← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
IbratliBolalar uchunSehrliPodsholarAdolatOilaTijorat

Kenja oʻgʻil

748 soʻz

Bir chol bor ekan. Uning uchta oʻgʻli bor ekan.

Bir kun chol oʻlibdi. Choldan bolalariga uchta narsa: keli, kelisop, narvoncha qolibdi. Katta oʻgʻli, kelini, oʻrtanchasi kelisopni, kichigi narvonchani olibdi. Kichik oʻgʻil narvonchani koʻtarib yetti kunlik yoʻlga tushibdi. Bir joyga borsa, bir boyning uyidan tutun chiqib turgan emish. Narvonchadaa tuynukka chiqib qarasa, bir xotin hadeb har xil ovqatlarni pishirib, yashirib qoʻyayotgan emish. Bola hammasini aniq koʻrib olibdi. Pastga tushib oʻtiribdi. Bir qancha vaqtdan keyin boy kelibdi. Bolaning bir zaxchasi bor ekan, bola boy kelishi bilan zaxchani turtibdi. Zaxcha «chagʻ» debdi. Boy:— U nima?

— debdi. Bola:— Bu mening folbinim, — debdi. Boy:— Qani, bir fol ochirib yubor, — debdi.Bola zagʻchani bir urgan ekan zaxcha «chagʻ» debdi. Boy:— Nima deyapti?

— debdi.  Bola:— Bir tovoq palov turibdi.

Shuni olib chiqsinlar, deyapti, — debdi. Boy uyga kirib xotiniga:— Bir tovoq paloving bor ekan.

Shuni ber, — debdi. Xotini beribdi. Uni olib chiqib bola bilan ikkovi yeyishibdi. Boy «tagʻin ochir», debdi. Bola zagʻchani bir ursa zagʻcha «chagʻ» debdi. Boy:— Nima deyapti?

— debdi. Bola:— Uyda bir tovoq xasip turibdi.

Shuni olib chiqsin deyapti, — debdi. Boy uyga kirib xotiniga:— Xotin, tovoqda xasip bor ekan, shuni ber, — debdi. Xotini hayron boʻlib:— Kim aytdi sizga?

— debdi.

— Ey, xotin, qoʻyaver. Bir folbin bor ekan. Oʻshanga fol ochirayotibman, — debdi.Boy xasipni olib chiqib bola bilan yebdi. Boy:— Tagʻin ochir, oʻgʻlim, — debdi. Bola, tagʻin ochiribdi. Boy.

— Nima deyapti?

— debdi. Bola:— Uyda bir tovoq chuchvara bor, oʻshani olib chiqinglar! deyapti, — debdi. Yana boy kirib xotiniga:— Chuchvarang bor ekan, oʻshani ber, — debdi. Xotini tagʻin beribdi. Uni ham olib chiqib yeyishibdn.Boy: «Tagʻin ochir, oʻgʻlim!» debdi. Bola:— Ey, ota, qoʻying endi, aljirab ketadi, — debdi. Boy:— Ochir, ochir, oʻgʻlim!

— debdi. Bola yana ochiribdi:— Uyda bir tovoq somsa bor, oʻshani olib chiq, deyapti, — debdi.Boy tagʻin xotini oldiga kirib: «Somsani olib chiq», debdi. Xotini olib chiqibdi. Somsani ham ikkalalari yeyishibdi. Tagʻin boy:— Yana ochir, oʻgʻlim!

— debdi. Bola:— Yoʻq, ota, endi ochirsam aljirab ketadi, — debdn.

Shu oʻrtada zagʻcha «chagʻ» debdi. Boy:— Nima deyapti?

— deb soʻrabdi. Bola:— Boy buvamning xotinlarining oʻynashi bor deyapti, — debdi. Boy hayron boʻlib:— Shu zagʻchani sotasanmi?

— deb soʻrabdi.

— Yoʻq, ota, sotmayman.

Shu bilan tirikchilik qilib yuraman, — debdi. Boy:— Hech boʻlmasa uch yilga sot, — debdi. U bola:— Ho, tunov kuni bir boy bir yilga bir tovoq tilla beraman dedi, bermadimu, sizga beramanmi, — debdi. Boy:— Agar toʻrt tovoq tilla bersam uch yilga berasanmi?

— debdi. Bola:— Tagʻin bir eshak berasiz-da, — debdi.Boy yaxshi bir eshak, toʻrt tovoq tilla beribdi. Bola ketibdi. Boy uyiga kirib, «oʻynashing bor ekan», deb xotinini urib-urib chiqib ketibdi. Xotin zagʻchaning kallasini uzib tashlabdi. Boy qaytib kelib zagʻchani soʻrabdi. Xotini:— Qoʻshnimizning xotini mushuk boqqan ekan, zagʻchani oʻsha oʻldirib qoʻydi, — debdi.Boy «endi egasi soʻrab qolsa, nima deyman», deb bir kimxob toʻn olib bolaning ketidan yuguribdi, Bola, boy orqamdan zagʻchani qaytarib kelayotibdi, deb oʻylab eshakning dumini, qulogʻini qirqib olibdi:— Boy aka, bergan eshagingiz yomon chiqib qoldi, — debdi.

Boy:— Mayli, folbining oʻlib qoldi, — debdi, — mana shu toʻnni olib rozi boʻl!

— deganda, bola:— E, e, yaxshi boʻlmabdi, men borib qaytib olmoqchi edim, — debdi.Boy uyiga ketibdi. Bola yurib-yurib bir yurtga boribdi. Bolalar: «Bu eshakmi, yo boshqa narsami», deb uning orqasidan kulib yurgan emish. Bola:— Qoʻyinglar, bu eshak emas, balogardon, balogardon, — debdi. Bola va uning eshagi haqida podshoga xabar berishibdi.

— Bir zar chopon kiygan bola eshakka oʻxshagan — dumi, qulogʻi yoʻq, balogardon degan hayvonni minib yuribdi, — deyishkbdi.Buni eshitib, podsho navkarlaridan biriga:— Darrov mening oldimga oʻsha bolani olib kelinglar, — deb buyruq beribdi.Bolani podshoning oldiga olib borishibdi. Podsho boladan:— Bu nima?

— deb soʻrabdi. Bola:— Ey, buni qoʻyavering. Bu qancha dushmaningiz boʻlsa hammasini yoʻq qilib yuboradi.

— debdi.Podshoning bir joyda dushmani bor ekan. Oʻshanga uch oʻgʻli bilan bir qancha askarlarni yuborgan ekan. Dushman uch oʻgʻli bilan butun askarni nobud qilgan ekan. Dushmandan oʻch olmoqchi boʻlib yurgan ekan. Podsho:— Menga shuni sotasanmi?

— deb soʻrabdi. Bola:— Men bu balogardon bilan kun koʻrib yuribman, — deb javob beribdi. Podsho:— Agar shu balogardon rostdan mening yovlarimni yoʻqota olsa, qizimni va podsholigimning yarmini beraman, — debdi. Bola:— Bu balogardonga har kun suv bermay, beda berasiz. Undan keyin dushmanlaringiz kelganda qoʻyib yuborsangiz, hammasini yoʻq qilib yuboradi, — debdi.Podsho bola nima desa oʻshani qilibdi. Dushmanlar kelishi bilan eshakni qoʻyib yuboribdi. Hamma odam: «Hoʻ, balogardon kelyapti», deb qocha beribdi.

Bir-birining ustiga yiqilib, otlarning tagida qolibdi. Baʼzisi oʻlibdp, koʻplari qochibdi.Eshak chanqab suv izlab yurgan emishu, dushmanlar balogardon kelyapti, deb qocharmish. Podsho bolaga qizini va bir qancha dunyo beribdi.

Shunday qilib bola murod-maqsadiga yetibdi.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!