Bir odamning uchta oʻgʻli bor ekan.
Shu odam oʻlayotganida bolalariga: «Uyquni shirin qilib uxlang, ovqatni shirin qilib yeng», deb vasiyat qilib oʻlibdi. Bu gapni ikkita katta oʻgʻli bir xil tushunibdi, kichik oʻgʻli esa undan boshqacha tushunibdi.Ikkita katta akasi yerlarga suv sepib, chorpoyani qurib, katta koʻrpani toʻshab kayf qilib, «uyquni shirin qilish» shunday boʻladi-da, deb yotaveribdi.
Keyin ust- ustiga har xil shirin taomlarni yeb «ovqatni shirin qilib yeyish» mana shunaqa boʻladi, deb yuraverishibdi. U yoqqa agʻanab, bu yoqqa agʻanab yota-yota ovqatlari ham singmay, yegan ovqatlarining ham, uyqularining ham mazasini bilishmabdi. Oxiri yeyishga ovqatlari ham qolmay kambagʻal boʻlib qolishibdi.Kichik oʻgʻil esa ishlab-ishlab kelib, quruq yegan noni ham shirin, ichgan choyi undan ham shirin, uxlasa uyqusi ham shirin boʻlar emish.Shunday qilib, uning borgan sari davlati ziyoda boʻlib, uyqusi shirin, ovqati mazali boʻlib bora bergan ekan.Qani ayting-chi, ota vasiyatini qaysi oʻgʻil toʻgʻri tushuna olgan ekan?