← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
Hayvonlar haqidaBolalar uchunPodsholarTabiatQisqa

Mushuk

189 soʻz

Bir kampir shokosaga osh quyib, «oʻgʻlim kelsa ichadi», deb tokchaga qoʻygan ekan. Uning bir mushugi bor ekan, u oshni ichib turgan ekan. Kampir mushukni “pisht”, debdi. Mushukning tumshugʻi shokosaga tegib, agʻdarilib sinibdi. Kampir eshikni bekitib olib, mushukni uraveribdi, eshikni ochibdi, mushuk qochibdi. Mushuk «odam bor joyda turmayman», deb ketib qolibdi. U togʻning tepasiga yetib qolgan ekan, uzoqda ikki kaklik bir-birini tepib urishib turganiga koʻzi tushibdi. Ular:— Ikkalamiz bir-birimizni choʻqib oʻldirib qoʻymaylik, birovdan soʻraylik. “Shu uyda sen tur desa, men turayin”, — deb mushukka roʻpara boʻlishdi.

— A, mushukvoy nima deysan?

— debdi. Mushukvoy:— Ho, gaping boʻlsa bu yoqqa kelib gapir, qulogʻim garang, — debdi. Kaklik:— Oldingga borgani qoʻrqamiz, yeb qoʻyasan, — debdi. Mushuk:— Men mushuklarning ichida eshoniman, soʻfisiman, taqvodoriman, yemayman, — debdi. Ikkala kaklik kelib:— Huv anavi togʻning kanori meniki. Oʻsha uyda men turib edim. Boshqa togʻlarga chiqib, aylanib kelsam, mening turgan joyimda bu turibdi. Bu joy meniki. Ketgin desam, joyimni bermayman, deydi.

Endi gapim shu, turganning oʻzi tursinmi, men ketaverayinmi yoki bu ketib, men turayinmi?

Shunga nima deysan, — debdi. Mushuk:— Men eshonman, soʻfiman, taqvodorman, — deganimga ishonib kelganingga ikkovingni ham yeb qoʻya qolay, deb ikkovini ham ushlab olibdi.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!