← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
IbratliBolalar uchunSehrliDehqonlarMehr-oqibatOilaQisqa

Meros

263 soʻz

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda, bir qishloqda Qambar ismli chol yashar ekan.Uning uchta oʻgʻli boʻlib, onalari yoshligida vafot etgan ekan. Qambar oʻgʻillari voyaga yetganida ularni uylantirib qoʻyibdi. Oʻzi esa borgan sari holdan toyib, kuchdan qolib boraveribdi.Bir kuni u qattiq kasal boʻlib, yotib qolibdi. Kasali ogʻirlashib, bir necha kun uyidan chiqolmay qolibdi.

Ammo otasining holidan hech qaysi oʻgʻillari xabar olmabdi. Xor-zorlikda qolgan ota nima qilishini bilmay, oʻylay boshlabdi. Toʻngʻich oʻgʻlini yoniga chaqirib, shunday nasihat qilibdi:— Oʻgʻlim, mening holimdan tez-tez xabardor boʻlib turgin. Kelinimga, nevaralarimga ham aytib qoʻygin. Umrim tugay deb qolganga oʻxshaydi. Kasalim ogʻir, mendan xabar olib turishsin. Hovlining oʻng tomonidagi burchagiga koʻzada tilla koʻmib qoʻyganman.

Shu tillalar senga, zinhor ukalaring bilmasin.Bu gaplarni eshitgan oʻgʻil otasidan xursand boʻlib, tez-tez xabar oladigan, bozordan mevalar keltirib beradigan boʻlibdi. Ota oʻrtancha oʻgʻliga ham shu gapni aytibdi. Kenja oʻgʻlini ham chaqirib, akalariga aytgan gapini qaytaribdi.Shundan keyin uchala oʻgʻil ham, kelinlari ham ota-onalaridan xabar oladigan, xizmatini qiladigan boʻlishibdi. Kasali ogʻirlashgan Qambar ota bir kuni vafot etibdi.Oʻgʻillari otalarini izzat-ikrom bilan koʻmibdilar. Pulni ayamay sarf qilishibdi, yoʻrigʻini ham oʻtkazishibdi.

Lekin uchovlari ham otalarining gaplarini bir-birlaridan yashirib yuraveribdilar. Oxiri iloji boʻlmabdi, shunda katta akasi ukalariga qarab:— Otamiz menga aytgan gaplarini sizlarga aytganmi, yoʻqmi bilmayman. Ular koʻzachada tilla qoldirganlarini aytgan edilar.

Endi uchovimiz murosa qilib, teng uch boʻlakka tillani boʻlib olsak, — debdi.Akasining bu gapiga ukalari ham rozi boʻlishibdi. Kenja ukalariga tilla koʻzacha koʻmilgan yerni ochishni buyuribdilar.Kenja yerni kavlab qarasa, bir koʻzacha chiqibdi. U koʻzachani katta akalariga beribdi. Ular koʻzachaning ichini ochishibdi, u yerdan tilla emas, bir xat chiqibdi. Xatda, «Sizlar sira kasal boʻlmanglar, bolalaringizga xor boʻlmanglar» deb yozilgan ekan.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!