← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
IbratliBolalar uchunPodsholarOilaTijorat

Omonat

394 soʻz

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir er-xotin bor ekan.

Bir kuni xotini ogʻir kasal boʻlib qolibdi. U yigit xotinini juda ham yaxshi koʻrar ekan. Xotini qazo kilgach, uni koʻmib, goʻrining tepasidak ketmay, xafa boʻlib oʻsha yerda yotaveribdi. Soch-soqollari ham oʻsib ketibdi. Bir payt qari chol kelib qolibdi va undan:— Bu yerda nima qilib oʻtiribsan, oʻgʻlim?

— deb soʻrabdi. Yigit:— Mening bir yaxshi xotinim bor edi, oʻlib qoldi.

Shunga aza tutib, xafa boʻlib oʻtiribman, — debdi.

— Oʻgʻlim, agar men xotiningni tiriltirib bersam, sen yarim umringni unga berishga rozimisan?

— deb soʻrabdi chol.Yigit rozi boʻlibdi.

Shundan keyin chol uning xotiniga jon ato etibdi. Xotini tirilibdi. Yigit xotiniga:— Men seni deb bir necha kundan beri shu yerda uyqusiz oʻtiribman.

Endi birpas tizzanga bosh qoʻyib, dam olsam, — debdi.Yigit xotinining tizzasiga bosh qoʻyibdi-yu, koʻzi uyquga ketibdi.

Shu payt yoʻldan otda podsho bilan vazir oʻtib qolishibdi. Podsho xotinni koʻrib, undan soʻrabdi:— Ey, sohibjamol, sen bu yerda nima qilib oʻtiribsan?

— Tizzamda yotgan kishi — mening erim, dam olyapti, — debdi xotin.

— Shu badbashara odam sening eringmi?

Shuni ham er qilib yuribsanmi? Men bilan ketmaysanmi?

— deb soʻrabdi podsho.

— Jonim bilan ketaman, — debdi xotin.Podsho uni otga mindirib olib ketibdi. Yigit uygʻonib uyqudan tursa, xotini yoʻq emish. Yoʻlga chiqib qarasa, otniig izlari bor ekan. Yigit oʻsha izlarning ketidan ketaveribdi. Ot izlari uni podsho saroyiga olib kiribdi. Yigit podsho saroyiga kirib qarasa, taxtda podsho yonida xotini oʻtirgan emish, Yigit podshoga:— Men uxlab yotganimda, siz mening xotinimni olib ketib qolibsiz. Unga ruxsat bering, — debdi.

— Bu sening xotining emas. U men bilan birga qoladi, — debdi podsho.

— Men unga yarim umrimni bergan edim. Menga qaytib bering, — debdi yigit.

— Seni xotining ekanligini qanday isbot qilasan? Guvoh topib kelgin, — debdi podsho.Yigit nima qilishini bilmay, xafa boʻlib chiqib ketibdi. Yoʻlda haligi cholni uchratib qolibdi. Chol:— Ha, oʻgʻlim, nima qilib yuribsan?

— deb soʻrabdi.

Shunda yigit cholga boʻlgan voqeani aytib beribdi.

— Qoʻy oʻgʻlim, xafa boʻlma, hozir birga boramiz, —debdi chol.Ikkovi yoʻlga tushibdilar. Podsho huzuriga kirishibdi. Uning xotini yasan-tusan qilib, taxtda oʻtirgan ekan. Chol:— Ey podsho, bu yigitning xotiniga ruxsat bergin,— debdi.U xotinga ham bu taxt, zeb-ziynatlar, hashamlar juda yoqib qolgan ekan, u ham podshoning gapini tasdiqlabdi.Chol xotinga:— Bu yigitning omonatini bergin, — debdi.

— Omonatingni olsang olaver, — debdi xotin.

— Omonatimni oldim, — debdi yigit ham.Shu payt xotin birdan hushsizlanib, oʻzidan ketib qolibdi. U oʻlgan ekan.

Shunday qilib, xotin podshoga ham, yigitga ham nasib etmabdi.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!