← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
Hazil-mutoyibaBolalar uchunPodsholarOilaQisqa

Dangasalar

154 soʻz

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir podsho oʻtgan ekan.

Bir kuni podshoga, «qishloqning chekka joyida uchta dangasa ochlikdan oʻlay deb yotishsa ham, mehnat qilishni sira ham istamas ekanlar», degan xabarni yetkazishibdi.Podsho odamlariga oʻsha uch dangasani olib kelishni buyuribdi, eng dangasasi qaysi biri ekanligini bilmoqchi boʻlibdi.Uchala dangasani olib kelibdilar. Podsho ularga alohida xona va xizmatkorlar beribdi. Dangasalar kun boʻyi yotarmishlar, iloji boʻlsa qimirlamasmishlar ham.

Ovqat keltirishsa, zoʻrgʻa, erinib, koʻz yoshi qilib oʻrinlaridan turar ekanlar.Podsho ularning yoniga tez-tez kirib turar ekan-u, lekin qaysi biri oʻta dangasaligini ajrata olmas ekan. Oʻylay-oʻylay, oxiri ular turgan xonaga oʻt qoʻyishni buyuribdi.Podsho ularni yongʻin vahimasida tipirchilab qolishsa kerak, deb oʻylabdi. Uyni oʻt ola boshlabdi.

Shunda dangasalardan biri:— Ishlar chatoq, uy yonyapti. Kelinglar, bu yerdan qochib chiqamiz, — debdi.

— Yugurishning oʻzi boʻladimi, — debdi ikkinchi dangasa.

— Tavba, qanday qilib gapiryapsizlar-a, — debdi uchinchisi.Shunday qilib podsho ularning eng dangasasi qaysi biri ekanligini bilib olibdi. Uy esa yonaveribdi. Dangasalarning uchovi ham yonib ketibdi.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!