Bir kampirning uch oʻgʻli, bir qizi bor ekan. Hammasi uyli-joyli ekan.
Lekin kelinlari kampirga yaxshi qarashmas ekan.Bir kuni katta oʻgʻli onasidan xabar olgani kelibdi. Kampirning «Suv-suv oyimga boraymi, Qum-qumxonnikiga boraymi, alla bolamnikiga boraymi, Rohatijonnikiga boraymi», deb oʻtirganini eshitib qolibdi.
Shundan keyin u «bir kuzatay-chi», deb oʻylabdi.Bir necha kun oʻtgach, onasi katta oʻgʻlinikiga mehmonga kelibdi.
Shunda ovqat suzilgach, oʻgʻli oʻzining ovqatini oyisinikiga almashtirib qoʻyibdi. Ichib koʻrsa, ovqat shunday suv emish. Xotini doim onasiga faqat shuldiratib suv quyib berishini bilib qolibdi.
Shuning uchun ham onasi unga «Suv-suv oyim» deb nom qoʻygan ekan.
Keyin u ukasini qidirib uyiga boribdi va:— Oyim senikiga mehmon boʻlib kelganlarida, xotiningni ularga qoʻygan ovqatini oʻzing almashtirib ichgin, — deb tayinlabdi.Ukasi xuddi shunday qilibdi. Qarasa, ovqat shunday qum emish.
Shuning uchun ham oyisi uning xotinini «Qumxonoy» deb atar ekan.Kenja kelinnikiga boradigan boʻlsa, u darrov toʻshakka oʻtkazib, yoniga beshikni qoʻyib, «Alla bolam deb oʻtiring», der ekan.
Shuning uchun kampir koʻpincha qizinikiga borar ekan. U yerda juda rohat qilar ekan. Qizi uni yaxshi kutib olib, izzat-hurmatini joyiga qoʻyib mehmon qilar ekan.
Shuning uchun uni «Rohatijon» der ekan.