← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
IbratliBolalar uchunOila

Botmon daxsar

358 soʻz

Qadim zamonda bir laqma odam oʻtgan ekan.

Bir kun unga xotini bir xumcha berib: “Botmon daxsar”, yogʻ olib keling”, deb buyuribdi. Laqma botmon daxsar esimdan chiqmasin, deb yoʻlda keta-ketguncha ”botmon daxsar, botmon daxsar” deb keta beribdi. Dalada xirmon qila-yotgan bir kishi laqmaning “botmon daxsar, botmon daxsar”, deb ketayotganini eshitib:— Nimaga “botmon daxsar” deysan, shuncha sepilgan bugʻdoydan atigi botmon daxsar bugʻdoy oladi, deb oʻylaysanmi, nafasing qursin.“Xirmonga baraka” degin, — deb laqmani tutib ura beribdi.Laqma qoʻrqqanidan “botmon daxsar” degan gapni esidan chiqarib qoʻyib, “xirmonga baraka”, “xirmonga baraka” deb ketibdi.

Yoʻlda bit boqib oʻtirgan bir xotinga uchrabdi. Xotin laqmaning “xirmonga baraka” deb kelayotganini eshitib:— Oʻzim bitimdan qutulolmayotibman-ku, nega sen ”xirmonga baraka” deysan?

— deb laqmaning boshiga kosov bilan tushiribdi.Laqma:— Nima dey axir?

— deb soʻrabdi.Xotin:— Baring oʻl, biring qolma, de, — debdi. Laqma yoʻlda ”baring oʻl, biring qolma”, “baring oʻl, biring qolma” deb ketayotgan ekan, tobut koʻtarib ketayotgan kishilarga uchrab qolibdi. Ulardan biri laqmani tutib, ura boshlabdi.

— Shu haftada mahalladan yetti oʻlik chiqdi-ku, sen tagʻin “baring oʻl, biring qolma” deb aytasanmi, undan koʻra “bandalik-da” deb ketgin, — debdi.Laqma bir qancha yoʻl yurib, bir toʻy boʻlayotgan mahallaga borib qolibdi. Undan: ”bandalik-da” deb oʻtib ketayotsa, bir kishi kelib laqmaning yoqasidan tutibdi:— Bu mahallada katta toʻy boʻlayotibdi-ku, sen nima uchun bunday soʻzni aytasan, undan koʻra “xarala-tarala” deb ayt, — debdi.Laqma “xarala-tarala” deb keta beribdi.

Bir toʻqayzorga “xarala-tarala” deb kirgan ekan, bir merganning poylab turgan qushini uchirib yuboribdi. Mergan laqmani soʻkib:— Yurganda oyogʻingni sudrab bos, sekin yur, — debdi. Laqma ham merganning aytganidek oyogʻini sudrab ketayotgan ekan, yoʻlda bir boʻzchining tandasiga oyogʻi ilinib, uni sudrab ketibdi. Boʻzchining jigʻibiyroni chiqib:— Yursang sakrab-sakrab yur, — deb laqmani urishibdi. Chol bir koʻprikka kelib bir sakrabdi. Koʻprik taqir-tuqur etib ketibdi.

Laqma “suvga birov tushib ketdi shekilli” deb, ariqqa tushib qidira beribdi. Yoʻlda ketayotgan bir yoʻlovchi suvdan narsa qidirayotgan laqmaga hayron boʻlib:—Hoy birodar, suvga nimang tushib ketdi?

— deb soʻrabdi.Laqma:— Juda qimmatbaho narsam tushib ketdi. Qidirishvor, — debdi, yoʻlovchi ham qidirib-qidirib hech narsa topolmay suvdan chiqibdi. Yoʻlovchi oyogʻiga qarab:— Voy-boʻy oyogʻimga botmon daxsar loy ilashib chiqibdi-ku, — deb kulibdi. Laqma suvdan sakrab chiqibdi, yogʻ esiga tushib “botmon daxsar”, “botmon daxsar” deb keta beribdi. Yoʻlovchi laqmaning orqasidan hayron boʻlib qarab qolibdi.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!