← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
IbratliBolalar uchunPodsholarAdolatQisqa

Hamyon

236 soʻz

Bor ekan-da, yoʻq ekan, qadim zamonda bir cholu kampir boʻlgan ekan. Ular juda qashshoq yashashar ekan, zoʻrgʻa kunlari oʻtar ekan.

Nihoyat qashshoqlik cholning joniga tegibdi va kampiriga shunday debdi:— Ey, kampir, qachon peshonamizning shoʻri arir ekan. Hamma balo savodsizligimizda. Oʻqigan odamlar oʻz nonini topib yeydi. Bilasanmi, men maktabga bormoqchiman. Zora umrimizning soʻngida turmushimiz yaxshilansa.

— Qarigan chogʻingizda oʻqib, endi nima boʻlardi, — debdi kampir.Chol maktabga yoʻl olibdi. Muallimning yoniga boribdi.

— Xoʻsh, xizmat, — deb soʻrabdi muallim.

— Men bir iltimos bilan kelgan edim. Meni ham oʻqishga qabul qilsanglar, — debdi chol.

— Sizga nima boʻldi, otaxon, qarigan chogʻingizda? Qoʻying, boshimni ogʻritmang, — debdi muallim.

— Men oʻqiyman, — deb chol qaysarlik qilib oʻz soʻzida turib olibdi.Muallim qarasa, choldan hech qutulolmaydi. Oxiri maktabga qabul qilishga rozi boʻlibdi. U ham bolalar qatori maktabga qatnay boshlabdi.Bir kuni chol maktabdan kelayotib, yoʻlda kattagina, qappaygan hamyon yotganini koʻrib qolibdi. Chol hamyonni yerdan olib, kampirining yoniga boribdi.

— Ana, omadimiz keldi. Koʻchadan bir hamyon pul topib oldim, — debdi quvonib.Kampir ham rosa quvonibdi. Bir-ikki kun oʻtgach, bir odam hovlima-hovli yurib, «hamyon topmadinglarmi?» deb surishtirib boribdi. U cholnikiga ham kelibdi. Chol toʻgʻri soʻzli, insofli ekan, gapning rostini aytibdi:— Ha, men bir hamyon topib olgan edim, — debdi chol.

— Hamyonni qachon topgan edingiz, ota?

— deb soʻrabdi xursand boʻlib.

— Maktabdan qaytayotganimda, — debdi chol.

— Ey, hali shunaqa deng. Siz maktabga qatnagan vaqtingizda, men hali dunyoga ham kelmagan edim, — debdi-da, shoshib chiqib ketibdi. Chol u kishining orqasidan tushuntirgancha qolaveribdi.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!