Bir bor ekan, bir yoʻq ekan bir tegirmonchi boʻlgan ekan. Tegirmonchining ikkita oʻgʻli bor ekan. Oʻgʻillarining kattasi dangasa, ishyoqmas ekan. Kichigi mehnatsevar, pishiq, odobli yigit ekan.
Bir kuni tegirmonchi ikki oʻgʻlini yoniga chaqirib :— Oʻgʻillarim, men endi qarib qoldim, — debdi, -bir oyogʻim toʻrda boʻlsa bir oyogʻim goʻrda. Mendan sizarga qoladigon manashu hovliyu tegirmon, holos. Ikkalaring hamjihat boʻlib, ahil yashanglar. -Chol shu nasihatni qilgandan keyin bir necha kun oʻtgach, vafot etibdi.Oʻgʻillariga tegirmon bilan hovli meros qolibdi. Katta oʻgʻliga hovli tegibdi, kichigiga tegirmon tegibdi.Kichik oʻgʻil har kuni odamlarning bugʻdoylarini tortib, un qilib, uyga u-bu yegulik topib kelar ekan.
Ammo akasi unga sira qarashmas ekan.
Bir kuni ukasi, aka, keeling, bir bahtimzni sinab koʻramiz, debdi.
Shunda akasi:— Bahtimizni sinash uchun qishloqning boy qiziga uylanamiz, boy qiz koʻpgina sepi bilan kelib bizlarni ham boy qiladi, kel sen topgan pullaringni menga ber, pul yigʻaylik, -debdi. Bunday puch gaplarga ukasi koʻnmabdi. Oʻrtada janjal koʻtarilibdi. Akasi ukasini uydan haydab chiqaribdi.Ukasi tegirmon toshini ham oʻzi bilan olib, uydan chiqib ketibdi. Yoʻl yuribdi yoʻl yursa ham moʻl yuribdi. Qorongʻu tushganda bir eski uy yoniga yetib boribdi. Eski uyda tunagani qoʻrqib, daraxtning tepasiga chiqib olibdi.
Tegirmon toshini ham oʻzi bilan daraxtga olib chiqib ketibdi. Yarim tunda daraxtda uhlab oʻtirib, qoʻlidan toshini tushirib yuboribdi va uygʻonib ketibdi. Uygʻonganida turli sharpalar qochib ketayotganini koʻribdi-yu, pastga tushgani qoʻrqib, oʻtiraveribdi.
Tong otgach pastga tushsa, tegirmon toshining tagida yotgan yarim qop oltin va atrofga sochilib yotgan qimmat baho taqinchoqlarni koʻripti. Kechasi oʻgʻrilar oʻgʻirlangan narsalarni tashlab qochgan ekanlar. Yigit tosh bilan birga oltin va taqinchoqlarni ham yigʻishtirib, uyga bormoqchi boʻlibdi.Ammo akasi bilan yana koʻngilsiz gaplar boʻlishini oʻylab, boyliklarni koʻtarganicha boshi oqqan tomonga ketipti.Akasi boʻlsa, ukasini uydan quvlab chiqargach, qiyinchilik bilan kun koʻra boshlabdi.
Tez kunda yegulik narsa topa olmay, uyini sotibdi. Uyining puli ham tugab,u koʻchada qolibdi va kishlarning xizmatlarini qilishga majbur boʻlibdi. Oʻtin terib, sotib kun koʻribdi. Kunlar shu tarzda oʻtaveribdi. U avvalgidan ancha chaqqon boʻlib, qoʻlidan ancha-muncha ish keladigon boʻlib qolibdi. Pul yigʻib, ukasini qidirib topishni maqsad qilibdi..
Bir kuni u oʻtin terib horib-tolib yurganda bir muhtasham saroy oldidan chiqib qolibdi. Darvozasini qoqib, suv soʻrabdi. Ichakaridan 5-6 yoshlardagi bir qizcha chiqibdi. Qizcha koʻziga issiq koʻrinibdi. Bu uy kimning uyi ekanligini soʻrabdi. Qizcha odamlar dadasini ,,tegirmonchi” deb atashlarini aytibdi, dadamlar hozir ishdalar,depti.U tegirmonchi kelishini kutibdi. Tergan oʻtinlarini ham shu hovliga olib kelipti. Bir vaqt tegirmonchi ishdan qaytib kelibdi.
U oʻzining ukasi ekan Aka-uka bir-birlarini koʻrib, sevinganlaridan yigʻlab yuboribdilar. Aka-uka bi-birlarini nihoyatda sogʻingan ekanlar. Ukasi akasini soʻroqlagan paytda uni uyni sotib ketganini bilgan, topa olmay, nihoyatda hafa boʻlgan ekan.Aka-uka bir-birlaridan hol ahvol soʻraptilar, ukasi akasini uyga taklif qilibdi. Uka akasi ham ancha mehnatsevar odam boʻlib qolganini, mehnat bilan kun koʻrib koʻrayotganini anglabdi.Ikkalalari bi boʻlib, otalaridan qolgan hovlini qayta sotib olibdilar.
Shu qishloqning odobli xonodoniga sovchi qoʻyib, akasini ham uylab qoʻyibdi. Akasi oʻz qishlogʻida baxtli xayot kechiripti.