← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
Hayvonlar haqidaBolalar uchunPodsholarAql-zakovatTabiatQisqa

Aqlli ilon

183 soʻz

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, yaqin zamonda bir chol yashagan ekan. Chol uyining shiftiga bir taxtani osib qoʻygan ekan. Bu taxtaning ustiga har xil narsalarni qoʻyar ekan.

Bir kuni chol bir togʻora sutni oʻsha yerga qoʻyipti.Shu uyning shiftida bir ilon yashar ekan. Ilon bolalapti, asta-sekin xashaklar orasida boqaveripti. Kunlarning birida ilonning bolasi teshikdan chiqib, uy ichiga tushibdi.Haligi chol uyida ilon borligini bilmas ekan. Buni koʻrib, chol darhol oʻldirmabdi, uni kosa tagiga bostirib qoʻyibdi. Ozgina vaqt oʻtar-oʻtmas ona ilon teshikdan chiqib, u tomonga, bu tomonga yugurib bolasini qidira boshlabdi.

U axtara-axtara topa olmagach, taxtaning ustiga tushib, togʻoradagi sutga zahar solibdi.Keyin xomush boʻlib, oʻz iniga kirib ketayotganda, chol idish tagidan ilonning bolasini ozod qilibdi. Bolasining tirikligini koʻrgan ilon, tez tushib bolasini koʻtarib chiqibdi va oʻz iniga kiritib yuboribdi. Soʻng orqasiga qaytib kelibdi-da, oʻzi zahar solgan togʻoradagi sutni goʻyo endi hech kim ichmasin deganday qilib, dumi bilan bir urib agʻdarib tashlabdi.Keyin u chol oldiga kelib, rahmat deganday, ikki-uch marta qarabdi-da, oʻz iniga kirib ketibdi.

Chol hayron boʻlib qolibdi. “Qarangki, ilon aqlli ilon ekan”, deb qoʻyibdi va shiftdagi ilon chiqqan teshikni suvab qoʻyibdi va bemalol oʻtiraveribdi.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!