Bir kuni echki podadan ajralgan ekan, oldidan och boʻri chiqib qolibdi.
— Seni yeyman!
— debdi boʻri.
— Meni-ya?
— debdi echki.
— Ha, seni.
— Rahm qil.
— Men juda ochman. Rahm qilmayman. Seni bir yamlab yutaman.Echki:— Juda och boʻlsang mayli, yeya qol. Senga rahmim keldi, — debdi.
— Yaxshi echki ekansan, — debdi boʻri.
— Yana bir yaxshilik qilay: sen qiynalib oʻtirma, ogʻzingni ochib tur, men shundaygina ogʻzingga kiraman-qoʻyaman.Bu gap boʻriga maʼqul tushibdi. U ogʻzini ochib turibdi.Echki nima qilibdi deng!U tislanib uzoqdan chopib kelibdi-da, kuchining boricha boʻrining ogʻziga suzibdi. Boʻri shu zahotiyoq hushidan ketibdi.Boʻri hushiga kelib qarasa, jagʻi yirtilgan, hammayogʻi tirnalgan, aʼzoyi badani qaqshab ogʻrir ekan. Echkidan esa nom-nishon yoʻq emish.