Qashqa nomli bir quyon bor ekan.
Bir kun u eshagiga minibdida, xoʻtigini ergashtirib, changalzor orqasida yashaydigan xolasinikiga ketibdi.Ariq labida qumzambarak oʻynab oʻtirgan quyonchalar:— Changalzor qoʻrqinchli, yolgʻiz borma!
— deyishibdi qichqirishib, qashqa koʻnmabdi.Kun qizigan, tush payti ekan. Shoʻx xoʻtik boshidagi popuklarini silkitib dirkillar, boʻynidagi qoʻngʻirogʻi hadeb jiringlar ekan.Changalzorda ota, ona va bola tulkilar yashar ekanlar. Qoʻngʻiroq ovozini eshitib, ularning quloqlari dikkayibdi.
— Qaysar qashqa kelyapti, — debdi bola tulki.
— Adabini beramiz, — debdi ona tulki, — men eshagini olib qochaman.
— Men xoʻtigini olib qochaman, — debdi ota tulki.
— Men kiyimlarini, — debdi bola tulki.Qashqa changalzorning qoq oʻrtasiga yetibdi. Qashqa eshakni haydab oldinda boraveribdi, charchagan xoʻtik esa, ancha keyinda qolib ketibdi. Qashqa ortiga qarayverib, oxiri boʻyni ogʻribdi va:— Xut-xut-xut, — deyaverib charchabdi. Eng oxiri u: “Qoʻngʻiroq jiringlayapti-ku, xoʻtik kelayapti-da”, deb oʻylabdi.
Keyin bemalol ketaveribdi.Buni koʻrgan ota tulki asta kelib, xoʻtikdan qoʻngʻiroqni yechib olibdi-da, eshakning dumiga bogʻlab qoʻyibdi.
Keyin xoʻtikni olib qochibdi.Muyulishda — daraxtlar orasida birdan ona tulki paydo boʻlib qolibdi.
— Hoy quyoncha, yakka oʻzing qayoqqa ketayapsan?
— deb soʻrabdi u. Qashqa: “Tagʻin shum tulki xoʻtigimni olib qochmasin”, deb shartta qayrilib qarabdi, qarasa, xoʻtik yoʻq.
— Boy xoʻtikkinam… qayda qolding?
— deb birdan yigiab yuboribdi.
— Yigʻlama, — debdi ona tulki, — xoʻtiging qayoqqa borishini bilmay, narigi muyulishda turibdi. Borib haydab kel. Men eshagingga qarab turaman. Qashqa suyunganidan eshakni qoldirib, orqasiga qarab yuguribdi.
— Voy lapashang-ye, — deb kulibdi ona tulki va eshakka mina solib qochibdi.Qashqa xoʻtikni topolmay, quruq qaytib kelibdi. Qarasa, eshagi yoʻq. Biram qoʻrqib ketibdiki, asti qoʻying. “Endi oʻzimni ham oʻgʻirlab ketmasalar edi…” deb oʻylabdi.Qashqa chopqillab ketayotgan ekan, koʻl labida yigʻlab oʻtirgan jajjigina bola tulkiga yoʻliqibdi.
— Ey birodar, — debdi bola tulki, — shoʻrim quridi. Bozor borayotgan edim, bir hamyon oltinim suvga tushib ketdi, endi nima qilaman. Otam oʻldiradi…— Yigʻlama, — debdi qashqa, rahmi kelib.
— Suzishni bilsang, olib chiqib ber. Yuz tangasini senga beraman, — debdi bola tulki.Qashqa oʻylabdi: “Yuz tanga. Eshak bilan xoʻtikning bahosi yuz tanga tursa kerak, bunga eshak sotib olsam boʻladi…”— Boʻpti, — debdi qashqa. U hash-pash deguncha, kiyim-boshini yechib, suvga shoʻngʻibdi.
— Murodimga yetishdim, — deb kulibdi bola tulki.Qashqa oltinni topolmay chiqsa, koʻl labida bola tulki ham yoʻq emish, kiyimlari ham… Shu-shu, qashqa changalzorda hech yolgʻiz yurmaydigan boʻlibdi.