kelinning jon-poni chiqib, eriga bu hodisani aytibdi:— Onangiz bizni xarob qiladi. Nuqul kavshagani kavshagan, hech chakagi tinmaydi. Unga ovqat yetkazib berolmayotibman.

Ishonmasangiz ana oʻzingiz qarang.Oʻgʻil ham ahmoq ekan, xotinining gapiga kirib, onasini yetaklabdi-da, bir jarlikka olib borib tashlab kelibdi.Kunlar, oylar birin-ketin oʻtaveribdi. Kelin qaynonasidan qutulganiga xursand.Oʻgʻil bir kuni insofga kelib:— Onamdan bir xabar olib kelay-chi, — debdi-da, jarlikka boribdi. Borib qarasa, onasi jarlikda oʻtirib, nuqul bir narsani shimarmish.

— Oyi, — deb chaqiribdi oʻgʻil, — nima yeyapsiz?

— O, bolaginam, nima yer edim!

Bir kuni bolangning doʻppisidan tushib qolgan bir turshakni olib, ogʻzimga solgan edim, oʻshani shimib oʻtiribman. Ishonmasang mana koʻr, — debdi kampir va ogʻzidan haligi turshakning danagini olib oʻgʻliga beribdi. Oʻgʻli danakni olib qarasa, danak shimilaverganidan teshilib qolibdi. Oʻgʻil nima gap ekanligini fahmlabdi-da, onasini olib, uyiga joʻnabdi.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!