Bir kuni Olmaxon daraxtdan-daraxtga sakrayotib, botqoqqa tushib ketibdi. Qancha zoʻr berib urinsa ham, botqoqdan chiqib keta olmabdi. Bechora olmaxon yigʻlab-yigʻlab yordamga chaqira boshlabdi. Kakku qush olmaxonning botqoqda yotganini koʻrib, qanday yordam berishni bilmay, kakkulab qarab turaveribdi.Shu payt shovqin-suronni eshitib, laylak kelib qolibdi. Tumshugʻi bilan daraxtdan bir novdani sindirib olib, olmaxonga uzatibdi.
Olmaxon novda yordamida botqoqdan chiqib olibdi.Shunda laylak daraxt shoxida qoʻnib turgan kakkuga qarab:— Doʻstning boshiga mushkul ish tushganda bir yoʻlini qilib yordam berish kerak. Botqoqqa qarab, keyin ham koyinaverish mumkin, — debdi.