← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
IbratliBolalar uchunPodsholarTabiatOilaQisqa

Mashq-da

163 soʻz

Bir podsho oʻz xotini bilan ovga chiqibdi. Yoʻlda osmonda bir qushni koʻrib, podsho xotinidan:— Mana shu uchib borayotgan qushni otib tushiraymi?

— deb soʻrabdi. Xotini rozilik beribdi.

Shunda podsho poylab turib, miltiqdan bir oʻq uzib, qushni urib tushiribdi. Podsho huzur bilan xotiniga qarab:— Qoyil qoldingizmi?

— debdi. Xotini esa beparvolik bilan:— Mashq-da, debdi. Podshoning jahli chiqib, xotiniga hech soʻz aytmay, uni dashtda qoldirib, saroyga qaytibdi.Oradan bir necha oylar, yillar oʻtibdi. Podshoning xotini oʻz yaqinlariga:— Menga bir yangi tugʻilgan buzoqni keltirsangiz. Men uni boqib katta qilsam, — debdi. Unga bir buzoqni keltirishibdi.

Podshoning xotini bir xilvat joyga boloxonali imorat qurdirib, haligi boloxonaga zina orqali har kuni buzoqni bir necha marta koʻtarib olib chiqib, yana koʻtarib olib pastga tushaveribdi.Buzoq katta boʻlaveribdi. Haligi ayol uni koʻtarib boloxonaga olib chiqaveribdi va tushaveribdi. Podshoga xabar yetibdi. Podsho kelib qarasa, bir ayol har kuni bir katta buqani boloxonaga koʻtarib olib chiqib, yana bir ozdan soʻng olib tushar ekan.

Shunda podsho xotinining soʻzini esiga olib:— Bu ham mashq-da,—deb aytgan ekan.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!