← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
IbratliBolalar uchunSehrliPodsholarDehqonlarMehr-oqibatAdolatAql-zakovatJasoratTabiatOilaTijoratUzun

Uch avliyo

4698 soʻz

Bor ekan-da, yoʻq ekan, och ekan-da, toʻq, ekan, juda qadim zamonlarda Davlatshoh degan bir podsho bor ekan. Bu podshoning esi pastroq bir oʻgʻli bor ekan. Kundan-kun, oydan-oy oʻtib, bola yigirma besh yoshga kiribdi.

Lekin aqlda yoshiga yetmabdi. Podsho ancha qarib, belidan quvvati, koʻzidan nuri ketibdi.Kunlardan bir kuni, podsho oltin taxtida oʻtirib: «Men juda qarib qoldim, endi uncha uzoq yashamasam kerak. Oʻrnimga kimni qoʻysam ekan, oʻgʻlimni podsho qilay desam, esi pastroq boʻlsa, shuncha yillardan beri toʻplagan molimni bir-ikki oyga ham yetkazmay, sovurib yuboradi», — deb uzoq vaqt oʻylanib oʻtiribdi. Bir vaqt bir narsa esiga kslganday, birdan sakrab oʻrnidan turib ketibdi. «Ha, topdim, — debdi oʻziga oʻzi, — oʻgʻlimni biron bir aqlli qizga uylantiraman. Xotini unga aql boʻladi». Podsho shunday debdi-da, oʻgʻlini chaqirtiribdi.

— Oʻgʻlim, men yoshimni yashab boʻldim.

Endi uzoqqa borolmasam kerak. Seni uylantirib, oʻrnimga podsho koʻtarsam, nima deysan, — debdi.

— Siz shunday deysizu, men yoʻq dermidim. Mayli, uylantirsangiz uylantiring, — debdi oʻgʻli.Podsho:— Kimni olib beray, oʻgʻlim?

— deb soʻrabdi.

— Kimni istasangiz oʻshani olib bering, — debdi oʻgʻli. Podsho, oʻgʻlini yoʻlga solib yuradigan aqlli kelinni rosa axtaribdi, oxiri bir podshoning qizini uch kun toʻy-tomosha qilib, oʻgʻliga olib beribdi.Oradan uch kecha-yu uch kunduz oʻtibdi.

Ertalab podsho oʻgʻlini yoniga chaqirib:— Qalay, xotindan mamnunmisan, oʻgʻlim?

— deb soʻrabdi.

— Menga yoqmadi, yomon ayol ekan, — deb javob beribdi oʻgʻli.

— Endi nima qilasan, — debdi podsho.

— Kelgan joyiga eltib qoʻyaman, — debdi oʻgʻli. Podsho u debdi boʻlmabdi, bu debdi boʻlmabdi. Oʻgʻli xotinini uyiga eltib qoʻyibdi.

Oradan uch kun oʻtkazib turib otasiga shunday debdi:— Ota, meni uylantirib qoʻying.Podsho «xoʻp» deb, yana oʻgʻliga xotin izlab shaharma-shahar, mamlakatma-mamlakat kezib chiqibdi. Oxiri bir podshoning qizini topib, uch kui toʻy-tomosha qilib olib beribdi.Oradan uch kecha-yu uch kunduz oʻtibdi, ertalab choy ichib oʻtirib podsho:— Qalay, oʻgʻlim, bu xotiningdan mamnunmisan?

— deb soʻrabdi.

— Yoʻq, — debdi oʻgʻli.

— Bu ham menga yoqmadi, yomon xotin ekan.Podsho nima deyishini bilmay oʻylanib qolibdi.

Keyin oʻgʻlidan soʻrab qolibdi:— Endi nima qilmoqchisan?

— Tugʻilib-oʻsgan joyiga joʻnatib yubormoqchimap, — deb javob beribdi oʻgʻli.Podsho oʻgʻlini koʻndirishga xarakat qilibdi, boʻlmabdi, qizni oʻz uyiga eltib qoʻyibdilar. Kunlar ketidan kunlar, tunlar ketidan tunlar oʻtaveribdi.

Bir kuni podshoning oʻgʻli otasiga qarab:— Ota, meni uylantirib qoʻying, — debdi.Podsho «xoʻp» debdi. Yana axtarib-axtarib bir podshoning qizini uch kecha-yu uch kunduz toʻy qilib oʻgʻliga olib beribdi. Podshovachcha bu xotini bilan ham uch kecha-yu uch kunduz turib, «yoqmadi», deb uyiga eltib qoʻyibdi.

Keyin podshovachcha otasiga qarab, «uylantirib qoʻning» degan ekan, otasi shunday debdi:— Oʻgʻlim, shuncha xotin olib berdim. «Birini oʻpoq, birini soʻpoq», deb haydab yubording.

Endi otga mingin-da, oʻzing axtarib topgin.Podshovachcha otasidan bu gapni eshitib, otiga minib, qiz axtarib ketibdi. Shaharning obod bir joyiga kelganida bir qizga koʻzi tushibdi. Qiz juda ham chiroyli emish. Oy desa ogʻzi, kun desa koʻzi bor emish. Shahzoda qizni koʻrib, yoqtirib, eshigiga belgi qilib, darrov orqasiga qaytibdi. Saroyga kelib, otasiga yoqtirgan qizining turar manzilini aytibdi. Otasi uch kecha-yu uch kunduz toʻy-tomosha qilib, haligi qizni oʻgʻliga olib beribdi.

Oradan uch kun oʻtkazib turib, podsho oʻgʻlidan:— Qalay, bu xotiningdan mamnundirsan oʻgʻlim, — deb soʻrab qolibdi.Shahzoda oldiniga «he, bu ham yomon xotin», deb aytishga ogiz rostlabdi-yu, ammo qizching husni jamolini koʻz oldiga keltirib, uni uyiga eltib qoʻyishga koʻzi qiymay, «yaxshi!» deb yuboribdi. Podsho xursand boʻlib, tagʻin uch kunlik toʻy-tomosha qilibdi.Kunlar ketidan kunlar, tunlar ketidan tunlar oʻta beribdi, podsho juda qartayib, hatto soʻroq soʻrashga ham yaramay qolibdi.

Oʻlarini bilib, podsholik hukmi yetgan joylariga vaziru amaldorlarini yuborib, yetti yillik xirojni undirib olib, hech kimga bildirmay yertoʻlaga koʻmdiribdi.

Keyin yoniga kelinini olivolib yertoʻlaga kiribdi:— Bolam, — debdi podsho oltinlarini koʻrsatib, — mening oʻlarim bor, qolarim yoʻq. Belimdan quvvatim, oyogʻimdan darmonim, koʻzimdan nurim ketdi. Eringizning esi past, shuning uchun ham mendan keyii yurtga podsho boʻlishiga aqlim yetmaydi. Mana bu koʻmgan xumlardagi oltinlarni tejab-tergab sarflasanglar, bir umrga yetadi. Mening vafotimdan keyin oltinlarning tasarrufini siz qoʻlga oling, — debdi.Koʻp oʻtmay podsho olamdan oʻtibdi.

Podshoning marosimlari oʻtgandan keyin:— Endi qoʻlingiz bir oz boʻshadi, bozorta borib mayda-chuyda xarid qilib kelsangiz, — debdi xotini podshovachchaga.Podshovachcha «xoʻp» deb xizmatkoriga xalta-xultani koʻtartirib bozorga ketibdi. Bozorga borib qarasa, yonida puli yoʻq emish. «Esdan chiqarib qoldiribman», — deb uyiga qaytibdi. Uyiga kelsa, xotinining yonida juda ham besunaqay shopmoʻylov bir barzangi oʻtirgan emish.

— Kim bu, — deb soʻrabdi podshovachcha.

— Togʻamning oʻgʻli, bozorga kelgan ekan, koʻrib ketay deb kelibdi.Yigit xotinining gapiga ishonib, bozor qilib kelibdi. Ziyofat katta boʻlibdi, aragʻu sharaq avjiga chiqibdi. Podshovachcha mast boʻlib qolibdi. Xotini uni eski-tuski koʻrpachaga oʻrab qoʻyib, oʻzi haligi barzangi bilai qavat-qavat koʻrpalarda ertalabgacha kayfu safo qilib chiqibdi. Choshtgoh boʻlganda podshovachcha oʻrnidan tursa, yonida xotini oʻtirgan emish.

— Koʻp uxlab qoldingiz, — debdi xotini, — turing, choy ichaylik!Podshovachcha oʻrnidan turibdi, hech narsani payqamabdi.Kunlar ketidan kunlar, tunlar ketidan tunlar oʻtaveribdi.

Bir kuni podshovachchaning xotini:— Bozorga borib, bozor qilib kelsangiz-chi, — debdi. Podshovachcha «xoʻp» deb bozorga ketibdi. Bozorga borib yonini qarasa, puli yoʻq. Olib kelay, deb uyiga kelsa, xotini kelishgan, xushmoʻylov bir yigitcha bnlpp apoq-chapoq gaplashib oʻtirgan emish.Podshovachchaning jahli chiqib:— Bu kim?

— deb soʻrabdi.

— Meni koʻrgani amakivachcham kelgan ekan, — deb javob beribdi xotini.Podshovachcha xotinining gapiga ishonib, ularni qoldirib bozorga ketib, kechga yaqin bozorni qilib qaytib kelibdi. Tuni bilan bazmu ishrat qilishibdi. Yarim kecha boʻlganda podshovachcha qattiq mast boʻlib qolibdi, xotini uni eski-tuskiga oʻrab qoʻyib, haligi amakivachcham, degan yigit bilan ertalabgacha kayfu safo qilib chiqibdi.

Bir payt podshovachcha boshi ogʻrib, koʻzi tinib oʻrnidan tursa, yonida xotini oʻtirgan emish.Podshovachcha bu sirni kimga aytishni bilmay rosa hayron boʻlibdi.Otasining bir oʻrtogʻi bor ekan. «Yaxshisi, otamning oʻrtogʻiga ayta qolay», debdi podshovachcha. Otasinipg doʻstining yoʻlini poylab koʻcha eshik tagidagi supada oʻtirgan ekan, bir payt oʻtib qolibdi.

— Amaki, sizda maslahatli zarur bir ishim bor edi, — deb podshovachcha boʻlgan voqealarnn unga aytib beribdi.

— Bu gapni ilgariroq aytishingiz kerak edi, shahzoda, — debdi otasining doʻsti.

— Birinchi marta xotpningizning togʻavachchasi kelgan ekan, ikkinchi marta amakivachchasi kelibdi. Bu gal ammavachchasi keladi.

Ammo shuni bir bilib qoʻyingki, xotiningizning ammavachchasi hoʻ bozorning roʻparasidagi katta doʻkonning egasi — boy boʻladi. U bir kunlik savdosining pulini yoniga tugib keladi.

Endi siz bundoq qiling: kechqurun yaxshilab ziyofat tashkil qiling, bozordan bitta echki terisini sotib olib, uni sanoch qildirib, uni ichingizdan osib oling.

Kechqurun ichkilikka oʻtirganda, hadeb qistay bering. Oʻzingiz aroqni ichgan boʻling-da, sanochga quya bering. Mabodo sanoch toʻlib qolsa, bironta bahona toping-da, eshikka chiqib uni toʻkib kiring, yarim kecha boʻlganda oʻzingizmi mastlikka soling.

Keyin nima boʻlishini koʻraverasiz.Podshovachcha xotinining «bozorga borib keliig», deyishini kutib yuribdi.

Bir kuni xotini podshovachchaga:— Bundoq bozor-oʻcharga borib kelsangiz-chi, uyda yogʻ ham qolmabdi, — deb qolibdi.Podshovachcha avvalgidek bamaylixotir «xoʻp» deb bozorga joʻnab ketibdi. Bozorga borib, katta bir echkining terisini sotib olib, sanoch qildirib, uni ichidan qorniga osib olibdi.Uyiga ertaroq kelib qarasa, xotini moʻylovi buralib qulogʻidan oshgan, koʻzlari olayib qinidan chiqqan bir kishi bilan bemalol gaplashib oʻtirgan emish. Podshovachcha xotinini chetroqqa chaqirib, qulogʻiga sekin:— Kim boʻldi bu?

— deb shivirlabdi.

— Ammavachcham, bozorga tushgan ekanlar, yoʻl-yoʻlakay jiyanimni koʻrib ketay deb kiribdilar, — deb javob beribdi xotini.Shunda podshovachcha:— Juda yaxshi, — deb ziyofatni boshlab yuboribdi. Dasturxon ustida aragʻu sharaq, meva-yu chevalar toʻlib-toshib yotgan emish.Podshovachcha araqni ustma-ust suzibdi. Oʻzi ham ichibdi, xotinining «ammavachchasi» ham betoʻxtov icha beryabdi. Bir payt podshovachchaning ichiga osib olgan sanoch toʻlib qolibdi, hech kimga sezdirmay tashqariga chiqib toʻkib kelib, oʻzini mastlikka sola beribdi.

Shunda xotin eski koʻrpachalarni solibdi. Bir imo qilgan ekan, haligi kishi podshovachchani dast koʻtarib koʻrpachaga yotqizibdi. Podshovachcha koʻrpachaning yirtigʻidan qarab tursa, xotini kimxobu atlas koʻrpalarni tizza boʻyi qilib solib, haligi odamnning oldiga kelib, erkalanib, quchoqlab, tizzasiga oʻtiribdi. Boy ham xotinning belidan quchib, dast koʻtarib koʻrpachaga qarab otibdi. Koʻrpada ikkovi suhbatlasha ketibdi. Buni podshovachcha eshitpb yotgan emish.

— Shu tentakka xotin boʻlguncha, menga xotin boʻla qolsangiz boʻlmaydimi?

— debdi boy.

— Bu jinnivachchaga xotin boʻlishimning boisi, — debdi xotin, — yertoʻladagn otasidan qolgan oltinni qoʻlga kiritishdir. Oltinlarni qoʻlga olgan kunim bu yerdan gumdon boʻlaman-da, sizga tegaman. Basharasi qursin, bu sassiq alafni.

— Bu koʻp ichib qattiq mast boʻlib qoldi. Maqsadingizni shu bugunning oʻzidayoq amalga oshirib qoʻya qolaylik. Oltinlarni joyidan olampz-da, biznikiga ketamiz-qolamiz, — debdi boy. Xotin:— Bugun oltinlar qayerdaligini bilib oling, boshqa kuni olamiz, — debdi.Ikkovi oʻrnidan turib, yetaklashib, yertoʻlaga tushishibdi. Podshovachcha ularning orqasidan chiqibdi. Xotin oʻynashiga oltin solingan xum koʻmilgan joyni koʻrsatibdi. Podshovachcha joyiga qaytib, uyquga ketgan boʻlib, xurrak otib yota beribdi.

Xotini ertalabgacha boy bilan aysh-ishrat qilib chiqibdi. Podshovachcha uyqudan turgan boʻlib, koʻzini ochsa, yonida xotini «yaxshi uxlab turdingizmi» deb turgan emish.Podshovachcha hech narsani sezmaganday, xotiniga yaxshi soʻzlar aytib, kulib, erkalabdi. «Kechagi voqeani aytay-chi, otamning doʻsti nima maslahat berar ekan», deb oʻylab, koʻchaga chiqibdi. Koʻchada otasining doʻstini koʻrib qolibdi. Uni chaqirib, toʻxtatib, bir chekkaga olib chiqibdi-da, kechasi roʻy bergan voqealarni bittasini ham qoldirmay aytib beribdi.

— Boʻlmasa, bundoq qilasiz, — deb maslahat beribi otasining doʻsti, — bozorga borib baquvvat-baquvvat yigitlardan toʻrttasini tanlab olasiz. Ularni uyoga olib kelib, «falon soʻmdan beraman, men aytgan narsamni indamay bajarasizlar», deb tayinlaysiz.

Keyin xotiningizni tashqariga olib chiqib, rosa doʻpposlaysiz, xotiningiz jonidan oʻtgandan keyin, «dod» deganicha ammavachchasi boʻlmish boynikiga yetib boradi. Boyni yetaklab, sizni boshlab shahar qozisining oldiga boradi. Xotiningiz chiqaman deydi, siz toʻyda oʻn ming ketgan, toʻlasin, deysiz, oxiri besh ming bersa rozi boʻlavering.

Keyin uyni sotishni ayting, bahosini yigirma ming tilla deng, keyin nima boʻlishini koʻra berasiz.Podshovachcha otasining doʻstidan bu maslahatni eshitib, uyiga kirib:— Xotin, men bir bozorga borib kelay, — debdi. Bozorga borib toʻrtta, togʻni ursa talqon qiladigan yigitlardan yollab olib uyiga qaytibdi, ularni xotiniga bildirmay mehmonxonaga joylabdi. Podshovachcha choy ustida xotini bilan gap talashib qolib, uni tashqariga sudrab chiqib rosa iylabdi. Xotin, «dod»

deganicha koʻchaga yugurib chiqib, toʻppa-toʻgʻri doʻkondor boynikiga boribdi. Uni ergashtirib uyga qaytib, podshovachchani ham olib, shahar qozisining oldiga boribdi:— Qozi pochcha, — debdi xotin, — meni mana bu zolimdan ajratib qoʻying. Boʻlmasa, birdamas-birda urib oʻldirib qoʻyadi.Shunda yigit ham:— Men ham ajralaman, ammo toʻyda sarflangan oʻn ming tillani qaytarsin, — debdi.Orada yana janjal koʻtarilibdi, xotin «besh ming beraman» desa, podshovachcha «oʻn ming berasan»

dermish, oxiri qozining hukmi bilan xotin besh ming tilla beradigan boʻlibdi. Podshovachcha pulni sanab, yoniga solib olibdi.

Keyin qoziga yuzlanib turib:— Qozi pochcha, — debdi, — xotindan ajraldim, endi shaharda turish menga oʻlim, hovlimni sotib, boshqa yurtga ketaman. Hovlimni siz olmaysizmi?Bu gapni eshitib, boy bilan xotinning koʻzlari qinidan chiqib ketay debdi. Shoshib-pishib, birdaniga «necha pulga sotasan?»

— deb soʻrashibdi.

— Yigirma ming tilla, — debdi podshovachcha.Qozi oʻn ming tilla qilibdi. Xotin bilan boy, yertoʻladagi oltin toʻla xumlarni oʻylab, hali zamon qozi yigirma mingga boʻlsa ham olib qoʻyadi, deb vahimaga tushib, «Mayli, aytgan yigirma ming tillangga biz olamiz», deyishibdi.

— Qozi pochcham rozi boʻlib hukm qilsalar, men nima ham der edim, — debdi podshovachcha.Qozi hovlini yigirma mingga hukm qilibdi. Boyda oʻn ming tilla bor ekan, xolos, qolgan oʻn ming tillani undan-bundan qarz-havola qilib topib, podshovachchaga beribdi. Podshovachcha: «Oʻn kundan keyin koʻchib kela beringlar», deb aytibdi.Besh ming xotin puli, yigirma ming uy pulini yoniga tugib olib, podshovachcha toʻppa-toʻgri haligi otasining doʻstinikiga kelibdi. Boʻlgan voqealarni ipidan ignasigacha qoldirmay batafsil aytib beribdi.

— Boʻlmasa, har bir daqiqa gʻanimat, men toʻrt kishilik palov tayyorlab turaman, sen darrov borib, haligi toʻrt mardikorii olib kel, — debdi otasining doʻsti.Podshovachcha borib, kutib turgan toʻrt mardikorni yetaklab kelibdi, oshni yeganlaridan keyin uyga borib yertoʻlaga koʻmilgan xumdagi tillani olib, yana otasining doʻstinikiga kelibdi. Toʻrt mardikorga aytgan pulini berib javob berib yuboribdi.Oradan oʻn kun oʻtibdi, podshovachcha bir boladan boyga:— «Uyni boʻshatdim, bemalol koʻchib kela bering!»

— deb xabar yuborib, oʻz ishi bilan band boʻla beribdi.Endigi gapni boy bilan xotindan eshiting: Boladan uyning boʻshatilganini eshitgan boyning suyunganidan yuragi yorilib ketay debdi. Boy bilan xotin shoshib-pishib uyga koʻchib kelishib, «ahmoq podshovachchani rosa bopladik-da!» deyishibdi.Ertasiga ikki ming tilla qarz olgan savdogar boyni chaqirib kelib qolibdi.

— Boy, olgan ikki ming tilla qarzingizni bersangiz men savdoga joʻnaydigan boʻlib qoldim, — debdi.

— Xoʻp boʻladi, hozir olib chiqaman, — deb boy xotinining oldiga boribdi.

— Savdogar ikki ming tillasini qistab kelibdi, qani yur xotin, yertoʻlaga koʻmilgan xumdagi tillalarni olib chiqaylik, — debdi.Ikkovlashib yertoʻlaga tushishibdi. Qarashsa, xum yoʻq emish, qup-quruq oʻra turgan emish, xolos.

— Bu qanday gap boʻldi, manjalaqi! Sen meni uyimdan, bor pulimdan ayiribgina qoldirmay, oʻn mmng tilla qarzdor ham qilib qoʻyding-ku!

— deb, boy yonidan pichogʻiii olib xotinga uribdi. Xotin yertoʻladan chiqiboq, tashqarida jon beribdi. «Buni koʻrsa, meni olib borib osishadi. Osilgandan koʻra pichoqda oʻlganim maʼqul», deb boy pichoqni oʻziga uribdi. Bir nafasda boy ham oʻlibdi.Savdogar, boy bobo nega kechikib ketdi, deb uzangiga oyogʻini tirab devordan qaragan ekan, hovlida bir xotin bilan bir erkak kishi qip-qizil qoniga belanib oʻlib yotgan emish. Oʻlikning boy ekanligini tanib qolib, «Obbo, xudo qoq-tepamdan urdi-ku, qarzimni toʻlagandan koʻra oʻlganim maʼqul deb, boyi tushmagur oldin xotinini oʻldirgan, keyin oʻziga pichoq urgan.

Endi bu yerdan tezroq qochib qolmasam boʻlmaydi, biron kishi koʻrib guvohlikka oʻtasan deb, qozima-qozi sudrab yuradi», deb savdogar ham kelgan tomoniga quyon boʻlibdi.Endigi gapni podshovachchadap eshiting: Podshoning doʻstini oʻn olti yoshli goʻzal bir qizi bor ekan. Toʻy-tomosha qilib qizni podshovachchaga beribdi. Kundan-kun oʻtib podshovachchaning xotini homilador boʻlibdi, oy-kuni ham yaqinlashib qolibdi.Podshoning Yaman viloyatida Hoji Asat degan karvonboshi oshnasi boʻlar ekan. Savdo ishi bilan har yili bir kelib ketar ekan.

Oʻsha yili ham kelib, karvon saroyiga tushibdi. Saroybondan podshoning oʻlganini eshitib, qatoridagi qirqta karvoni bilan fotiha oʻqigani boribdi. Podshovachcha va uning qaynatasi karvonboshini rosa ziyofat qilishibdi. Ketish oldida podshovachchaning qaynatasi:— Marhamatli karvonboshi, kuyovimizni birga mamlakatingizga olib ketsangiz. Hech boʻlmasa savdogarchilikni oʻrgansin, — debdi.Karvonboshi:— Bu bola hech yerga bormagan, hech yerni koʻrmagan, qanday qilib savdogarchilik qila oladi, — debdi.

— Sizning rahbarligingizda savdo-sotiqni oʻrganib olsa ajab emas, — debdi qaynatasi.

— Xoʻp, olib ketsak olib keta qolaylik, — debdi karvonboshi.

— Tayyorlikni koʻra bersin, biz tuyalardagi narsalarni pul qilib, qaytib kelib, olaketamiz.Qaynatasi kuyoviga savdo-sotiqni oʻrganing deb, qirq tuyaga mol qilib beribdi. Boz ustiga ikki xizmatkor, uch ot beribdi.Karvonboshi mollarini pullab, kech payt kirib kelibdi. U kuni ham ziyofat ustiga ziyofat boʻlibdi.

Ertalab tong otar paytida podshovachcha karvonboshi bilan yoʻlga tushibdi. Ketish oldida qaynatasi:— Bolam, hamma vaqt Qoravoy karvonboshining gapiga quloq soling. Nima desa oʻshani qiling. Yoʻlda katta bir daryodan oʻtasizlar, daryodan oʻtgandan keyin «Manzilobod» degan mazgil keladi.

Shu mazgilda aslo yotmanglar, — deb tayinlabdi.Podshovachcha Qoravoy karvonboshi boshchiligida «hayyo-hu» deb yoʻlga tushibdi. Yoʻl yurishib, yoʻl yurishsa ham moʻl yurishib, bir daryoyi azimga yetib kelishibdi. Bir iloj qilib, daryodan oʻtib olib, yoʻlni davom ettirishibdi, kundan-kun, oydan-oy oʻtib, bir manzilga yetib kelishibdi. Bunday joyni hali hech kim koʻrmagan emish. Turli-tuman gullar ochilib, shoxlarida bulbullar sayrab turgan emish. Karvonboshi: «Turgʻunboy akaning tayinlagan joyi shu boʻlsa kerak», deb bu manzilda yotib qolmasliklarini aytibdi.

— Shunday obod joyda dam olmay qayerda dam olamiz. Buning ustiga kun ketib qoldi, kechasi qorongʻida timirskilanib-turtinib yurgandan koʻra shu yerda qolganimiz maʼqul emasmi, — deb soʻzida turib olibdi podshovachcha.Qoravoy karvonboshi bilan karvonlar bir tomon boʻlibdi, podshovachcha bir tomon boʻlibdi. «Bu joyda toʻxtamaymiz», — deb ular aytisharmish. «Yoʻq, bu joydan yaxshiroq joy topolmaymnz», deb podshovachcha aytar emish. Oxiri boʻlmabdi, Qoravoy karvonboshi podshovachchaning yolgʻiz oʻzini qoldirib joʻnab ketmoqchi boʻlibdi.

Keyni: «Qaynatasi menga ishonib qoʻshib bergan edi, buni yolgʻiz tashlab ketish odamgarchilikdan emas», deb tunashga majbur boʻlibdi.Endi yotaylik deb turishgan ekan, qayoqdandir oy desa ogʻzi, kun desa koʻzi bor bir qiz paydo boʻlib qolibdi, yoshi oʻn sakkizlarda emish. Husnining shuʼlasiga qorongʻi kecha kunduzdagidek boʻlib ketibdi. Yonida ola mushugi koʻzini chaqnatib, dumini gajak qilib turganmish. Qiz podshovachchaga qarab, labini tishlab, biqinini ushlab, ogʻzidagi saqichiii qars-qarslatib tura beribdi.

Avvaliga savdogar karvonlar qizga eʼtibor qilishmabdi.

Keyin qiz qoʻliga tilla dutorini olib mashq qila ketibdi. Bir mahal hamma mast boʻlib mudrab uyquga ketayotgan emish. Qiz mashqni toʻxtatibdi.Podshovachchasi tushmagur birpasda haligi qizga xushtor boʻlib qolibdi. Qizning ishqi jigaridan teshib oʻtibdi.

— Isming nima?

— deb soʻrab qolibdi podshovachcha qizdan.

— Otim Boʻtakoʻz, — deb javob beribdi qiz, noz-karashma bilan.

Keyin: «Men bilan garov oʻynaydigan mard bormi?»

— debdi.Yerdan sado chiqsa chiqibdiki, oʻtirganlarning birontasidan bir ogʻiz sado chiqmabdi.

— Oralaringda men bilan garov oʻynaydigan mard bormi?

— deb uchinchi martaba soʻraganda, podshovachcha oʻrnidan turib:— Garovni mana men oʻynayman. Nimadan garov oʻynaymiz?

— debdi.Qiz:— Mana bu ola mushugimni ikkimizning oʻrtamizga oʻtkazib qoʻyib, oʻn qadoqlik yogʻ ketadigan chiroq bor, unga oʻn kadoq yogʻ quyib, uni yoqib mushukning boshiga oʻrnatamiz. Mushuk chiroqni ertalabgacha boshidan tushirmay choʻnqayib oʻtirganicha oʻtirib chiqadi. Mushuk ertalabgacha boshidan siroqni tushirmay chiqsa men yutganim, bordi-yu, qimirlab chproqni tushirib yuborsa, mening yutqizganim, sizning yutganingiz.

— Buni qarang-a, — debdi podshovachcha, — oʻzi mushuk boʻlsa-yu, boshidan oʻn qadoqli chiroqni ertalabgacha tushirib yubormasa-ya, bu boʻlmagan gap. Garovda men yutaman. Garov nimadan, oʻynaganim boʻlsin, — debdi podshovachcha.

— Sizning xohishingiz, nimadan oʻynaymiz desangiz oʻshandan oʻynaymiz.

— debdi qiz.

— Qirq tuyada molim bor, oʻshandan oʻynaymiz, — debdi podshovachcha.Bu gapni eshitib Qoravoy karvonboshining jon-poni chpqib ketibdi. Shoshib-pishib uning qulogʻiga:— Podshovachcha, garovni oʻynamang, qizga yutqizib qoʻyasiz, — deb shivirlabdi karvonboshi.

— Yutqizsam yutqizarman, — deb soʻzida turib olibdi podshovachcha.Shu payt qiz podshovachchaga yaqinroq kelib:— Qani, boshladik, — debdi.Qiz oʻn qadoqlik chiroqqa oʻn qadoq yogʻ solib, uning piligiga oʻt qoʻyib, choʻnqayib oʻtirgan mushukning boshiga oʻrnatib qoʻyib, dutorini mashq qilib oʻtira beribdi. Mushukning oʻng tomonida podshovachcha, chap tomonida qiz Qoravoy karvonboshi boshliq savdogar ham gong otguncha mijja qoqmay mushukka termulib chiqibdilar.

Mushuk ertalabgacha qimir etmabdi, kun koʻtarilganda qiz dutorini yerga qoʻyib, zangni chalib, mushukning boshidan chiroqni olibdi.Podshovachcha yutqizganligini anglab, oʻzini qayerga qoʻyarini bilmay qolibdi. Qiz xizmatkorlariga tuyalardagi mollarni tushirishni buyuribdi.Qoravoy karvonboshi, bizning gapimizga kirmading, endi bilganingni qil, biz ketdik, deb tuyalariga mollarini ortib, Yaman viloyatiga joʻnab ketibdi. Podshovachcha uch ot va ikki xizmatkor bilan nima qilarini bilmay qolaveribdi.

Bir vaqt podshovachcha oʻziga kelib, ikki xizmatkoriga qarab:— Endi sizlar otlarga minib orqanglarga qaytinglar. Men karvonlar orqasidan joʻnayman, qayerga borsa boraman, — debdi.Karvonlar ancha tezlab ketgan ekan, yetolmabdi. Podshovachcha yoʻl yuribdi, yoʻl yursa ham moʻl yuribdi. Bir shaharga borib qolibdi. Axtarib-axtarib kiradigan joy, yeyarga non, icharga suv topolmabdi, koʻcha-koʻyda yashay boshlabdi. Bu orada podshovachcha otini sotib, pulini yeb boʻlibdi.

Oxiri gadoychilik qilibdi — boʻlmabdi, meshkoblik qilibdi — boʻlmabdi. Bir mantipazga oʻtqalar boʻlib, zoʻr-bazoʻr tirikchiligini oʻtkazib yuraveribdi. Podshovachchani bu ahvolda qoʻying-da, ikki ogʻiz gapni xotinidan eshiting:Toʻqqiz oy, toʻqqiz kun, toʻqqiz daqiqa deganda xotinining koʻzi yoribdi.

Endi ona erini, bola otasini, qaynatasi kuyovini intizorlik bilan kuta boshlashibdi.Endigi gapni Qoravoy karvonboshidan eshiting: Yamanga yetib borib, mollarini pullab, yana orqasiga qaytib, kundai-kun, oydan oy oʻtib, doʻsti Turgʻunboy yashaydigan shaharga yetib kelibdi. Karvon saroyga qoʻnib, mollarini endi tushirib boʻlgan ham ekan, oshnasi yetib kelib:— Kuyov-oʻgʻlimiz qani?

— Yoʻlda gapimizga kirmay, siz qoʻnmanglar, degan joyga qoʻnib, oʻsha yerlik bir qiz bilan garov oʻynab, bor-yoʻq bisotidan ayrilib, qolib ketgan edi, keyin uchratmadik, — deb janob beribdi Qoravoy karvonboshi.Turgʻunboy ota «Attang!»

— debdi-da, iziga qaytibdi. Otasini xafa koʻrgan qizi:— Ota, kuyovingiz qaytmabdimi?

— deb soʻrabdi.

— Ha, ering mollarini sotib boʻlib, men Yaman shahrini tomosha qilib, keyinroq boraman, deb qopti, — debdi otasi.Tundan-tun, kundan-kun oʻtarmishki, podshovachchadan darak yoʻq emish.Xotinining rangi somonday sargʻayibdi, husni soʻlibdi, bir kuni bolasini uxlatib qoʻyib, qoʻliga oʻtkir pichoqni olib, otasining yoniga kirib:— Ota, — debdi otasiga qarab, — rostini aytsangiz aytganingiz, boʻlmasa mana shu pichoqni oʻzimga uraman, bebaxt yakka-yu yagona qizingizdan ayrilib qolasiz.

Kuyovingiz haqiqatan ham Yaman shahrini tomosha qilaman deb, qolganmi, yoki biron-bir boshqa sabab bilan qolib ketganmi?Otasi qizining vajohatini koʻrib, aytmasam oʻzini oʻldirib qoʻyadi, deb qoʻrqib, Qoravoy karvonboshidan eshitgan gaplarining hammasini aytib beribdi.

— Boʻlmasa menga ham qirq tuya mol qilib berasiz. Savdogar karvonlar bilan birga borib kuyovingizni, u yutqizgan mollarni ham olib qaytaman.Shunda otasi:— Bolam, sen uzoq safarga yurmagansan, buning ustiga kichkina qoʻzichogʻing bor, uni qayga qoʻyasan?

— debdi.

— Ota, — debdi qizi, — uzoq safarga chiqmagan boʻlsam chiqmagandirman, endi chiqsam nima qipti. Bolamga bir iloj qilib siz qarab turarsiz. Agar aytganimga koʻnmasangiz, pichoqni oʻzimga bir uraman-da, oʻlaman ketaman!Otasi oʻylanib, «Bittayu-bitta qizim boʻlsa, qarab tursam kundan-kun soʻlib boryapti.

Endi «bormasam oʻzimni oʻldiraman» deyapti. Nomus kuchlik oʻzi oʻzini oʻldirib qoʻysa, bittayu-bitta bolamdan ayrilib qolmayin», deb:— Qizim, eringning yonigʻa borishga ahd qildingmi?

— deb soʻrabdi otasi.

— Ha, ota, ahdim ahd!

— debdi qizi.Otasi rozi boʻlib, «mayli, borsang bora qol!» debdi.

Keyin qizining aytganini qilibdi-da, karvon saroyga borib Qoravoy karvonboshiga uchrabdi.

— Doʻstim, — debdi ota, — qizim sizlar bilan ketishga mendan ruxsat soʻradi. Sizlarni oʻn besh kun kutishsin. Oʻn besh kunlik xarajatlaringizni men koʻtaraman, — depti.Qoravoy karvonboshi oʻylanib turib, rozilik beribdi.Podshovachchaning xotini ikkita yangi tugʻilgan sichqon bolasini ushlab olib, ular bilan oʻn besh kun kechasi demay, kunduzi demay shugʻullanibdi. Oʻn besh kun deganda sichqonlar «kisht» desa yugurib oʻrtaga chiqadigan, «isht» desa ichkariga kiradigan boʻlibdi.

Erkakcha kiyib, sochini boshiga turmaklab telpakni kiyib, «kisht-isht»ga oʻrgatgan ikki sichqonini qoʻyniga solib, «Ogʻa, Qoravoy karvonboshiga borib ayting, men joʻnashga tayyorman», — debdi.Otasi podshovachchadan qolgan oltinlardan sotib qirq tuyaga mol qilib, qiziga uch ot berib, ikki mardikor qoʻshib, «Oy borib, omon kelgin», deb yoʻlga solib yuboribdi.Karvon yoʻl yuribdi, yoʻl yursa ham moʻl yuribdi.

Bir payt oldingi oʻtgan daryoi azimga stib kelib, undan eson-omon oʻtib, yoʻlda davom etaveribdilar.Oydan-oy, kundan-kun, oʻtib, haligi manzilgohning ustidan chiqib qolishibdi. Manzil yana ham goʻzal joyga aylanib qolgan emish. Sonsiz-sanoqsiz buloqlardan zilol suvlar qaynab chiqib turgan emish, rango-rang gullarning shoxlarida qumri, toʻti, bulbullar nagʻma chalayotgan emish.

«Otam yotmanglar deb tayinlagan, erim qaysarlik qilib tunab, garovda mol-dunyosidan ajralgan joy shu yer boʻlsa kerak», — deb oʻylabdi podshovachchaning xotini, keyin Qoravoy karvonboshiga qarab:— Shu yerda tunasak-chi, — debdi ayol.

— E, nima deyapsiz, — debdi Qoravoy karvonboshi, — bu yerda yotib qolishni xayolizga ham keltirmang. Bu yerda yotgan odam hech omon ketgan emas. Bilsangiz, eringizning sharmandasi ham xuddi shu yerda chiqqan-ku, axir.

— Toʻgʻri, erimning shu yerda rasvosi chiqqanini eshitganman.

Shuni bilib turib shu yerda tunasak deyapman.

Shu yerda qolaylik, agar garovda yutqizsam sizlarning qirq tuyadagi mollaringizni ham toʻlayman, — deb ayol qattiq turib olibdi. Oxiri boʻlmabdi, saroyga tuyalarni choʻktirib, ular ustidagi mollarini tushirib, ovqatlanishga oʻtirgan ekanlar hamki, roʻparada qoʻlida oltin dutor ushlagan bir qiz paydo boʻlibdi.Qiz juda goʻzal emish, oy desa ogʻzi bormish, kun desa koʻzi bormish. Mayda qilib oʻrilgan qirq kokili toʻpigʻini oʻparmish.Qiz tilladan boʻlgan dutorini mashq qilib, labini tishlab, biqinini ushlab, saqichini «qars-qurs» chaynab turib:— Qani, oralaringda biz bilan garov oʻynaydigan mard bormi?

— debdi.Yerdan sado chiqsa chiqibdiki, oʻtirganlarning birontasidan «gʻing» degan ovoz chiqmabdi. Qiz ikkinchi marta soʻraganda, erkakcha kiyim kiygan podshovachchaning xotini oʻrnidan turib:— Men oʻynayman. Nimadan oʻynaymiz?

— debdi.

— Yonimdagi ola mushukni ikkimizning oʻrtamizga oʻtqazib qoʻyib, oʻn qadoqlik yogʻ ketadigan chiroqni yondirib boshiga oʻrnataman. Mushuk chiroqni boshidan tushirib yubormay ertalabgacha oʻtirib chiqadi. Mushuk chiroqni ertalabgacha boshidan tushirmasa garovda men yutgan boʻlaman, bordi-yu boshidan tushirib yuborsa, sening yutganing, — debdi qiz.

— Garovni oʻynaganim boʻlsin, — debdi podshovachchaning xotini.

— Sharti nimadan?

— Sizning xohishingiz, nimadan oʻynaymiz desangiz oʻshandan oʻynay beramiz, — debdi qiz.

— Mening qirq tuyada molim bor. Anavi oʻtirgan qirq bir savdogarning qirq bir tuyada moli bor. Oʻshandan oʻynaymiz, — debdi podshovachchaning xotini.

— Men roziman, — debdi qiz.Bu gapni eshitib, Qoravoy karvonboshining boshidan hushi uchibdi, podshovachchaning xotiniga qarab:— Garovga molni tikmang, bu jodugarga yutqizib sharmanda boʻlamiz, — debdi.

— Parvo qilmang, — debdi xotin.Shu payt haligi qiz oʻn qadoq yogʻ quyilgan chiroqni yoqib, mushukni yetaklab, ayolning oldiga kelib:— Qani, boshladik, — debdi.Mushukni oʻrtaga oʻtqizib qoʻyib, tilla dutorda mashq qilib oʻtiraveribdi. Savdogar karvonlar bir burchakda har birining uyqusi qochib, «podshovachchaning xotini albatta yutqizib qoʻyadi, biz boʻlsak, ham moldan, ham otlardan ayrilib, piyoda qolib, choʻlu biyobonlarda oʻlib ketamiz», deb ming bir tashvishga tushib, mijja qoqmay mushukka termulib oʻtirishibdi.

Vaqt oʻta beribdi, mushuk shu qotganicha qotib, qimir etmay turaveribdi. Qiz ham dutorda mashqini qilib, bamaylixotir oʻtira beribdi.Podshovachchaning xotini qizga qarab:— Shu ham mashq qilishmi, qani dutorni menga ber-chi, bir mashq qilib koʻray, — debdi.Qiz oltin dutorni ayolga beribdi.Podshovachchaning xotini mashq qila boshlabdi, u chalgan kuydan savdogar karvonlar uxlab qolibdi.

Ammo qiz termulganicha termulib oʻtirgan emish, podshovachchaning xotini ikkinchi kuyni chala boshlabdi, uni eshitgan qiz erib ketib, mudray boshlabdi.Podshovachchaning xotini uchinchi kuyni chalganda qiz uyquga ketib qolibdi. Podshovachchaning xotini bir qoʻlida dutorni chalib turib, ikkinchi qoʻli bilan qoʻynidagi sichqonlarni olib qoʻyib yuboribdi. Sichqonlar yoʻrgʻalaganlaricha, mushukning roʻparasiga borib «chiy-chiylashib» tura bsrishibdi.

Sichqonlarni koʻrgan mushukning qulogʻi tikkannb, moʻylovi nayza-nayza boʻlib, unga tashlanibdi.Shunda boshidagi chiroq yerga tushib chilparchin boʻlibdi. Sharpadan qiz ham, savdogar karvonlar ham uygʻonib ketishib qarashsa, podshovachchaning xotini dutorni chalib oʻtirgan emish, mushuk mayda-mayda boʻlib ketgan chiroq ustida koʻzidan yoshini toʻkib turgan emish. Podshovachchaning xotini sichqonlarga qarab sekin «isht» degan ekan, ular darrov xotinning qoʻyniga qaytib kirib ketishibdi.

Haligi qiz mushukning yoniga kelib, uni tepib urib:— Biz yutqizdik, butun umrim boʻyicha garovda yutgan mollar ham, oʻzim ham sizniki boʻldim, — deb boshini egib tura beribdi. Savdogar karvonlarning ichiga yorugʻ kirib, oʻzlarida yoʻq xursand boʻlishibdi.

Ertalab azonda savdogar karvonlar yutib, olingan mollarni tuyalarga yuklab, «foydani shu yerdayoq qildik» deb, joʻnash taraddudini koʻra boshlabdilar.Podshovachchaning xotini yutib olgan qirq tuya molni tuyalarga orttirib, ikki xizmatkor bilan otasining oldiga joʻnatib yuborib, qolgan qirq tuya molni olib, qizni ergashtirib Yamanga yoʻl olibdi.Kundan-kun oydan-oy oʻtib, Yamanga ham yetib kelib, bir karvon saroyga tushishibdi.

Shahzodaning xotini Boʻtakoʻz oyimni bir xonaga oʻtqazib qoʻyib, oʻzi otlanib rastama-rasta podshovachchani axtarib ketibdi. Kechga yaqin bir rastaning oldida oʻtirgan podshovachchaga uning koʻzi tushibdi. Podshovachchaning sochlari oʻsib yelkasiga tushgan, koʻzlaridan nuri ketib, yiring bosib ketgan emish. Kiygan ust-boshiga qarab boʻlmas emish.

Ayol otdan tushib, mantixonaga kirib, mantipaz bolani chaqirib:— Bir tovoq somsa bilan bir tovoq manti qilib, hu anavi shumshaykb oʻtirgan kishidan kiritib yuboring, — debdi.Mantipaz bu soʻzni eshitib agʻrayib qolibdi.

— E, ogʻa, — debdi u mehmonga qarab, — uning qoʻlidan ovqat yeb boʻlarmidi, ishtahangiz boʻgʻilib qoladi, achib-sasib yotibdi-ku, axir. Hidiga aslo turolmaysiz! Menda oʻt qalar edi, sasib-achib ketgandan keyin haydab yuborganman. Har kuni kelib qolgan-qutgan ovqatlarni yeb ketib yuradi bechora. Ovqatni oʻzim olib kela qolay.

— Yoʻq, — debdi ayol, — mantilarni oʻsha kishidan berib yuboring.Mantipaz noiloj bir tovoq manti bilan bir tovoq somsani podshovachchadan kiritib yuboribdi.Podshovachcha qoʻrqa-qoʻrqa ovqatlarni koʻtarib xotinining oldiga kirib kelibdi. Xotini erini tanibdi, ammo podshovachcha xotinini tanimabdi, ovqatni qoʻyib yerga qaragancha, chiqib ketayotgan ekan, xotini unga qarab shunday debdi:— Borib yuz-qoʻllaringni yuvib kel, birga ovqatlanamizPodshovachcha unamasa ham qoʻymabdi.

Keyin qoʻrqa-qoʻrqa ariqdan borib yuz-qoʻllarini yuvib qaytib kiribdi. Er-xotin birga ovqatlanishar emishu, ammo podshovachcha yonida oʻtirgan erkak kiyimidagi xotinini fahmlamasmish. Ovqatni yeb boʻlishib, bir choynakdan koʻk choy ichishibdi. Podshovachchaga sal jon kirib, yuziga qizil yuguribdi.

— Ovqatlanib boʻldingizmi?

— debdi xotini.

— Rahmat, aka, ovqatlanib boʻldim, — debdi podshovachcha.

— Ovqatlanib boʻlgan boʻlsangiz, bir savol bersam maylimi?

— debdi ayol.

— Mayli, — debdi podshovachcha.

— Bu shahar odamiga oʻxshamaysiz, qaysi shahardansiz?

— deb soʻrabdi ayol.Ayol bu savolni bir necha takrorlabdi, ammo podshovachchaning ogʻzidan «lom-mim» degan nido chiqmabdi.Oxiri ayol:— Nima sababdan oʻzga yurtlarda xor-zor boʻlib yurasiz «Boshqa yurtda podsho boʻlguncha oʻz yurtingda gado boʻl!» deggi soʻzni eshitmaganmisiz?

— debdi.Ayolning gapi taʼsir qilib, podshovachcha bir «oh!» tortib:— Boshimdan oʻtganni soʻzlasam soʻzlay qolay, — debda.

Keyin shoshilmay, koʻrgan-kechirganlarini hech birini qoldirmay bir boshdan soʻzlay ketibdi.

Ertalab tong otibdi hamki, podshovachchaning hikoyasi tugamabdi. Tush paygi boʻlganda podshovachcha: «Keyin siz koʻrib turgan shu ahvolga tushib qoldim», deb hikoyasini tugatibdi.

— Xafa boʻlmang, — debdi ayol, uni yupatgan boʻlyab, — Misr shahrining odami ekansiz. Biz ham Misrdanmnz.

Keyin, sizni bu yerdan chiroyli bir ayolga uylantirib qirq tuyaga molni yuklab, ikkita xizmatkor qoʻshsak, biz bilan birga Misrga kegasizmi?

— deb soʻrabdi.Podshovachcha yerga qarab turib, hoʻngrab yigʻlab yuboribdi.

— Mana bu oltinni oling-da, — debdi ayol, — somsapazga berib, tez qaytib keling.Podshovachcha somsaning pulini somsapazga berib, tez qaytib kelibdi.

— Endi sartaroshga borib soch-soqolingizni oldiring, bozordan eng yaxshi kiyimlardan olib, hammomga boring, kechqurun falon joydagi karvon saroyga keling, — debdi xotini.Podshovachcha ayol aytganidek qilib soch-soqollarini oldirib, bozordan shahzodalar kiyadigan kiyimlardan olib, hammomga tushib, yuvinib-taranib, kech payt mehmon aytgan karvon saroyga boribdi. Katta bazm qilib, Boʻtakoʻzni podshovachchaga nikoh qilishibdi.

Ertalab podshovachchaga qirq tuyaga molni yuklab berib, unga ikki hamroh qoʻshib Misrga joʻnatibdi, keyin tuyalardagi mollarni pullab, oʻzi ham joʻnabdi, jadallab podshovachchaga yetib olibdi-da, Misrga uch kunlik yoʻl qolganida u podshovachchaga qarab shunday debdi:— Shahzoda degan nomingiz bor, ikkinchidan, safarda ancha yuribsiz.

Shundoq kirib borsangiz shaʼningizga isnod boʻlar. Men otimni qichab shaharga ertaroq yetay-da, kelayotganingiz xabarini ota-onangizga bildiray. Kutib olishsin!

— debdi.Podshovachcha rozi boʻlibdi. Xotini qichab yoʻlga tushibdi. Ayol uyiga yetib kelib, otasi va bolasini koʻrib, hol-ahvol soʻrashib, erkak libosini yechib tashlab, ayol libosini kiyib oʻtira beribdi.

Oradan uch kun oʻgibdi, podshovachcha qirq tuya yuki, yonida Boʻtakoʻz yori bilan kirib kelibdi. Podshovachcha uyga kelib, xotiniga ham, bolasiga ham eʼtibor qilmabdi, kecha-yu kunduz Boʻtakoʻz bilan boʻlaveribdi.Podshovachcha kelibdi, deb qarindosh-urugʻlar, tanish-bilishlar yigʻilishibdi. Katta bazm boshlanibdi. Podshovachcha toʻrda oʻtirib, koʻrgan-kechirganlarining biriga oʻn yolgʻonni qoʻshib hikoya qila ketibdi. Xotini eshitib oʻtirsa, podshovachcha butunlay yolgʻon gapirayotgan emish.

Yoniga kelgan ekan, «Nari tur, sen ham xotinmisan», deb jerkib beribdi.Shunda ayol, «Qirq tuyaga yukni ortib, safarga chiqib, yoʻlda garovga yutqazib qoʻygan bolam», deb bolasini oʻng tizzasiga olibdi, «Shaharma-shahar yurib devonachilik qilib, keyin somsapazga shogird tushib, oxiri haydalgan bolam», deb bolasini chap tizzasiga olibdi.«Bir kimsa oldiga chaqirib, ovqatlantirib, musofirmisan deganda hoʻngrab yigʻlagan bolam», deb bolasini yana oʻng tizzasiga olibdi, «Bir ayolga uylantirib qirq tuya mol qilib bersak shahringizga borasizmi?»

deganda shu gapni aytgan kishining oyogʻiga yiqilib uni oʻpgan bolam», deb bolasini yana chap tizzasiga olibdi.Shunda podshovachcha yalt etib xotiniga qarabdi, uni tanib, yugurib oldiga kelib oyogʻiga yiqilib uni oʻpib:— Men ahmoq, nodonni kechir!

— debdi.

— Mening koʻzim endi ochildi, birinchi avliyo otam ekan: otam mehnat qil yoki hunar oʻrgan, desa gapiga kirmay, yomon yoʻlga kirdim; ikkinchi avliyo qaynatam ekan: safarga otlantira turib tunama degan joyda tunab, aytganini qilmay, sharmandai sharmisor boʻldim. Uchinchi avliyo sen ekansan: sening yaxshiliklaringni bilmay koʻr boʻldim.Podshovachcha shunday debdi-da, qilichini sugʻurib Boʻtakoʻzni chopmoqchi boʻlgan ekan, xotini «bunda ayb yoʻq!» deb oʻrtaga tushib, Boʻtakoʻzni olib qolibdi.

Boʻtakoʻzni savdogar karvonlardan biriga nikoh qilib berib, podshovachcha oʻz xotini bilan har yili bir-ikki savdoga borib, tinch farogʻatda yashab, murod-maqsadlariga yetibdi.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!