← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
Hazil-mutoyibaBolalar uchunPodsholarMehr-oqibatOilaTijoratQisqa

Xasis boy

205 soʻz

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda bir xasis boy oʻtgan ekan. Boyning ot, echki va qoʻylarining hisob-kitobi yoʻq darajada koʻp ekan.Kunlardan bir kuni uning uyiga tugʻishgandan ham yaqin bir doʻsti mehmonga kelibdi.Boy doʻstini yaxshi kutib olibdi-yu, lekin dasturxon yozishga hech shoshilmabdi. Mehmonning uzoq yoʻldan kelgani uchun qorni juda och ekan, qulogʻiga hech gap kirmas ekan. Oxiri chiday olmay, boyga:— Mening minib kelgan bir otim bor.

Shu otni soʻydiring, keyin suhbatlashib oʻtiraverardik, — debdi.Boy chiqib xotiniga maslahat solibdi. Boyning xotini mehmonning otini soʻyishga rozi boʻlmasa ham, buni eriga ochiq ayta olmabdi. Boyning jahli chiqib ketishidan qoʻrqibdi-da:— Siz nima desangiz shu, — debdi.Lekin boyning xotini juda hamiyatli ayol ekan. Kelgan mehmonning otini soʻyib, oʻz moli bilan oʻzini kutib olishni oʻziga ep bilmas ekan.

Boyning xotini xizmatkorini chaqirib:— Boyga sezdirmay, oʻzimizning otlardan birini soʻygin, — debdi.Shunday qilib, boy doʻstini oʻtqazgani joy topa olmay, mehmon qilibdi. Boy oʻzining otlaridan birining goʻshtini yeyishayotganidan bexabar ekan.Boyning oʻz ot, echki va qoʻylarini sanab, keyin yotadigan odati bor ekan. Otxonaga kirib otlarini sanasa, bitta kam chiqaveribdi. Oxiri nima qilishini bilmay, xotinini, xizmatkorini chaqirib, ularni rosa urishibdi.

Ammo endi hech nimani oʻzgartirib boʻlmas ekan. Ot soʻyilib boʻlingan, hatto bir qismi yeb ham boʻlingan edi.Boyning xotini esa mehmonni yaxshi kutib olganidan xursand ekan.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!