Husayn mirzoning qirq vaziri bor ekan. Qirqinchisi Alisher Navoiy ekan. Bir kam qirq vazir Navoiyni Husayn mirzoga yomonlay beribdi. Husayn mirzo Alisherni vazirlikdan boʻshatibdi.Bir kuni Husayn mirzo bir kam qirq vazirdan:— Dunyoda nima lazzatli?
— deb soʻrabdi. Vazirlar bilgan va boshlariga kelgan hamma sirlarni aytibdilar.Husayn mirzo:— Yoʻq, topolmadingiz!
Ertalabgacha topib bermasangiz hammangiz joningizdan umidingizni uzing!
— debdi.Vazirlar oʻzaro maslahat qilishibdi.
— Buni Alisher biladi, — debdi vazirlardan biri. Uni Navoiyga yuboribdilar. Vazir Navoiyning oldiga kelib:— Husayn mirzo bizga: «Dunyoda nima lazzatli, shuni topinglar!» deb buyurdi, biz topa olmadik. Aytib bermasangiz boʻlmaydi, — debdi.
— Qaysi ovqatni och qolib yesangiz, oʻsha lazzatli deng, — debdi Navoiy.Vazirlardan Husayi mirzo soʻraganida ular shunday debdilar.Husayn mirzo aytibdi:— Buni siz topmagansiz, toʻgʻrisini ayting, kim aytib berdi?Vazirlar:— Taqsir, oʻzimiz topdik, — debdilar.Husayn mirzo hammalarini bir uyga qamab:— Kimki toʻgʻrisini aytmasa, shu uydan birma-bir chaqirib, boshini olaveraman!
— debdi.Shunda vazirlar turib:— Biz Alisherdan soʻradik, — debdilar. Husayn mirzo aytibdi:— Oʻzingiz uni menga yomonlab haydatib yuborib, yana nega undan maslahat soʻraysizlar? Demak, usiz sizlarning miyangiz ishlamas ekan-da!
— debdi va Navoiyni chaqirtirib, yana vazirlikka tayinlabdi.