← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
IbratliBolalar uchunPodsholarTabiatOilaQisqa

Bogʻ

138 soʻz

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir podsho bor ekan.

Bir kuni podsho vazirini chaqirib:— Men senga qirq kun muhlat beraman.

Shu vaqt ichida katta bir bogʻ paydo qilgin. Men shu bogʻga sayrga chiqaman, — debdi.Vazir uyga kelib qaygʻuribdi, buni koʻrgan qizi otasidan sababini soʻrabdi.

— Ey, qizim, podsho qirq kun muhlat berdi.

Shu vaqt ichida bogʻ barpo qilishni buyurdi, — debdi vazir.

— Ey, ota, shunga ham shuncha qaygʻumi?! Oʻttiz toʻqqiz kun uyda yotavering, bir kun qolganda koʻchaga chiqing, — debdi dono qizi.Vazir muhlat tugashiga bir kun qolganida koʻchaga chiqibdi. Koʻchaga chiqsa, hammaning ogʻzida «Podsho Eram bogʻiga sayrga chiqar ekan», — degan mish-mish yurgan ekan.

— Ota, el ichida qanday gap yuribdi?

— deb soʻrabdi qizi.

— Podsho Eram bogʻiga borarmish, — debdi vazir. Vazir bu mish-mishlarni podshoga borib aytibdi.Shunda podsho Eram bogʻiga otlanibdi. Ha, el ogʻziga tushgandan keyin albatta, boriladi-da.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!