Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir kampir boʻlgan ekan. Uning bir qizi va echkisi bor ekan.Kunlardan bir kuni kampir qiziga: “Bolam, echkini oʻtlatib kelgin”, debdi. Qiz xoʻp debdi-da, echkini qirga olib chiqib, kechgacha oʻtlatibdi.
Kechqurun boigach, kampir echkidan soʻrabdi.
— Qalay, echkijon, yugurib-yugurib, dam oldingmi, mazza qilib, barra oʻt yeb, suv ichdingmi? Qirlarda chopdingmi?
— desa, echki xoʻmrayib shunday debdi:— Yoʻq, yugurib-yugurib, dam olmadim, mazza qilib, oʻt yemadim, qirdan qirga chopmadim. Jahli chiqqan kampir echkini kaltak bilan urgan ekan, u arqonni uzibdi-da oʻrmonga qochib ketibdi.U oʻrmonda egasiz uyga joylashib olibdi. Bu uy quyonning uyi ekan. Quyon echkiga yalinibdi, iltimos, uyni boʻshatib ber, debdi.
Lekin natija chiqmabdi. U xafa boʻlib ketayotsa, ot uchrabdi.
— Ha, quyonjon, nega xafasan?
— debdi.Quyon boʻlgan voqeani aytib beribdi. Ot:— Ha, shunga ham xafa boʻlib oiiribsanmi? Yur, uyingni olib beraman, — debdi. U echkiga doʻq uribdi, buyuribdi, lekin natija chiqmabdi. Ot boshini quyi solib, ketibdi. Quyon xafa boʻlib, diqqati oshib borayotsa, yoʻlda eshak uchrabdi. Eshak:— Ey, quyonjon, nega xafasan, debdi. Quyon boʻlgan voqeani aytib beribdi. Eshak:— Ey, shunga xafamisan, yur, uyingni olib beraman, — debdi. U avval rozi boʻlmabdi.
Lekin eshak qistayvergach, birgalashib borishibdi.
Lekin natija chiqmabdi. Quyon yana xafa boʻlib ketaveribdi.
Shunda quyonjonga bir toʻp arilar duch kelibdi. Quyonjon arilarga boʻlgan voqeani aytib beribdi. Arilar, haydaymiz, deyishibdi. Quyon hech ham rozi boʻlmabdi. Chunki arilarning kuchi yetmaydi, deb oʻylabdi.Ammo arilar zoʻrlayvergach, borishibdi. Arilar echkiga doʻq urishibdi.
Lekin echki chiqmabdi.
Shunda arilar quyonga, eshikni sal ochib tur, bizlar kirib olaylik, debdilar. Arilar uyga kirishibdida, gʻuv-gʻuv deyishib, echkini chunonam chaqishibdiki, bechora oʻzini qayoqqa qoʻyishini bilmabdi. Oxiri uydan qochib chiqib, qutulibdi.
Shunday qilib, quyon yana uyiga ega bolibdi.