← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
Hayvonlar haqidaDehqonlarMehr-oqibatTabiatTijoratQisqa

Makkor maymun

149 soʻz

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, oʻtgan qadim zamonda oʻzlari yashab turgan joyning qoq oʻrtasida ikki kishi yashab oʻtgan ekan. Ular bir kuni oʻtirib, boshqa joylarga borishni, u yerlarni aylanishni va boylik orttirib kelishni maslahat qilibdilar. Ular birgalashib bir joyga sayohatga chiqibdilar. Yoʻl yurib, yoʻl yursa ham moʻl yurib, qiru dashtlardan, daryodan oshib, nihoyat, bir shaharga boribdilar.Biri ayron sotuvchi, biri doʻkon ochib doʻkondor boʻlibdi. Ayron sotuvchi ayronga suv qoʻshib ishni yuritavergan ekan. Uning doʻsti ham asta-sekin boylik orttiraveribdi. Ular yemay, ichmay, kiymay bir xurjun pul orttiribdilar.

Shuncha boylikka qanoat qilmay, ular uylariga ketish oldidan maymun sotib olibdilar.Doʻkondor bilan ayronchi kemada shaharlariga qarab yoʻl olibdilar. Ular daryoda bir nimagadir mashgʻul boʻlib oʻtirganlarida, kemadagi maymun xurjunni olib ogʻzini daryoga qaratibdi. Savdogarlar xurjun ichidagi hamma boyliklarning suv betida yurganini koʻribdilar.

Shunday qilib, bu makkor maymun ikkita kishiga pand beribdi. Ikki kishi suvga sakrashibdi, suvdan chiqolmay choʻkib ketibdilar. Maymun esa qirgʻoqqa chiqib olibdi.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!