← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
Hayvonlar haqidaSehrliTabiatQisqa

Bulbul

129 soʻz

Bogʻbon bogʻda ishlab yurgan ekan. Bir bulbul kelib hadeb sayrayveribdi.

Shunda tuzoqni koʻrmagan bulbul daraxtga uchib kelib qoʻnibdi va tuzoqqa ilinib qolibdi. Buni koʻrgai bogʻbon, uni olib tushibdi. Qafas topib kelib, bulbulni solib qoʻyibdi.Bir kuni bulbul tilga kirib, odamga oʻxshab soʻzlabdi:— Ey, bogʻbon, meni qoʻyib yuborsang, bir gapni aytardim.Bogʻbon hayron qolibdi. Chunki hech kim bulbulning gapirganini eshitmagan ekan. Bogʻbon bulbulni qoʻyib yuboribdi.

Ozod boʻlgan bulbul bogʻbonga qarab shunday debdi:— Ey, bogʻbon, oʻsha gulning tagini kovlasang, bir xumcha oltin chiqadi.Bogʻbon bulbul aytgan gulning tagini kovlabdi. U yerdan bir xumcha oltin chiqibdi. Bulbulning aytgani rost chiqqanini koʻrib, bogʻbon taajjublanib:— Ey, bulbul, shuncha yerning tagidagini koʻrar ekansan-u, ammo koʻzingni roʻparasidagi tuzoqni koʻrmay ilinganingga hayron qolaman, — debdi.Buni eshitgan bulbul shunday debdi:— Bu koʻrchilik, kulfatni tortishim azaldan yozilgan ekan.

Bunga donolik kor qilmaydi.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!