← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
IbratliBolalar uchunSehrliPodsholarAdolatAql-zakovatOila

Odil podsho

314 soʻz

Qadim zamonda bir podsho oʻtgan ekan. U podsholik qilgan davrda bir kishi bir kishidan yer sotib olibdi. Yer sotib olgan kishi yerni shudgor qilayotganida bir koʻza oltin chiqibdi. U kishi yer sotgan kishiga aytibdi:— Sotgan yeringdan bir koʻza oltin chiqdi, u seniki, olgin.

— Men sotmasimdan ilgari yerni shudgor qilganimda hech narsa chiqmagan edi. Bu sening nasibang, — debdi u ham.Ikkovi tortishib qolib, podsho huzuriga boribdilar va boʻlgan voqeani aytib berishibdi. Podsho ularning insofiga qoyil qolibdi.Podsho vazirlaridan bu oltinlarni nima qilish kerakligi haqida soʻrabdi.

Shunda bir vazir:— Yerdan topilgan oltin podshoniki boʻladi, — debdi.Bu gapni eshitgan podshoning gʻazabi kelib, vazirini saroydan haydab yuboribdi. U shunchalar odil podsho ekan. Podsho u ikki kishidan farzandlari bor-yoʻqligiga soʻrabdi. Yer sotgan kishi bir oʻgʻli borligini, yer olgan kishi esa bir qizi borligini aytibdi. Podshoning qiz bilan yigitni uylantirib qoʻyish haqidagi fikri ularning otalariga ham maʼqul kelibdi.Keyin toʻy boʻlibdi, toʻyda podsho oʻsha bir koʻza oltinni ularga beribdi.

Yigitning ismi Xorun, qizniki zsa Salima ekan. Yigit bilan qiz uyda suhbatlashib oʻtirganlarida, Salima shunday debdi:— Xorun, bir gap aytsam rozi boʻlasanmi?

— Aytaqol, — debdi Xorun.

— Ota-onalarimiz olmagan oltinlarni biz olamizmi? Biz xam olmaylik, shu oltinlarni qaytarib beraylik, — debdi Salima.Bu gap Xorunga ham yoqibdi. Ular podsho huzuriga borib, oltinlarni qaytarib beribdilar. Podsho bularning aqliga qoyil qolibdi.Podsho vazirlarini yana yigʻib, bu oltinlarni endi nima qilish kerakligini maslahatlashibdi.

— Bu oltinlarni oʻsha yerga qaytib koʻmib qoʻyish kerak, — debdi vazirlardan biri.

— Bu oltinlarga har xil mevali koʻchatlar sotib olib, yaxshi yerga ekish kerak. Ularni parvarish qilgan odamlarga ham shu oltindan haq toʻlash kerak. Bu daraxtlar mevaga kirganida uni yetim-yesirlar, gʻariblar yeb yuradilar, — debdi yana bir vazir.Podshoga bu gap maʼqul tushibdi va oltinlarning hammasini shu vazirga beribdi. U har xil mevali daraxtlardan sotib olib, eng yaxshi joylarga ektiribdi. Bir necha yildan keyin bu daraxtlar mevaga kiribdi. Xaligi vazir podshoni va butun xalqni chaqirib, ziyofat qilib beribdi. «Bu mevalarning hammasi yetim-yesir, gʻariblarniki», deb xalqqa eʼlon qilibdilar.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!