Bir chol bor ekan, uning bir oʻgʻli bor ekan. Ular juda kambagʻal yashar ekan. Cholning uyida ilonning ini bor ekan.
Bir kuni cholning rahmi kelib, ilon oldiga kosada sut qoʻyibdi. Ilon ham cholga yaxshilik qilish uchun bitta tuxum tashlab ketibdi. Chol esa uni ertasiga bozorga olib chiqib sotibdi. Bu tuxum juda qimmatbaho ekan.Chol sutni har kuni ilonning oldiga qoʻyaveribdi. Ilon esa har kuni bitta tuxum qoʻyib ketaveribdi. Chol tuxum sotishda davom qilibdi. Chol tez kunda boyib ketibdi.Bir kuni chol toʻsatdan kasallanib qolibdi. U oʻgʻliga ilonga sut qoʻyishni buyuribdi.
Oʻgʻli sut qoʻyib, ilonning tushib ketishidan qoʻrqib, uning dumini kesib tashlabdi. Ilon jahli chiqqandan bolani chaqib oʻldiribdi.Bir necha vaqtdan keyin chol tuzala boshlabdi. Ilgarigiday ilonga sut qoʻyibdi. Ilon inidan chiqib, tilga kiribdi: “Ey inson, endi sen menga sut qoʻyma, meni koʻrganda oʻgʻling yodingga tushadi. Men seni koʻrganimda dumim yodimga tushadi”, — debdi-da, oʻz iniga kirib ketibdi.