Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda ikki oʻrtoq boʻlgan ekan. Ikkovi ham toʻy qilib uylanishibdi. Ulardan birining xotinining sepi koʻp ekan, uni «seplik kelin» deyishar ekan.Bir kuni ularnikiga oʻrtogʻi mehmon boʻlib kelibdi. Ularninguyi tartibsiz, changboʻlib yotgan ekan. Mehmon yigit oʻrtogʻi eshikka chiqib ketganida, asta borib taxmonni koʻribdi. Qarasa, taxmondagi koʻrpalarning uvadasi chiqib ketgan emish. «Esizgina, oʻrtogʻim», deb oʻylabdi mehmon yigit.
Chunki toʻylari boʻlganiga hali bir yil ham boʻlmay, hamma narsalari eskirib, toʻzib ketgan ekan. Mehmon yigitni xotinining mol-mulki, sepi kam ekan, lekin juda sarishta, chaqqon deb maqtashar ekan, shuning uchun ham uni «eplik kelin» deyishar ekan.Kunlardan bir kuni endi ularnikiga bu doʻsti mehmon boʻlib kelibdi. Oʻrtogʻining uyini koʻrib, yigitning havasi kelibdi. Hamma narsa joy-joyida, ozoda, tartibli ekan. Taxmondagi koʻrpalarining hammasi yangidek turgan ekan. U eskilarini yuvib, tikib eplar ekan.
Yigit oʻzining uyi bilan solishtirib, ich-ichidan oʻz baxtidan xafa boʻlibdi.Bir kuni ikki oʻrtoq bozorda uchrashib qolishibdi. Ular ancha suhbatlashgach, xotini eplik boʻlgan yigit doʻstiga:— Senga anchadan beri bir maslahat bermoqchi edim. Qachongacha shunday yuraverasan? Mana men farzandli boʻldim. Bir tomondan xotining uyga yaxshi qaramasa, ikkinchi tomondan farzandlaring boʻlmasa, bunaqa turmushdan ne foyda?
— debdi.
— Men xotinim bilan ajrashganim bilan boshqa yaxshiroq xotin topilarmikan, — debdi.
— Sen bundan gʻam yema. Men bu haqda oilam bilan gaplashib qoʻyaman, — debdi oʻrtogʻi.Sepli kelinning eri uyiga kelgach, xotiniga javobini berib yuboribdi. Doʻsti esa xotini bilan maslahatlashib, chevar, ishbilarman, chaqqongina qiz bilan uni tanishtiribdi. Koʻp oʻtmay toʻy boʻlibdi. Bu xotin uyni guldek yashnatib yuboribdi. Hamma uvada-chuvada koʻrpalarni tikib, tartibga keltiribdi. Hamma yoq ozoda, sarishta boʻlib qolibdi. Tezda farzandli ham boʻlishibdi.
U oʻzining doʻstidan juda minnatdor bulibdi.Shunday qilib, ikki oʻrtoqning turmushi goʻzal, shirin oʻtaveribdi. Haqiqatan ham inoq, ahil yashash uchun seplik emas, avvalo eplik bulish kerak ekan.