Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda Buxoro shahrida kambagʻal Ahmad supurgichi boʻlgan ekan. Uning xotini va bir oʻgʻli bor ekan. Qiynalsa ham er-xotin oʻgʻlini maktabga beribdi. Oʻgʻli odobli, aqlli, zehnli boʻlganidan qiyinchiliklarni yengib, maktabni bitirgach, madrasaga kiribdi.Otasi har kuni supurgi boylab sotib, bolasini qoʻllab turibdi.
Nihoyat oʻgʻli madrasani ham yaxshi tamomlabdi. Bolaning nomi Odil ekan. Odilni oʻqitgan mullalar uning qobiliyatiga qoyil qolibdilar. Ota-onasi endi ogʻzimiz osh-ga yetdi, deb suyunganlarida, mudarrislar “Bola hali yosh, domlalik unga toʻgʻri kelmaydi”, deb unga ish bermabdilar.
Lekin bola idrokli boʻlib, domlalar bilmagan narsalarni bilar ekan. Odil ishsiz qolganidan ota-onasi qaygʻurib, oʻgʻliga hunar oʻrgatishga ahd qilishibdi. Odilga ham bu gap maʼqul tushibdi.Otasi maxsidoʻz kosib oʻrtogʻiga shogirdlikka bermoqchi boʻlib, oʻgʻlini yetaklab ketayotsa, Yusufboy tabib ularni doʻkonga taklif qilib, hol-ahvol soʻragach:— Bu bola kim?
— debdi.
— Oʻgʻlim, ismi Odil, yaqinda madrasani tugatdi, mudarrislar yosh, deb ish berishmadi.
Shuning uchun oʻgʻlimni maxsidoʻz oʻrtogʻimga shogirdlikka olib ketyapman, — debdi Ahmad aka. Yusufboy tabibning farzandi yoʻq ekan, u:— Ahmad aka, oʻgʻlingizni menga shogirdlikka bersangiz. Dori tayyorlash va tabibchilikni oʻrganadi. Men oʻzim sizga yordam qilib turaman, oʻgʻlingiz ham xabar olib turadi. Oʻgʻlingizni oʻzimga oʻgʻil qilib olsam. Kampirim ham xursand boʻlardi. Uyingizga tez-tez yuborib turaman, — debdi. Ahmad aka oʻylab koʻrib, rozi boʻlibdi. Yusufboy tabibnikida oʻgʻlini qoldirib, oʻzi qaytib ketibdi.
Yusufboy tabib Odil bilan suhbatlashib, doʻkonidagi dorilarning nomlari bilan tanishtirib, narxlarini aytibdi, doʻkonni qanday tutish toʻgʻrisida ham tushuntiribdi. Bir necha kun oʻtmay tabibning ishi yurishib ketibdi. Yusufboy tabib ham “Oʻgʻlim qutli keldi”, deb suyunibdi. Yusufboy tabib oqkoʻngil odam ekan, u Odilning ota-onasiga yordam berib turibdi. Odil esa tabiblik hunarini oʻrgana boshlabdi.
Yusufboy tabibning shon-shuhrati butun shaharga tarqalibdi.Kunlardan bir kun shu shaharning qozisi oʻgʻlini Yusufboy tabibning oldiga olib kelib:— Shu oʻgʻlimga hunaringizni oʻrgatsangiz, — deb iltimos qilibdi. Qozi oʻgʻlining odamlarni tuzatishini emas, balki koʻproq mol-dunyo topishini oʻylab shunday qilgan ekan. Yusufboy tabib ham yoʻq deya olmasdan qozining oʻgʻlini shogirdlikka olibdi. Uning ismi Jobir ekan. Jobir tabiblikka unchalik qiziqmasa ham, otasidan qoʻrqqanidan oʻrgana boshlabdi.
Yusufboy tabib ham Odil bilan Jobirga birdek qarar, ikkalasiga ham tabiblik sir-asrorlarini birdek oʻrgatar ekan.Oradan bir necha yillar oʻtibdi. Odil bilan Jobir bir-biridan qolishmaydigan tabib boʻlib yetishibdilar.Kunlardan bir kun Yusufboy tabib ikkala shogirdini oldiga chaqirib:— Oʻgʻillarim, mana, ikkalang ham tabiblikni oʻrganib oldilaring.
Endi senlarga nasihatim shuki, puli yoʻq ekan deb dori bermasdan kambagʻal, beva-bechoralarni qiynamanglar. El-yurt oldida taʼnaga qolmanglar. Aql bilan ish qilib, manmanlikka berilmasdan, bir-biring bilan maslahatlashib ish tutinglar.
Endi sizlarga ruxsat, tabiblik qilaverishing-lar mumkin, — deb ularga oq fotiha berib joʻnatibdi.
Oradan bir necha kun oʻtgandan keyin Yusufboy tabib olamdan oʻtibdi.Odil ustozining oʻlganini eshitib, borib taʼziyasi oʻtguncha ustozinikida boʻlibdi. Jobir eshitsa ham qadam bosmab-di. Ikkalasi bir shaharda tabibchilik qilishar ekan. Odil kambagʻal, beva-bechoralarga rahmdillik qilib, dori-darmonlarni tekinga berib yuborar ekan. Boylardan esa ikki hissa oshiq olar ekan. Jobir Odilning obroʻsi koʻtarilib ketayotganini koʻ-rolmabdi.
Otasining gapiga kirib, kunlardan bir kun Odilning oldiga kelib:— Odil, senga bir maslahat bilan keldim. Menimcha ikki tabibga bir shahar torlik qiladi, shaharda yo sen, yo men boʻlishim kerak, — debdi. Odil unga:— Shahar keng, senga hech zararim tegayotgani yoʻq, seni ham menga zararing tekkani yoʻq. Undan koʻra, kelishib ishlayversak boʻlmaydimi?
— debdi. Jobir unga:— Kel, boʻlmasa baxtimizni sinaymiz: bir-birimizni mehmon qilamiz. Birinchi boʻlib sen biznikiga kelasan, oldingga nima taom qoʻysam yeysan.
Keyin men senikiga mehmonga boraman, men ham nima bersang eb, nima ichirsang ichaman. Nima boʻlsa peshanamizdan koʻramiz.
Shunga nima deysan?
— debdi.Odil ham noiloj rozi boʻlibdi.
Oradan bir necha kun oʻtgandan keyin Jobir Odilni uyiga chaqiribdi. Odil esa mehmondorchilikka bormasdan avval besh-oʻn chelak sut olib kelib qoʻyibdi.
Keyin mehmon boʻlib, Jobirning uyiga boribdi. Jobir Odilning oldiga dasturxon yozibdi va dasturxonni noz-neʼmatlar bilan toʻldirib tashlabdi. Ziyofat orasida bir piyola zahar olib kelib Odilning qoʻliga beribdi. Odil zaharni ichibdi-yu, uyiga ketibdi. Odil uyiga borib, chelakdagi sutlarni ichib, oshqozonini tozalab, zaharlanishdan qutulib qolibdi.
Oradan bir necha kun oʻtibdi. Shart boʻyicha Odil Jobirni mehmonga chaqiribdi va oldiga dasturxon yozibdi. Mehmonni juda yaxshilab ziyofat qilibdi. Jobir ham uyiga sutni gʻamlab kelgan ekan. U sergaklanib, Odil qachon zahar berishini kutibdi. Odil esa Jobirga zahar bermasdan oldiga yaxshi taomlar qoʻyib, yaxshi soʻzlar bilan kuzatibdi. Jobir oʻzining qilgan ishiga pushaymon boʻlib, Odildan uzr soʻrabdi.Shundan keyin bir-biriga ozor bermasdan, bir-biri bilan maslahatlashib ish qilibdilar.