← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
Hayvonlar haqidaPodsholarMehr-oqibatAql-zakovatQisqa

Donishmand yigit

166 soʻz

Qadim zamonda bir podsho oʻtgan ekan. Podsho hukm chiqarishda gunohkor va gunohsizlarni chek tashlash yoʻli bilan aniqlar ekan. Gunohkor deb topilgan odamni podsho oʻz oldiga chaqirib bir qutini koʻrsatar ekan. Uning ichida ikkita qogʻozga, biriga «oʻlim», ikkinchisiga esa «ozodlik» degan soʻzlar yozilgan ekan. Gunohlari qay darajada boʻlishidan qatʼi nazar, gunohkorlar shu qogʻozlardan bittasini olar va unda yozilgan hukm ijro etilar ekan. «Ozodlik» degan qogʻozni olsa, ozod boʻlar ekan. «Oʻlim»

degan qogʻozni olsa, oʻlimga hukm qilinar ekan.Kunlardan bir kuni hasadgoʻylardan bir nechtasi toʻplanib, bir donishmand yigitni podshoga gunohkor qilib koʻrsatishibdi. U yigitning dushmanlari qutidagi ikkala qogʻozga ham «oʻlim» degan soʻzni yozib, solib qoʻyishgan ekan. Bu sir-asrordan donishmand yigitning doʻstlari xabardor boʻlib qolishibdi va yigitni ogohlantirishibdi.Podsho odati boʻyicha gunohkorni chaqirtirib, qutidan qogʻozlardan birini olishni buyuribdi.

Donishmand esa qogʻozlardan birini qoʻliga olibdi-yu, yutib yuboribdi. Podsho esa qutidagi qolgan qogʻozni ochib qarasa, unda «oʻlim» deb yozilgan ekan.Podsho yigit yutgan qogʻozda «ozodlik» degan hukm boʻlsa kerak, deb gunohsiz donishmandni ozod qilib yuboribdi. Donishmand shunday qilib aql-zakovati tufayli oʻlimdan qutulib qolgan ekan.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!