← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
Hayvonlar haqidaBolalar uchunDehqonlarAdolatTabiatQisqa

Chol bilan boʻri

245 soʻz

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir boʻri bor ekan. Boʻri qoʻylarga hujum qilaverib, choʻponlarning joniga tegibdi. Ular ovchiga arz qilibdilar. Ovchi boʻri izidan tushib oʻrmonga kiripti. Boʻri qoʻrqib oʻrmondan qochib chiqibdi. Ovchi uni tirqiratib quvipti.Quvaveripti, quvaveripti, boʻrining tinkasi quribdi. Boʻri oxiri qochadigan joy topolmay qolipti.

Shu vaqt toʻsatdan qop koʻtargan bir chol uchrab qolipti.

— Assalomu alaykum, chol bobo, — depti boʻri.

— Menga rahmingiz kelsin, ovchining qoʻlidan qutqaring. U meni otib tashlaydi. Yosh jonimga rahm qiling.Uning koʻz yoshini koʻrib, cholning rahmi kelipti.

— Kel, qopga kir, — debdi chol.Boʻri qopga kiribdi. Chol qopni orqalab ketaveribdi.Chol oldidan ovchi chiqibdi.

— Bobo, shu yerdan boʻri oʻtmadimi? Koʻrmadingizmi?

— deb soʻrabdi ovchi.

— Yoʻq, koʻrmadim, — debdi chol.Ovchi oshiqib chopganicha nari ketibdi.

— Qopdan chiq, qutulding, debdi chol boʻriga. Boʻri qopdan chiqibdi.

— Endi ortingga qayt, oʻrmonga ketaver, — debdi chol.

— Nimaga, debdi boʻri.

— Men ochman, seni yeyman.

— Voy noinsof. Men seni oʻlimdan qutqazib qolib, yaxshilik qilsam-u, sen meni yeysanmi?

— Ha, ishim yomonlik, — debdi boʻri. Ular janjallashib turgan ekanlar, birdan tulki kelib qolibdi.

— Ha, nima gap?

— deb soʻrabdi tulki.

— Yaxshilikka boʻridan yomonlik qaytayapti, — deb koʻz yoshi qilibdi chol. Boʻri voqeani aytib beribdi.Tulki debdi:— Gapingga ishonmayman, boʻri. Nahotki boʻri shu kichkina qopga sigʻsa…— Ha, sigʻaman, — debdi boʻri.

— Boʻlmasa qopga kirib koʻr-chi, men oʻz koʻzim bilan koʻrib ishonay.

Keyin cholni yesang, mayli, haqqing bor, — debdi u.Boʻri darrov qopga kiribdi.

— Qopning ogʻzini bogiang, bobo, — debdi tulki.Chol darrov qopning ogʻzini bogʻlabdi.Boʻri endi ming yalinsa ham, chol uni qopdan chiqarmabdi.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!