← Ertaklar roʻyxatiga qaytish
Hayvonlar haqidaQisqa

Ikki echki

84 soʻz

Ikki qaysar echki boʻlgan ekan.Kunlardan bir kuni ikkalasi anhor ustidagi yakka choʻp koʻprik ustida uchrashib qolishibdi. Ikkisidan biri yul berishi kerak ekan.

— Yoʻl ber!

— debdi biri.

— Sen yoʻl ber!

— debdi ikkinchisi.

— Seni deb orqamga qaytamanmi?

— debdi birinchisi.

— Boʻlmasa seni deb men orqamga qaytamanmi?

— debdi ikkinchisi.Shunday qilib ikkalalari achchiqlanib, suzishib ketishibdi.Keyin birinchi echki uch qadam, ikkinchi echki uch qadam orqaga qaytib, birdan bir-birlariga hamla qilishibdi. Shoxlari shoxlariga tegib, chaqmoq chaqqandek boʻlibdi.«Qars» etgan ovoz dalani tutibdi.Ikki echki yumaloq-yostiq boʻlib anhorga agʻdarilib ketibdi.

🎨

Rasmli versiyasini xohlaysizmi?

Chiroyli illyustratsiyalar bilan bezatilgan versiyani sotib oling — bolalaringizga oʻqib berishga ajoyib!

1 000 soʻm / sahifa
5+ ertak — 20% chegirma, 10+ ertak — 30% chegirma
Qisqa ertak (3–5 sahifa) — 3 000–5 000 soʻm
Oʻrtacha ertak (6–12 sahifa) — 6 000–12 000 soʻm
Uzun ertak (13–25 sahifa) — 13 000–25 000 soʻm
Tez kunda!

Hozirda illyustratsiyalar tayyorlanmoqda. Birinchi rasmli ertaklar tez orada tayyor boʻladi!